• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Dekabr » 12 » Berdimuhamedov Turkmaniston diplomatlariga mamlakatlarni betaraf do‘stlar guruhiga jalb qilish yuzasidan topshiriq berdi
14:44
Berdimuhamedov Turkmaniston diplomatlariga mamlakatlarni betaraf do‘stlar guruhiga jalb qilish yuzasidan topshiriq berdi


10-dekabr kuni Xalqaro betaraflik kuni arafasida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov diplomatik vakolatxonalar va mamlakatning konsullik muassasalarining rahbarlari ishtirokida Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi. Bu haqda "Xronika Turkmenistana” xabar bergan.

Turkmaniston prezidenti yig‘ilishda 2020–2021-yillarda BMT sessiyalarida "Xalqaro munosabatlarda tinchlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashda betaraflik siyosatining ahamiyati va o‘rni” hamda "BMT mintaqaviy markazining Markaziy Osiyo mintaqasida preventiv diplomatiyani yuritishdagi ahamiyati” haqida rezolyutsiyalar qabul qilinganini eslatgan. Mazkur hujjatlar doirasida tinchlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash maqsadida Ashxobod tashabbusi bilan Betaraflar do‘stlik guruhi tuzilgan.

Berdimuhamedov ushbu guruhga 20 dan ziyod mamlakat qo‘shilganini ta’kidlagan, Turkmanistonning BMTdagi, xalqaro tashkilotlardagi vakillariga, shuningdek xorijdagi elchilarga guruh a’zolari sonini ko‘paytirish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar bergan.

"Hamkorlarga qat’iyat va asoslangan dalillar bilan munosabatlarning bunday formatining afzalliklarini tushuntirish zarur. Hudud va mamlakatlar miqyosi jihatidan guruhning kengayishiga erishish, amaliy harakatlar va tashabbuslarni ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi”, — degan Bedrimuhamedov.

Shuningdek, u yig‘ilishda Turkmaniston tashqi siyosatidagi asosiy vazifa iqtisodiy hamkorlik ekanini ham aytib o‘tgan va elchixonalarga xalqaro malakaga ega, tajribali iqtisodchilarni ishga olish, ularning turli tadbirlarda faol ishtirok etishini ta’minlash zarurligi haqida gapirgan.

"Bundan tashqari Turkmanistonning Jahon savdo tashkiloti bilan hamkorlik masalalariga asosiy e’tiborni qaratish, boshqa mamlakatlarning mazkur tashkilot bilan hamkorligi tajribalarini o‘rganish, bizning iqtisodiy ko‘rsatkichlarimiz bilan solishtirish kerak”, — degan Turkmaniston davlat rahbari.

25-noyabrda Turkmaniston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgan. Iyul oyida mamlakat mazkur tashkilotda kuzatuvchi maqomini olgandi.

Yig‘ilishda Gurbanguli Berdimuhamedov "Turkmaniston diplomatik xizmatidagi iqtsiodiy masalalr to‘g‘risida” qarorni imzolagan. Mazkur hujjat bilan xorijdagi elchixonalar, xalqaro tashkilotlardagi vakolatxonalarning sarf-xarajatlari, shtatlar jadvali hamda diplomatlar, ularning oila a’zolari uchun ko‘zda tutilgan ijtimoiy imtiyozlar tasdiqlangan.

Tadbir so‘ngida Berdimuhamedov hukumat a’zolarini, davlat agentliklarining rahbarlarini, diplomatlar va OTM pedagoglarini esdalik nishonlar hamda medallar bilan taqdirlagan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:550 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:56
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031