• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Dekabr » 12 » Bo‘lajak turmush o‘rtog‘ingiz necha yoshda bo‘lishi kerak?
12:35
Bo‘lajak turmush o‘rtog‘ingiz necha yoshda bo‘lishi kerak?

«Muhabbat yosh tanlamaydi», deyishadi. Ammo butun umr birga yashashga ahdu paymon qiladigan kishingizning hayotiy tajribasi, dunyoqarash istaysizmi-yo‘qmi, yoshiga ham bog‘liq. Shuning uchun o‘zingizga mos yigitni tanlay turib, bu muhim omilni e'tibordan chetda qoldirmang. Bu borada esa mazkur test sizga asqotsa, ajab emas.

 

1. Ko‘ngil qo‘yganingiz bilan munosabatlaringiz borasida asosiy maslahatchingiz kim?

A. Onam.

B. Dugonam.

V. Bu masalada faqat o‘zimga ishonaman.

2. Sizningcha romantik munosabatlar qancha davom etadi?

A. 4 yil.

B. 1 yil.

V. Agar ikki taraf birdek istasa, butun umr davom etishi mumkin.

3. Ushbu voqyealardan qay biri eng romantik va ta'sirchan?

A. Farzandlaringizning dunyoga kelishi.

B. Birinchi uchrashuv.

V. «Oltin to‘y»ni nishonlash.

4. Yigitlarning qaysi sifatiga ko‘proq e'tibor qaratasiz?

A. Bir so‘zliligiga.

B. Kirishimli va quvnoqligiga.

V. Men uchun hayotiy tajriba muhim.

5. Do‘stlaringiz nazdida siz...

A. Ishonchli va sadoqatli do‘st.

B. Erkin qush.

V. O‘z ishini yaxshi biluvchi mutaxassis.

6. Bo‘sh vaqtingizni qanday o‘tkazasiz?  

A. Asosan ota-onam va dugonalarim davrasida.

B. Kino, teatr, turli kechalarga borib turaman.

V. Uyda yaxshi film tomosha qilaman yoki kitob o‘qiyman.

7. Erkaklarga nisbatan sira yo‘l qo‘yilmaydigan munosabat, bu...

A. Tarsaki tushurish.

B. Aniq biror narsa deyish qiyin, bari vaziyatga bog‘liq.

V. Nima bo‘lganda ham nafsoniyatga teguvchi so‘zlar bilan xaqoratlash noto‘g‘ri.

8. Qaysi filmdagi bosh qahramonga o‘xshashni istaysiz?

A. «Ishdagi ishq».

B. «Ali bobo va qirq qaroqchi».

V. «Qalbim chechagi».

 

Natijalar

A javob ko‘p bo‘lsa: siz oila qurishga jiddiy yondashuvchi kishilardansiz. Javoblaringizdan ushbu muhim qadamni qo‘yishga ham ruhan, ham ma'nan tayyor ekanligingizni bilib olish mushkul emas. Ammo biror jiddiy masalada qaror qabul qilishda atrofingizdagilar, ota-onangiz, dugonalaringizning fikrlarini ham inobatga olasiz. Shuning uchun siz o‘zingizdan 5-8 yosh katta yigit bilan oila qursangiz, tinch-totuv yashashingiz ehtimoli yuqori.

 

B javobi ustunlik qilsa: jiddiy munosabatlar haqida o‘ylashga biroz ertaroq. Axir oila qurish inson hayotidagi eng katta hodisalardan biri. Shuning uchun chuqur o‘ylab, so‘ngra qaror qabul qilishingizni maslahat beramiz. Aslida siz o‘zingiz va undan nimalarni istashingizni aniqlab oling. Hozirda juftingizni izlash bosqichidasiz. Agar tanlagan insoningiz bilan tengdosh bo‘lsangiz, oilada o‘zaro raqobat muhiti shakllanishiga tayyor turing. 

 

V javob ko‘p bo‘lsa: siz uchun yoshning ahamiyati yo‘q. O‘zingizdan 2-3 yosh katta yigit bilan sevgi va sadoqatga asoslangan oila barpo etishingiz ehtimoli yuqori. Insonlarning tashqi ko‘rinishidan ko‘ra ichki olami, sadoqatliligini muhim deb hisoblaysiz. O‘zingizga juft tanlashga jiddiy kirishganingiz bois, boshqalarga ham shunday talab qo‘yasiz. Yoningizda suyangan tog‘ingiz borligini his etish siz uchun katta baxt. 
Категория: Har-Hil | Просмотров:1648 | Добавил: Admin | Теги: Бўлажак турмуш ўртоғингиз неча ёшда | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:46
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031