• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 28
Гостей: 28
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Mart » 6 » “Bu Putinga zarba”. AQSH Rossiyadan neft va gaz importini taqiqladi
12:56
“Bu Putinga zarba”. AQSH Rossiyadan neft va gaz importini taqiqladi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiyadan barcha turdagi energiya importiga taqiq qo‘ydi. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden bugun, 8 mart kuni Oq uyda Ukraina atrofidagi vaziyatga bag‘ishlangan nutqida aytib o‘tdi. 

"Bugun men Qo‘shma Shtatlar Rossiya iqtisodiyotining asosiy arteriyasini nishonga olganini e’lon qilaman. Biz Rossiya nefti, gazi va energetikasining barcha importlarini taqiqlayapmiz. Bu shuni anglatadiki, Rossiya nefti endi AQSH portlariga kira olmaydi va Amerika xalqi [Rossiya Prezidenti Vladimir] Putinning urush mashinasiga yana bir kuchli zarba beradi. Bu Kongressda va, menimcha, mamlakatda ikki partiyaning kuchli qo‘llab-quvvatlashiga ega bo‘lgan harakat. Amerikaliklar Ukraina xalqini qo‘llab-quvvatlash uchun yig‘ilishdi va biz Putin urushini subsidiyalashda ishtirok etmasligimizni ochiq aytishdi. Biz butun dunyo bo‘ylab, ayniqsa, Yevropadagi ittifoqchilarimiz va hamkorlarimiz bilan yaqindan maslahatlashganimizdan so‘ng shunday qarorga keldik”, deydi Bayden.

Uning qayd etishicha, AQSH o‘zining yevropalik ittifoqchilari Rossiyadan energiya importini taqiqlashga qo‘shila olmasligini tushunadi.

Baydenga ko‘ra, Rossiya neft va gazini import qilishni taqiqlash qarori birinchi navbatda AQSHning o‘ziga katta ta’sir ko‘rsatadi, ammo Vashington bu qadamni qo‘yishi kerak. 

"Bu Putin uchun qo‘shimcha muammolar yaratish maqsadida tashlanayotgan qadam, ammo bizda ham yo‘qotishlar bo‘ladi. Respublikachilar ham, demokratlar ham buni tushunishadi. Respublikachilar ham, demokratlar ham buni qilishimiz kerakligini ochiq aytishdi”, deya qo‘shimcha qildi Bayden.  

Amerika yetakchisi rasmiylarning urinishlariga qaramay, AQSHda benzin narxi oshishi davom etishini tan oldi. 

AQSH hukumati xususiy sektorni Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar oqibatlari tufayli narxlarni oshirmaslikka chaqiradi, ular chayqovchilarga qarshi kurashadi.  

Neft va gaz kompaniyalari va moliyaviy firmalar Putinning Ukraina xalqiga qarshi urushi narxlarning oshishiga sabab bo‘layotganini tushunamiz. Ammo bu narxlarni ko‘tarish, foydani ko‘paytirish yoki vaziyatdan yoki amerikalik iste’molchilardan foydalanishga urinish uchun bahona emas. Rossiyaning tajovuzkorligi barchamizga qimmatga tushmoqda, hozir foyda olish yoki narxlarni oshirish vaqti emas. Shuni aytmoqchimanki, biz bunga toqat qilmaymiz”, deydi AQSH rahbari.  

Energiya mustaqilligi

Baydenga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar energetikadan mustaqil davlatga aylanishi kerak. Vashington Yevropa Ittifoqi bilan Yevropa davlatlarining Rossiya neft va gazini inkor etish istiqbollarini ham muhokama qilmoqda.

"Ushbu inqiroz uzoq muddatda iqtisodiyotimizni himoya qilish uchun energiyadan mustaqil bo‘lishimiz kerakligini aniq eslatib turibdi. Oxirgi oylarda men yevropalik do‘stlarimiz bilan ular Rossiya neftidan qanday qutulishi kerakligi haqida bir necha bor suhbatlar o‘tkazdim. Buni shunchaki davom ettirib bo‘lmaydi", deydi Bayden.
Категория: Har-Hil | Просмотров:484 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:12
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031