• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2023 » Iyul » 8 » Dena Uayt tezroq jang o‘tkazishimni xohlayapti – Nursulton Ro‘ziboyev
00:32
Dena Uayt tezroq jang o‘tkazishimni xohlayapti – Nursulton Ro‘ziboyev

UFC prezidenti Dena Uayt tashkilotning o‘zbekistonlik jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev tez fursatda keyingi jangini o‘tkazishini istamoqda. Bu haqda sportchining o‘zi QALAMPIR.UZ bilan bo‘lgan suhbatda ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, tashkilot prezidenti Ro‘ziboyevning menejerlariga murojaat qilib, unga keyingi jangini yaqin kunlarda berish istagida ekanligini bildirgan. 

"UFC'ning yaqinda bo‘ladigan turnirida jang qilishim kerak edi, buni Dana Uaytning o‘zi menejerlarimdan so‘ragan. Biroq hozir jarohatlarim borligi uchun bu taklifni qabul qila olmadim. Tiklanishim uchun vaqt kerak. Tashkilot men qachon so‘rasam, o‘sha vaqtda jang berishga tayyor”, deydi Nursulton Ro‘ziboyev.

Asosan yarim o‘rta vazn toifasida o‘z janglarini olib boradigan sportchi UFC bilan dastlabki shartnomasini 4 ta jang uchun imzolagan. Shartnomaga ko‘ra, asosan bir xil vaznda janglar berilishi kerak, ammo tashkilot Ro‘ziboyevga ikki vazn toifasida jang qilish imkonini bergan.

"Jangim rahbariyatga ma’qul kelgan, ular menga ikkita vaznda ham jang qilaverishim mumkinligini aytishdi. Xudo xohlasa, keyingi janglarimda ham shunday chiroyli g‘alaba qozonishga harakat qilaman”, deydi UFC jangchisi.

Shuningdek, Nursulton jangdan oldin qulog‘ini sindirib olgani uning oktagondagi harakatlariga qanchalik ta’sir ko‘rsatgani haqidagi savolga ham javob berdi.

"Bu kabi holatlar ko‘p uchraydi, menimcha jarohat jang natijasiga ta’sir o‘tkazmasligi kerak. Ko‘p sportchilar yutqazib qo‘ysa, jarohatim sabab bo‘ldi deydi. Yutgan taqdirda, jarohatim bo‘lsa ham g‘alaba qozondim, deb katta ketadi”, deydi u.

Ro‘ziboyevning UFC Vegas 76 turniridagi yorqin g‘alabasiga eng yengil vazn toifasida UFC chempioni Aljameyn Sterling ham ijobiy baho berdi.

"Bu yigit navbatdagi shov-shuvli jangchiga o‘xshayapti”, deydi Sterling.

Chempionning bu so‘zlariga O‘zbekiston vakili quyidagicha javob qaytardi.

"Men 30 yildan beri shu ishni qilish niyatidaman. Shovqinmi? Men ularga kerak bo‘lgan hammasini qilaman. Buni allaqachon Twitter'da boshlab yubordim”, deydi Nursulton.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nursulton Ro‘ziboyev Amerika safarini yakunlab, O‘zbekistonga qaytib kelgan edi. U Toshkent Xalqaro aeroportida OAV va jamoatchilik tomonidan tantanali kutib olindi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:119 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:01:48
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31