• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Mart » 6 » BMT: Ukrainadagi urushda 350 nafardan ziyod tinch aholi halok bo‘ldi
12:46
BMT: Ukrainadagi urushda 350 nafardan ziyod tinch aholi halok bo‘ldi
Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 5—6-mart kunlari 440 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shu jumladan, 88 nafar ayollar, 59 nafar voyaga yetmagan shaxs va 20 ta chaqaloq olib kelindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili xabar qildi.

Qayd etilishicha, 28-fevraldan 5-martga qadar 16 ta aviareys tashkillashtirilgan. Urush bo‘layotgan joylardan 3 ming 685 nafar o‘zbekistonlik qaytarilgan. 6-martga qator reyslar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Polsha hududida mamlakatning 850 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 50 nafari Polsha davlat chegarasidagi to‘planish nuqtasiga, qariyb 800 nafari esa Katovitse aeroportiga joylashtirilgan.

"O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi vatandoshlar bilan doimiy muloqot olib bormoqda. Diplomatlar Ukrainaning turli nuqtalarida, shu jumladan, jang harakatlari davom etayotgan hududlarda bo‘lib, fuqarolarimizni evakuatsiya qilish ishlarini amalga oshirmoqdalar”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Polsha hududida evakuUkrainadagi urush vaqtida kamida 351 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan, 707 nafar odam yaralangan. Bu haqda BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi 4-mart yakunlari bo‘yicha berilgan ma’lumotlarga tayanib xabar qilgan.

O‘limlarning katta qismi og‘ir artilleriya bergan zarbalar, zalp bilan ketma-ket o‘t ochishning reaktiv tizimlari, raketa va aviazarblar oqibatida kuzatilgan. Ayrimachilar nazorati ostidagi hududning o‘zida 23 ta o‘lim holati qayd etilib, 93 nafar odam yaralangan.

Halok bo‘lganlarning 22 nafari voyaga yetmaganlar. Kamida 36 nafar bola turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.

24-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbass aholisini himoya qilish, Ukrainani "demilitarizatsiya” va "denasifikatsiya qilish” uchun "maxsus harbiy operatsiya” boshlanganini e’lon qildi. Kreml gap "harbiy salohiyatni zararsizlantirish” va "Ukrainani natsistlardan tozalash” haqida ketayotganini tushuntirdi. Putinning bayonotidan keyin Ukraina shaharlari bir necha bor o‘qqa tutildi. 1-mart kuni ertalab Xarkovdagi viloyat ma’muriyati binosi joylashgan Ozodlik maydoniga raketa hujumiga uchragan. Portlash oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq odam jarohatlandi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy raketa zarbasini "ochiqdan ochiq terror” deb atadi.

2-mart kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainadagi harbiy operatsiyalardagi yo‘qotishlar haqida ma’lumot berib, urushda Rossiya tomonidan 500 ga yaqin askar halok bo‘lgani ma’lum qildi.

Avval BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Ukrainada 24-fevral kuni boshlangan harbiy harakatlar davomida kamida 227 nafar fuqaro halok bo‘lgan va 525 kishi jarohat olganini xabar qilgandi.atsiya qilinishini kutayotgan O‘zbekiston fuqarolari 15-martgacha ushbu mamlakatni tark etishi zarur. Polshadan aholini evakuatsiya qilish bo‘yicha maxsus komissiya boshidanoq evakuatsiya uchun muhlatni shu muddatgacha belgilagan. Keyin esa chet el fuqarolari uchun vizasiz tartib tugaydi va jarimalar qo‘llanishi boshlanadi.

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi fuqarolarga Moldovaga borish osonroq bo‘lsa, ushbu variantni ko‘rib chiqishlari lozimligini bildirgandi. Ushbu fuqarolarning keyinchalik vataniga evakuatsiya qilinishini tashkil etish uchun elchixona tomonidan ularning ro‘yxati va ma’lumotlar bazasi shakllantirilmoqda.

Ukraina fuqaroligini olgan yoki O‘zbekistonliklar bilan oila qurgan boshqa davlat fuqarolari ushbu davlatdan pullik asosda evakuatsiya qilinishi mumkin.
Категория: Har-Hil | Просмотров:361 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:37
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031