1. Bo'ri 9 kilometr uzoqlikdagi tovushni bemalol eshita oladi.
2. Qadimiy vikinglar jangga otlanishdan oldin jangovar ruhga ega bo'lish uchun bo'rining qonini ichgan.
3. Bo'ri 200 million xil hidni bir-biridan ajrata oladi.
4. Bo'rining bolalari hamisha moviy ko'z bilan tug'iladi. Faqat 2-3 oylikdan so'ng
5. Bo'rivachchalar onadan kar va so'qir holda tug'iladi.
6. Agar bo'ri och bo'lsa, bir o'tirishda 10 kilogrammdan ko'proq go'shtni paqqos tushiradi.
7. Bo'rilar suvda suzishni juda yaxshi o'zlashtirgan. Ular 15 kilometr masofagacha to'xtamasdan suzib bora oladi.
8. Qadimiy astek qabilalari melanxoliya xastaligiga qarshi kurashda bo'ri jigaridan unumli foydalanishgan.
9. Qadimda yevropaliklar ayollar tug'ruq jarayonida og'riq kamroq bo'lishi uchun bo'ri jigaridan maxsus kukun tayyorlashgan.
10. Agar bolasi qopqonga tushsa, odamlar qo'lida azoblanmasligi uchun ona bo'ri yo ota bo'ri bu bolasini o'zi yeb qo'ya qoladi.
11. Bo'ri itni ko'rib qolsa, unga qarindosh sifatida emas, balki o'lja sifatida munosabat yuritadi.
12. Erkak bo'ri urg'ochisiga juda sadoqatli juft sanaladi. U urg'ochiga so'nggi nafasi qolguncha xiyonat qilmaydi. Faqat urg'ochisi o'lsagina juftini almashtirishi mumkin.
13. Bo'ri tirnog'ini yerga ishqalagan holda o'tkirlaydi.
14. «Bo'ri» so'zi yapon tilida «Buyuk Xudo» ma'nosini beradi.
15. Bo'ri o'ziga o'lim xavf solayotganini sezib tursa ham birinchi navbatda yaqinlarini xavfdan xalos etishga intiladi.
16. Bo'rilar «o'rmon sanitarlari» hisoblanadi. Chunki o'rmonda yashash jarayonida tevaragini xasta hayvonlardan tozalab turadi.
17. Bo'ri tulkini o'ldirishi mumkin, ammo yemaydi.
18. Bo'ri bolasining tishlari endi-endi chiqish pallasiga kira boshlaganda, ona bo'ri tili bilan milklarini artib tozalab chiqadi.