• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 26
Гостей: 26
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 3 » “Chorsu” mehmonxonasini yangilash loyihasiga Xitoy kompaniyasi jalb qilinishi mumkin
21:47
“Chorsu” mehmonxonasini yangilash loyihasiga Xitoy kompaniyasi jalb qilinishi mumkin

Xitoyning Xinjiang Hualing Industry & Trade (Group) Co., Ltd. kompaniyasi Toshkent shahridagi "Chorsu” mehmonxonasini qayta ta’mirlash va yangilash loyihasiga jalb qilinishi mumkin. Mazkur loyiha Xitoy kompaniyasi va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muhokama qilindi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.


Ma’lum qilinishicha, Jahongir Ortiqxo‘jayev Xinjiang Hualing Industry & Trade (Group) Co., Ltd. kompaniyasi prezidenti Mi En Xua bilan uchrashgan.

Qayd etilishicha, kompaniya rahbariyatini yirik logistika loyihasini amalga oshirish, savdo majmuasi va mehmonxona qurish masalasi qiziqtiradi. Shundan kelib chiqqan holda Toshkent shahar hokimligida o‘tkazilgan uchrashuvda Jahongir Ortiqxo‘jayev kompaniya vakillarini poytaxtda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik loyihalar bilan tanishtirdi.


Dastlab, Chirchiq daryosining shahardan oqib o‘tuvchi qismidagi manzillarni tartibga keltirish orqali bo‘shaydigan maydonda savdo majmuasi, texnopark, yashil hududlar va turar joylar qurilishiga mo‘ljallangan loyiha yuzasidan ma’lumot berildi.
 Yana bir loyiha Toshkentning Qozog‘iston bilan chegarasidagi maydonda bajarilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, u logistika markazi, qishloq xo‘jaligi va boshqa turdagi mahsulotlarni saralash punkti qurishga yo‘naltirilgan.

 Shuningdek, kompaniya rahbariyatiga Yakkasaroy tumanida bunyod etilishi ko‘zda tutilayotgan biznes markazi loyihasida ishtirok etish, "Chorsu” mehmonxonasini yangilash kabi qator loyihalar yuzasidan ma’lumot berildi.
Mi En Xua taqdim etilgan loyihalar Xitoy tomonida katta qiziqish uyg‘otgani va ular bu takliflarni atroflicha o‘rganib, hamkorlik yuzasidan o‘z xulosalarini taqdim etishini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Xinjiang Hualing Industry & Trade (Group) Co. Ltd. Xitoy Xalq Respublikasidagi eng yirik kompaniyalardan hisoblanadi. Mazkur kompaniya yirik ulgurji savdo markazlariga ega bo‘lib, 26 ta sho‘ba korxonani birlashtiradi va ularda 3000 dan ortiq ishchi xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 12 yildan buyon vayrona ahvolda bo‘lgan "Chorsu” mehmonxonasi 2019-yili ishga tushirilishi haqida o‘tgan yilning may oyida xabar berilgandi. "Chorsu” mehmonxonasini rekonstruksiya qilish ishlari bilan turkiyalik investor Ahmet Demir shug‘ullanayotgani haqida xabar tarqalgan edi. Keyinroq Ahmet Demir mehmonxonani rekonstruksiya qilish ishlari sust ketishida Toshkent shahar hokimligini ayblagan, turkiyalik ishbilarmonning mazkur e’tirozlariga Toshkent shahar hokimligi mutasaddilari javob qaytargandi.

Keyinchalik mazkur obyekt turkiyalik investordan qaytarib olindi va sotuvga qo‘yildi, biroq ko‘p vaqt o‘tmay mehmonxona sotuvdan qaytarib olindi. Shundan so‘ng, mehmonxona boshlang‘ich 1 so‘m qiymatida qayta sotuvga qo‘yildi. 2019-yilning dekabr oyida Turkiyaning Elite World Hotels kompaniyasi "Chorsu” mehmonxonasi binosida 5 yulduzli mehmonxona tashkil qilishga qiziqish bildirdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:577 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:00
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829