• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2023 » Mart » 29 » Bokuda deputatga suiqasd uyushtirildi: Ozarbayjon hujumda Eronni aybladi
23:37
Bokuda deputatga suiqasd uyushtirildi: Ozarbayjon hujumda Eronni aybladi

28-mart kuni kechqurun Ozarbayjon parlamenti deputati Fozil Mustafoga noma’lum shaxs Kalashnikov avtomatidan o‘q uzdi. Hujumchi qochishga muvaffaq bo‘ldi. Deputat tirik qoldi, ammo tan jarohat olgani sababli shifoxonaga yetkazildi. 

Ozarbayjon Davlat xavfsizlik xizmati voqeani terakt deb atadi. Ozarbayjon matbuoti jinoyat ortida Boku bilan munosabatlari og‘ir bo‘lgan Tehron turgani haqidagi versiyani ilgari surdi. BBC buning sababini ochib berish uchun tegishli maqolani e’lon qildi. Deputat Eronga qarshi pozitsiyasi bilan tanilgani, u Eron Janubiy Kavkazdagi masjidlarning voizlariga ta’sir o‘tkazishga urinayotganini bir necha bor aytgani, Eronni Armanistonni qo‘llab-quvvatlashda ayblagani keltirib o‘tiladi.

Dushmanimning dushmani...

Qorabog‘da o‘zaro urushgan Armaniston va Ozarbayjon Eron bilan chegaradosh va 2020-yilda 44 kun davom etgan mojaro paytida Eron o‘z qo‘shinlarini ikki davlat chegarasiga olib chiqqan.

Ozarbayjonga 2020-yilgi urush paytida Eron Armaniston bilan chegarasini yopmagani va undan keyin Erondan Armaniston hududi orqali Tog‘li Qorabog‘ga yuklar o‘tgani yoqmaydi. Ozarbayjonda u yerga ketayotgan eronlik haydovchilarni qo‘lga olish holatlari ham kuzatilgan.

Ikkinchi Qorabog‘ urushidan keyin mintaqadagi vaziyat o‘zgardi. Ozarbayjonning strategik ittifoqchisi va Eronning mintaqadagi raqibi bo‘lgan Turkiyaning roli ortdi. 

"2020-yilgi Qorabog‘dagi urushda esa Ozarbayjon Eronda Islom respublikasining asosiy dushmanlaridan biri hisoblangan Isroildan qurol oldi”

Shu bois Eron va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarning keyinchalik yomonlashishi ozchilikni hayratda qoldirdi. Ikkinchi Qorabog‘ urushi tugaganidan beri har ikki davlat bir-biri bilan chegarada, jumladan, ikki davlat chegarasidan o‘tuvchi Araks daryosi bo‘yida bir necha bor harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazgan.

Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyning ta’kidlashicha, Ozarbayjon hududida, go‘yoki Eron bilan chegaraga yaqin joyda Isroil qurolli kuchlari bor va Eron "bu holatda zarur bo‘lgan barcha choralarni” ko‘rishga tayyor.

Bir qator hujumlar

2023-yilda keskinliklar kuchaydi. Yanvar oyida bir kishi Tehrondagi Ozarbayjonning elchixonasiga qurolli hujum uyushtirdi, oqibatda elchixonaning bir xodimi halok bo‘ldi, yana ikki nafari yaralandi. Ozarbayjon uzoq vaqtdan beri Eronni mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinishda ayblab keladi, deydi BBC.

2022-yilning noyabr oyida Eron hukumati o‘z hududiga olib o‘tgan, qurol-yarog‘ tarqatgan, ulardan foydalanishni o‘rgatgan va radikal guruhlar tuzish uchun Ozarbayjonga olib borgan bir necha Ozarbayjon fuqarolari hibsga olingani haqida xabar berilgan. Ozarbayjonda Qorabog‘ urushigacha ham Eron foydasiga josuslik qilgan odamlar hibsga olingani ma’lum.

Deputatga suiqasd uyushtirilishi arafasida Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri va bir necha parlament a’zolari ishtirokida Tel-Avivdagi Ozarbayjon elchixonasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan.

Birgalikda og‘riqli tarix

Eron va Ozarbayjonni umumiy tarix va etnik ildizlar bog‘laydi. Eron ozarbayjonlari Islom Respublikasidagi eng yirik etnik ozchilikdir.

Ozarbayjonning eng yaqin ittifoqchisi bo‘lgan Turkiya sunniy davlat bo‘lishiga qaramay, har ikki davlat aholisi asosan shialik (islomdagi ikki yirik oqimdan biri) e’tiqod qiladi. Ozarbayjon XIX asr boshlarida Rossiya imperiyasi tarkibiga kirdi. Hozirgacha Eronning Ozarbayjon bilan chegaradosh, etnik ozarbayjonlar yashaydigan viloyatlari mos ravishda Sharqiy va G‘arbiy Ozarbayjon deb ataladi.

Bokuda bu hududlar birgalikda Janubiy Ozarbayjon deb nomlanadi. Eron hukumati separatistik kayfiyat va Ozarbayjonni yagona mustaqil davlat sifatida birlashtirish g‘oyasi tarafdorlarining faolligidan xavotirda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:199 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:16
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031