• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 2
Гостей: 2
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 29 » Bugun “Arqadag‘”ning tug‘ilgan kuni. Mirziyoyev Berdimuhamedovni telefon orqali tabrikladi
18:25
Bugun “Arqadag‘”ning tug‘ilgan kuni. Mirziyoyev Berdimuhamedovni telefon orqali tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 29 iyun kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida O‘zbekiston rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va katta zafarlar tiladi.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov rahbarligida zamonaviy Turkmaniston yuksak muvaffaqiyatlarga erishgani – barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanayotgani, xalqaro maydondagi nufuzi muttasil ortib borayotgani alohida qayd etildi.

Telefon muloqoti chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikka doir va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
Prezidentlar O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini 
katta mamnuniyat bilan ta’kidladilar.

O‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni, birinchi navbatda savdo, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va tranzit tashuvlari, turizm sohalarida yanada kengaytirish zarurligi qayd etildi.

Davlat rahbarlari chegeraoldi hududlar o‘rtasidagi faol aloqalarni davom ettirish, shuningdek, ta’lim va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish fikrini qo‘llab-quvvatladilar.

Ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya doirasida hamkorlik bo‘yicha qo‘shma dastur va loyihalarni ishlab chiqishga kelishib olindi.

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari koronavirus infeksiyasi tarqalishiga samarali qarshi kurshish maqsadida tegishli idoralar darajasida yaqindan muloqot va muvofiqlashuvni amalga oshirish muhim ekanini ta’kidladilar.

Suhbat so‘ngida davlat rahbarlari qardosh O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi munosabatlarni har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlashda ikkala tomon ham qat’iy ekanini yana bir bor tasdiqladilar.

Muloqot har doimgidek samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida, Gurbanguli Berdimuhamedov 63 yoshni qarshiladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Turkmaniston rahbari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovni Turkmanistonda xizmat ko
‘rsatgan artisti unvoni bilan taqdirlash haqidagi farmonni imzolagan edi. 
Категория: Har-Hil | Просмотров:458 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:09
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь