• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1973
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 156
Гостей: 156
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2018 » Fevral » 28 » Boringizga shukr, OTA!
14:41
Boringizga shukr, OTA!

Yaqinda bir davrada yoshi ulug‘roq ayol «Nega oilaviy muammolar avj olib ketayapti, bilasizlarmi? Biz — ayollar, oilada otaning o‘rnini yo‘qotib qo‘yayapmiz», dedi. Haq gap. Zero, otaning oiladagi o‘rni nafaqat bo‘lak, yuksak hamdir.




Ko‘chada o‘tinchi, uyda sulton

Qadimda bir o‘tinchi bo‘lgan ekan. U tog‘lardan o‘tin terib kelib, shaharda sotib, xotini va o‘g‘illarini boqardi. O‘g‘illar esa o‘tinchining farzandi ekanligidan or qilishardi. «Otamiz o‘tinchi», deb birovga aytisholmasdi. Oshna-og‘aynilar davrasida ulardan otalari nima ish qilishini so‘rashsa, aytgani uyalishar, ko‘pincha yolg‘on gapirishardi. O‘tin ko‘tarib ketayotgan otalarini ko‘chada ko‘rib qolishsa, borib yordam berish o‘rniga o‘zlarini olib qochishar, «Bizni o‘tinchining o‘g‘li deb o‘ylashmasin», deyishardi.

O‘tinchining xotini esa oqila, itoatgo‘y ayol edi. U doim eri uyga kelishini sabrsizlik bilan kutar, charchab qaytganida shirin so‘zlar bilan kutib olar, darrov qo‘liga suv quyib, sochiq tutardi. O‘tinchilik asboblarini esa yuvib, tozalab joy-joyiga qo‘yardi. Darrov dasturxon yozib, eri bir-ikki piyola choy ichguncha ovqat suzib kelardi. Topib kelgan pulini bir hamyon tilla olgandek sevinib olar, «Bugun doimgidan ham ko‘p pul topib kelibsiz», derdi. Ba'zida o‘tinchi «Bugun kamroq pul topdim» desa ham «Xafa bo‘lmang, barakasini bersin. Bugun kamroq topgan bo‘lsangiz, Allohim ertaga ko‘prok berar», deb uning ko‘nglini ko‘tarardi.

Bir kuni o‘g‘illari onasidan so‘rashdi:

— Onajon, otamiz bir oddiy o‘tinchi bo‘lsa, nega uyga kelganida buncha girdikapalak bo‘lasiz?

— Rost, otamiz kelishi bilan xizmatiga shaylanasiz, — o‘rtancha o‘g‘il so‘z qo‘shdi.

— Іatto otamizning oyoqlarini o‘zingiz yuvib qo‘yishingizni tushunmaymiz, — dedi kenja o‘g‘il.

— Biz otamiz o‘tinchiligidan uyalamiz, — deyishdi bir ovozdan.

Bunga javoban ona:

— Eh, soddagina bolalarim-a, otalaring ko‘chada o‘tinchi, uyda esa otalaring Sulton! — dedi...

Rahmatulloh SAYFUDDINOV

Yunusobod tumani bosh imom-xatibi,

Toshkent Islom Instituti o‘qituvchisi,

«Mirza Yusuf» jome masjidi imom-xatibi





O‘rnak

O‘g‘il keksayib qolgan otasini mehmon qilish istagida shaharning osoyishta tamaddixonalaridan biriga olib keldi.

«Buyuk otalar hayrat to‘la nigohini yulduzlardan uza olmayotgan jajji farzandlarini yelkalariga o‘tqizadilar-da, ularni yulduzlar sari yaqinroq olib chiqadilar». Har gal padariga qaraganida mana shu fikr xayolidan o‘tadi, uning.

Ovqatlanish mahali beixtiyor kaftlari qaltirayotgan otaning qoshig‘idagi ovqat to‘kilib, kiyimlariga sachrar, xijolatdan qizarib ketgan otaxon o‘g‘liga yumshoq nigohlarini tikar, o‘g‘il esa xotirjam jilmayar, sachragan taom dog‘larini zudlik bilan artib qo‘yar edi. Ularga yonma-yon o‘tirgan stoldagilar, jumladan, uch o‘smir yigit qurshovida ovqatlanayotgan kishi va uning rafiqasi bu manzarani zimdan kuzatib turishardi.

Ota-o‘g‘il ovqatlanib bo‘lishgach, o‘g‘il otaning qo‘llaridan tutib yuvinish xonasiga boshladi, otasining kiyimini non hamda ovqat qoldig‘i, dog‘lardan tozalab, qo‘llarini yuvishga yordamlashdi, dadasining bosh kiyimini tuzatib qo‘ydi.

Yuvinish xonasidan chiqishganida barchaning e'tibori ularda edi.

Ota-o‘g‘il yemakxonani tark etayotganlarida qo‘shni stolda farzandlari bilan o‘tirgan kishi ortlaridan yetib keldi.

— Siz bu yerda nima qoldirib ketayotganingizni bilasizmi? — so‘radi u o‘g‘ildan.

— Yo‘q, hech narsamiz qolib ketayotgani yo‘q, — stolga ko‘z yugurtirganicha javob qaytardi o‘g‘il.

— Qoldirib ketyapsiz, juda qimmat narsa qoldirib ketyapsiz. Siz har bir o‘g‘il va otaga, menga va mening farzandlarimga o‘rnak qoldirib ketyapsiz, do‘stim! Otangizga ming rahmat! — u kishi o‘g‘ilning qo‘lidan mahkam siqqanicha minnatdor nigohda boqdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1255 | Добавил: Admin | Теги: Boringizga shukr, OTA! | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:03
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728