• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Avgust » 3 » Diqat diqat !O'zbekistonda pensionerlarning elektron guvohnomasi joriy qilinadi
17:54
Diqat diqat !O'zbekistonda pensionerlarning elektron guvohnomasi joriy qilinadi

Ayni vaqtda pensionerlarning elektron guvohnomasini (ID-card) joriy qilish bo'yicha ishlar olib borilmoqda. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Kartadan pensiya va nafaqa oluvchilar shaxsini tasdiqlash hamda naqd pul shaklidagi to'lovlari avtomatlashtirish maqsadida foydalaniladi. 

Shuningdek, 2018 yil yakuniga qadar korxonalar pensionerni ishga qabul qilganligi to'g'risida Pentsiya jamg'armasiga faqat elektron shaklda xabar yuborish imkoniyatini yaratish orqali qog'oz shaklida ma`lumot almashinuvidan butkul voz kechish rejalashtirilgan (amaldagi qonunchilik talablariga asosan pentsioner ishga qabul qilinganda korxona rahbari 5 kun ichida Pensiya jamg'armasiga buyruq nusxasini taqdim etishi va ish joyidan pensiya to'lovini amalga oshirishi shart). 

Xabarda bugungi kunda «Pensiya» dasturiy majmuasi va tegishli vazirlik hamda idoralarning axborot tizimlari o'rtasida elektron ma`lumot almashinuvi yo'lga qo'yilishi natijasida nimalarga erishilgani aytiladi.

Birinchidan, Xalq banki bilan pensiya va nafaqa oluvchilarning to'lov qaydnomalarini yuborish, to'langan (to'lanmagan) pensiya va nafaqalar to'g'risida ma`lumot almashish faqat elektron shaklda amalga oshirilmoqda. Buning natijasida, to'lov qaydnomalarini soxtalashtirish oldi olinib, pensiya va nafaqa to'lovlari ustidan kunlik nazorat o'rnatildi. 

Ikkinchidan, barcha tijorat banklari bilan bank plastik kartalari orqali pensiya va nafaqa oluvchilarni mablag'larini ularning hisob raqamlariga yuklash bo'yicha elektron axborot almashinuvi yo'lga qo'yildi. Bu orqali qog'oz shaklida to'lov qaydnomalaridan to'liq voz kechilib, naqd pulsiz shaklda pensiya va nafaqa oluvchilarga mablag'larni oyning 2-5 sanasiga qadar to'lash imkoniyati yaratildi. 

Uchinchidan, Davlat soliq qo'mitasi bilan yo'lga qo'yilgan axborot almashinuvi har oyda o'rtacha 27 mingdan ortiq korxonalar tomonidan ishlovchi fuqarolarga pensiya va nafaqa to'lovlari uchun talabnomalarni Pensiya jamg'armasiga kelmasdan elektron shaklda taqdim etishiga, shuningdek jamg'armaga majburiy badallar to'lovi bo'yicha hisobotlarini qisqarishiga sharoit yaratdi. 

To'rtinchidan, Adliya vazirligi (FHDYo) tizimi bilan o'rnatilgan ma`lumot almashinuvi bola tug'ilganda va dafn marosimlari uchun nafaqalarni tezkorlik bilan tayinlash hamda jamg'arma va davlat byudjyeti mablag'larini maqsadli sarflanishini ta`minladi. 

Beshinchidan, Sog'liqni saqlash vazirligi (TMEK) tizimi bilan yo'lga qo'yilgan ma`lumot almashinuvi nogironligi bo'lgan shaxslarga pensiya va nafaqalarni o'z vaqtida tayinlash hamda nogironlik o'zgarishi holatini avtomatik monitoring qilish imkoniyatini yaratdi. 

Oltinchidan, amaliyotga joriy qilingan «SMS-pensiya» xizmati orqali fuqarolarga ularning pensiya miqdorlari, to'lov amalga oshirilganligi, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi prezidenti farmoniga asosan oshirilgan pensiyalar to'g'risida bepul SMS xabarlarni olish imkoniyati yaratildi (bugungi kunda 1,8 mln nafar pensiya va nafaqa oluvchilar ushbu xizmatga obuna bo'lgan). 

2018 yildan 1 iyun boshlab pensiya ta`minotiga oid 4ta (suyunchi va dafn nafaqasini tayinlash, pensiya tayinlanganlik va miqdori to'g'risida ma`lumotnoma olish) xizmatlar davlat xizmatlari markazlari orqali olib borilmoqda.

Категория: Har-Hil | Просмотров:1098 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:18
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Avgust 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031