• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1766
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Sentyabr » 20 » Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev vafot etdi
18:11
Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev vafot etdi

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev vafot etdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

"Bugun davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev 56 yoshida vafot etdi”, — deyiladi O‘zAning 20-sentabrdagi axborotida.

Iyulda O‘ktam Barnoyev koronavirusga chalingani, u Toshkentdagi Akfa Medline xususiy klinikasida davolanayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

UZ24’ning hukumatga yaqin manbalarga tayanib xabar berishicha, Barnoyevda koronavirusdan so‘ng insult kuzatilgan, shundan keyin u davolanish va bosh miyasida jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun Germaniyaga olib ketilgan va o‘sha yerda vafot etgan.

UzNews nashri ham O‘ktam Barnoyev o‘limi arafasida Germaniyada davolanishda bo‘lgani haqida yozmoqda. "Kun.uz”ning o‘z manbalariga asoslanib qo‘shimcha qilishicha, ayni vaqtda Buxoroda O‘ktam Barnoyevning dafn marosimiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, Prezident Shavkat Mirziyoyev ham Buxoroga borishi kutilmoqda.

O‘ktam Barnoyev (1964-yilda tug‘ilgan) Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan (1981—1986). 1997—2000-yillarda Buxoro viloyati Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining iqtisodiyot va islohotlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlagan. 2000—2002-yillarda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimida rahbar lavozimlarda faoliyat olib borgan.

2002—2004-yillarda Vazirlar Mahkamasining agrosanoat majmuasida yetakchi mutaxassis, 2004—2005-yillarda hukumatning Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamenti mudiri, 2005—2007-yillarda Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va xalq iste’moli mahsulotlari axborot-tahlil departamenti mudiri lavozimlarida ishlagan.

Shuningdek, 2007—2008-yillarda qishloq va suv xo‘jaligi vaziri birinchi o‘rinbosari, 2008—2010-yillarda Samarqand viloyati hokimi, 2011—2016-yillarda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Respublika suv inspeksiyasi boshlig‘i, 2016-yilda "O‘zagrokimyo” kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimlarida faoliyat olib borgan. U 2016—2020-yillarda Buxoro viloyati hokimi bo‘lib ishlagan, 2020-yil fevralidan esa bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

2020-yil 6-iyul kuni O‘ktam Barnoyev O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi etib saylangani ma’lum bo‘lgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:630 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:00:12
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Sentyabr 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930