Меню сайта
Главная страница Форум сайта Узбекская Музыка Картинка Онлайн PhotoShop Софт для PC Система uCoz Видео Монтаж Кинофильмы Новости Компьютерный игры Игры и софт для Android Телефон прошивка Все Usb драйвер Звездная жизнь
Клип премьера
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 658
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 34
Гостей: 34
Пользователи 0

Perhatsabirov
kamolrauf
r123456789r
Mahri
Sitorabonu
Muzaffar
ARX
moderator
Azmin55
Mussi777
Главная » 2020 » Iyun » 30 » Buxoroda karantin choralari kuchaytiriladi
09:19
Buxoroda karantin choralari kuchaytiriladi

Kecha, 29 iyun kuni Buxoro viloyatida koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha viloyat komissiyasining 
favqulodda yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda keyingi paytlarda aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish ko‘payganligi, hatto, o‘lim holati qayd etilganligi sababli komissiya qarori bilan joriy yilning 30 iyun kunidan noma’lum muddatga qadar:

1. Viloyat hududida jamoat transportlari (avtobus) harakati to‘liq to‘xtatiladi. 

2. Buxoro shahar hududida soat 22:00dan 06:00gacha shaxsiy avtotransport vositalarining zaruratsiz (zarur ish yuzasidan, dori-darmon vositalariga bo‘lgan ehtiyoj, shifoxonaga borish-kelish bundan mustasno) harakatlanishi cheklanadi.

3. Yo‘nalishsiz taksi faoliyatida yo‘lovchi tashish uchun belgilangan karantin qoidalarini buzgan haydovchilarga nisbatan ma’muriy javobgarlik masalasi ko‘rib chiqiladi va avtotransport vositasi jarima maydonchasiga kiritiladi. 

4. Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi, sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshqarmasi bilan birgalikda jamoat joylarida sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etilishi ustidan nazorat tadbirlari (reydlar) muntazam ravishda kuchaytirilgan tartibda tashkil etib boriladi. Shuningdek, jamoat joylarida tibbiy niqobsiz yurganlik uchun ma’muriy javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash choralari ko‘riladi.

5. "Qizil” hudud toifasiga kiritilgan tumanlar (G‘ijduvon, Shofirkon, Vobkent, Jondor)dan kelib, Buxoro shahridagi boshqarma, korxona va tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatuvchi ishchi-xodimlar masofaviy ish usuliga o‘tkaziladi va ushbu toifaga kirgan tumanlarda karantin qoidalari yanada kuchaytiriladi.

6. Mulkchilik shaklidan qatiy nazar har bir korxona-tashkilotda karantin tartib-qoidalariga rioya etilmaydigan bo‘lsa, sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshqarmasi xulosasiga ko‘ra, o‘sha korxona-tashkilot faoliyati to‘xtatiladi.

7. Hududlarda karantin talablarini ta’minlamaganligi tufayli koronavirus infeksiyasi tarqalishiga yo‘l qo‘ygan rahbarlarga lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan intizomiy ta’sir choralari qo‘llaniladi.  

8. Ishchi guruh xulosasiga ko‘ra, viloyatdagi barcha buyum bozorlaridagi shart-sharoitlar karantin tartib-qoidalariga mutlaqo javob bermaydi. Shu bois, bozorlar hududi to‘liq karantin talablariga mos holga keltirilib, ishchi guruhining ijobiy xulosasidan so‘ng faoliyat boshlashiga ruxsat beriladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:10 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:52
Добро Пожаловать, Mexmon
Кино премьера
Поиск
Калькулятор
Календарь