• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 19
Гостей: 19
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 13 » COVID-19’ning O‘zbekistondagi 11-qurboni
20:39
COVID-19’ning O‘zbekistondagi 11-qurboni

Samarqand viloyatining Toyloq tumanida istiqomat qilgan O‘. ismli bemor 9-may kuni burnidan qon ketishi va umumiy ahvoli og‘irligi kuzatilganligi sababli Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand viloyat filiali reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan edi.

Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan. Qayd etishlaricha, u surunkali buyrak yetishmovchiligi va anemiya og‘ir darajasi tashxisi bilan dispanser nazoratida bo‘lgan. Unga ikkinchi guruh nogironlik ham belgilangan.

U 28-aprelidan 5-mayigacha u yuqorida keltirilgan tashxis bilan tibbiyot muassasasida davolangan, muntazam rejali dializ seanslarini olib kelgan. Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli O‘zbekistondagi nufuzli mutaxassislar bilan birga xorijlik shifokorlar tomonidan ham bir necha bor konsiliumlar o‘tkazilib, nazoratga olingan.

"Biroq mutaxassislarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi”, — deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotida. Bemorning yoshi ma’lum qilinmagan.

Bungacha

27-mart kuni Namangan viloyatida Umradan qaytgan qizidan koronavirus yuqtirib olgan 72 yoshli onaxon miokard infarktidan (uning janozasida qarindoshlaridan hech kim ishtirok etmagan);

28-mart kuni Toshkent shahrida o‘zini uyda davolashga uringan 39 yoshli (erkak) shifokor koronavirus infeksiyasidan;

7-aprel kuni koronavirusga chalingan 40 yoshli erkak yurak va o‘pka yetishmovchiligidan;

11-aprel kuni esa xorij safaridan koronavirusga chalinib qaytgan farg‘onalik 59 yoshli ayol o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi hamda o‘pka-yurak yetishmovchiligi oqibatida;

14-aprel kuni Namangan shahrida yashovchi 73 yoshli Sh. yurak qon-tomir yetishmovchiligidan;

18-aprel kuni Toshkent shahrida 77 yoshli ayol koronavirus infeksiyasi asoratlari — ikki tomonlama bronxopnevmoniyaning og‘ir kechishi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi va o‘pka shishidan;

22-aprel kuni Namangan shahrida yashovchi 54 yoshli bemor (ayol) o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan;

24-aprel kuni Angrenda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor o‘tkir nafas, o‘pka-yurak va poliorgan yetishmovchiligidan;

29-aprel kuni Toshkentda 1959-yilda tug‘ilgan G. ismli bemor o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan;

3-may kuni Namanganda M. ismli koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan
vafot etgani ma’lum qilingan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:548 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:38
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь