• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 21
Гостей: 21
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Oktyabr » 14 » Behayo filmlar ishqibozlari qo‘lga tushdi
13:01
Behayo filmlar ishqibozlari qo‘lga tushdi

Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yilda ham chiqadi, deb bejiz aytishmagan. Respublikamiz bojxonachilari tomonidan doimiy ravishda O‘zbekiston hududiga jismoniy shaxslar tomonidan noutbuk, qo‘l telefoni va boshqa axborot tashuvchi vositalarda behayolikni targ‘ib etuvchi materiallarni olib kirish yuzasidan nazorat tadbirlari olib boriladi.
 
Samarqand xalqaro aeroportida Sankt-Peterburgdan uchib kelgan fuqaro O.Tillayev (maqoladagi barcha ism shariflar o‘zgartirilgan) behayo tomoshalarning "ishqiboz”laridan biri bo‘lib chiqdi. Gap shundaki, bojxona nazoratidan o‘tish vaqtida, unga tegishli qo‘l telefoni ko‘zdan kechirilganda, 72 dona behayo mazmundagi foto va video materiallar borligi aniqlangan.
 
Shahvoniy sahnalar aks etgan 200 dan ortiq videolavhalarga telefonidan joy ajratgan jizzaxlik K.Tadjiyev ham Vnukovodan qaytar ekan, Samarqand aeroportida bojxonachilar qarshisida yer chizib qoldi.
 
Xorijdan yangiyo‘llik V.Olga nomiga yuborilgan pochta jo‘natmasi Toshkent shahar bojxona boshqarmasi "Boshpochtamt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, mazkur jo‘natmada behayolikni targ‘ib etuvchi 3 dona kitoblar yuborilganligi aniqlandi.
 
"Chelyabinsk-Toshkent” reysi bo‘yicha poyezdda kirib kelgan yo‘lovchi, farg‘onalik B.Ahrorov noutbukiga 370 donadan ortiq behayo fotosuratlarni jamlagan, ammo, bojxona chegarasini kesib o‘tish vaqtida, ularni o‘chirib tashlashni "unutib” qo‘yibdi. Natijada, "Keles” temir yo‘l chegara bojxona postida biroz "ushlanib” qolishiga to‘g‘ri keldi.
 
Qo‘l telefoni vositasida behayolikni o‘ziga doimiy "hamroh” qilganlardan yana biri xazorasplik B.Kenjayev ekan. "Moskva-Urganch” reysi bo‘yicha parvozini yakunlagan ushbu shaxsning qo‘l telefoni amaldagi tartiblarga muvofiq ko‘zdan kechirilganda, uning xotirasida 94 dona behayolikni targ‘ib etuvchi foto va video materiallar borligi fosh bo‘ldi.
 
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan ham pornografik hamda zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotlarning respublikamizga olib kirilishiga qarshi chora-tadbirlar olib borilmoqda.
 
Jumladan, "G‘ishtko‘prik” bojxona kompleksi orqali qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro O.Tursunov uyali aloqa vositasi xotirasida 104 dona behayo mazmundagi video fayllarni olib kirishga uringan paytda to‘xtatib qolindi.
 
Shuningdek, mazkur kompleksda bojxonachilar poytaxtlik R.Turgunovning ham qing‘ir qilmishlariga chek qo‘yishdi. U bojxona nazoratidan yashirincha telefon xotira kartasida 277 dona video va foto materiallarni olib kirishga uringani aniqlandi.
 
Buxoro aeroportida Moskvadan uchib kelgan A.Jumayevning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, unga tegishli qo‘l telefoni xotirasiga 173 dona behayo mazmundagi videlavhalar joylashtirganligi aniqlandi.
 
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati bergan xabarda.
 
Ma'lumot o‘rnida, joriy yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida respublikamiz bojxonachilari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 2200 dan ortiq bojxona qoidabuzarliklari natijasida 67,8 ming donadan ortiq turli shakldagi behayo mazmundagi materiallarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yilgan
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktyabrdagi "Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-1871 sonli Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi va insoniyat xavfsizligiga qarshi, hududiy yaxlitlikni, davlat suveriniteti va siyosiy mustaqillikni buzishga qaratilgan bosma nashriyot maxsulotlari, qo‘lyozmalar, klishe, rasmlar, fotosuratlar, fotoplyonkalar, negativlar, kino, video va audio maxsulotlari, ovoz yozilgan materiallar, shuningdek urush, terrorizm, zo‘ravonlik, milliy ajratish va diniy qarshilik, rasizm va uning turlarini (antisimizm, fashizm) targ‘ib etuvchi hamda pornografik mazmundagi materiallarni olib kirish taqiqlangan.
 
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga ko‘ra, pornografik, shuningdek zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish fuqarolarga eng kam ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 100 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
 
Shunday harakatlar ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yana sodir etilsa, u holda aybdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga muvofiq, eng kam oylik ish haqining 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.


Категория: Har-Hil | Просмотров:2769 | Добавил: Admin | Теги: Беҳаё фильмлар ишқибозлари қўлга ту | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:46
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Oktyabr 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31