• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 19
Гостей: 19
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2019 » Fevral » 11 » Deputat turk seriallaridan qutulish yo‘lini o‘rgatdi
10:56
Deputat turk seriallaridan qutulish yo‘lini o‘rgatdi

Ayni kunlarda O‘zbekistondagi deyarli barcha telekanallarni yoppasiga egallab olgan turk seriallari va ular orqali xalq ongiga singdirilayotgan g‘oyalar, ma'naviyatsizlik, buzuqlik muhokamalar maydonining asosiy mavzusi bo‘lib turibdi. 

O‘tgan hafta "Zo‘r” telekanaliga murojaat qilib, "Hovli” serialini efirdan olib tashlashni talab qilgan qo‘qonlik tomoshabinning ovozli yozuvi ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab bahs-munozaralarni keltirib chiqardi. Uni yoqlab chiqqanlar qatorida, karshilar ham topildi. 

Bu masala shunchaki chetda qolib ketmaydi. Hatto, deputatlar mavzuni muhokama qilishni boshladi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev turk seriallari haqida o‘z munosabatini bildirib, ulardan qutulish yo‘llarini o‘rgatdi. Kusherboyev ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida shunday yozadi:

"Turk seriallarining yoshlar tarbiyasiga salbiy ta'siri haqida ko‘p tanqidlar bo‘layapti. Yuz foiz qo‘shilaman, bunaqa seriallar yoshlar tugul yaxshigina oilalarni ham buzib qo‘yishi hech gap emas. 

Oila a'zolarimni televizordan biroz uzoqlashtirish uchun nima qilsa bo‘larkin, degan savol anchadan buyon o‘ylantirib yurgandi. TV kanallar hali beri reyting ortidan quvib har qanday mazasiz narsalarni ko‘rsatishdan to‘xtamaydiganga o‘xshaydi. 

Ishonasizmi oxiri yo‘lini topdim: oilamiz jam bo‘lib ovqatlanadigan xonamizdan televizorni haydadik yoki uni o‘zini tashlab boshqa xonaga ko‘chdik desa ham bo‘ladi. Natijada esa biz ko‘proq muloqot qilayapmiz, kim kun bo‘yi nima qildi, qanday yangiliklar kabi. Televizor esa har zamonda "Bolajon”da multfilm ko‘rish uchun yonadi, xolos. 

Serial perialga joy ham vaqt ham yo‘q, vassalom. Tavsiya qilaman, o‘zgarishni darrov sezasiz. 

TV kanallari insofga kelmaguncha televizordan holi turmush bilan yashashga qaror qilaylik”.

Ma'lumot o‘rnida, ayni vaqtda O‘zbekistondagi "Milliy”, "Sevimli”, "Zo‘r” telekanallari turk seriallarini namoyish etishda peshqadam bo‘lib kelmoqda. Bu telekanallarda "Muhtasham yuz yil”, "Istanbullik kelin”, "Fazilat xonim va qizlari”, "So‘yla, qora dengiz”, "Hovli”, "Tirilish. Erto‘g‘rul”, "Ayol”, "Hovli” kabi turk seriallari namoyish etilmoqda. Bular orasida "Zo‘r” telekanalining "Hovli” va "Sevimli” telekanalining "So‘yla, qora dengiz” seriallariga nisbatan e'tirozlar juda ko‘p. 
Категория: Har-Hil | Просмотров:1333 | Добавил: Admin | Теги: turk serial | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:30
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728