• Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
  • Tarmoq - O'zbek Tilida
  • Ilon Qiz - O'zbek Tilida
  • Qizil Nuqta - O'zbek Tilida
  • Sevgi Uchun Kurash - O'zbek Tilida
  • To'dadagi Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Timsohlar - O'zbek Tilida
  • Qonli Oltin - O'zbek Tilida
  • Ishq Qiyomati - O'zbek Tilida
  • So'nggi Qirollik - O'zbek Tilida
  • Bo'ron - O'zbek Tilida
  • Qaqshatqich Zarba - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1869
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 51
Гостей: 51
Пользователи 0

hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
FANTASTIK
Akobir
Eldor22
Admen22
Omadshox_07
Главная » 2023 » Sentyabr » 2 » Bolalarda 50 ga yaqin buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti bajarildi — SSV
21:28
Bolalarda 50 ga yaqin buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti bajarildi — SSV

O‘zbekistonda turli yoshdagi bolalarda 50 ga yaqin buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti bajarildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, tibbiyot, xususan, transplantatsiya sohasini rivojlantirish va uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilayotgan eʼtibor natijasida buyrak va jigar ko‘chirib o‘tkazish kabi murakkab amaliyotlarni O‘zbekistonning o‘zida bajarish yo‘lga qo‘yildi.

"Xususan, 2017-yildan akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida buyrak transplantatsiyasi bo‘yicha operatsiyalar muvaffaqiyatli bajarib kelinayotgan bo‘lsa, 2021-yildan tibbiyotimiz tarixida ilk bor mahalliy mutaxassislar tomonidan jigar ko‘chirib o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.

Natijada yurtimizda ushbu noyob jarrohlik muolajalari orqali o‘z salomatligini tiklagan bemorlar soni 15 barobarga ortib, yiliga 350 tani tashkil qildi. Qolaversa, 2017-2023-yillarda 1 ming 100 ta buyrak transplantatsiyasi va 70 dan ortiq jigar transplantatsiyasi amalga oshirildi. Vaholanki, bu raqam 2017-yilda atigi 27 tadan iborat edi.

Qo‘shimcha qilinishicha, mazkur yo‘nalishda tajriba va ko‘nikmalar oshirilib, bugungacha turli yoshdagi bolalarda 50 ga yaqin buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti bajarildi.

Bundan tashqari, yurtimizda inson organlarini ko‘chirib o‘tkazish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash tizimi ham samarali yo‘lga qo‘yildi. Ayni paytda ular xorijiy davlatlarda malaka oshirib, chet ellik mutaxassislar bilan qo‘shma jarrohlik amaliyotlarida ishtirok etmoqda”, – deyiladi vazirlik axborotida.

Maʼlumot uchun, "Inson aʼzolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilingan.

Avvalroq, qariyb 50 turdagi oftalmologik kasalliklarni davolash yo‘lga qo‘yilgani va faqat respublika markazida bajariladigan neyrojarrohlik amaliyotlarining qariyb 40 foizi endilikda barcha hududlarda bajarilayotgani maʼlum qilingan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:55 | Добавил: Admin | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:16
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Sentyabr 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930