• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2023 » Iyul » 22 » Bayden MRB rahbarini o‘z jamoasiga taklif qildi
22:16
Bayden MRB rahbarini o‘z jamoasiga taklif qildi

AQSH Prezidenti Jo Bayden Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Bernsni o‘z Kabineti (Vazirlar Mahkamasi) safiga taklif qildi. Bu haqda Oq uy xabar berdi.

"Men Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Bernsni o‘z kabinetim a’zosi sifatida taklif qilganimni bildirishdan mamnunman”, deydi Prezident Oq uy veb-saytida taqdim etilgan bayonotda.

Baydenning aytishicha, Berns Milliy razvedka direktori bilan yaqindan hamkorlik qilgan holda razvedka ma’lumotlaridan AQSHga muhim strategik ustunlik berish uchun foydalangan. Prezidentning fikricha, Berns boshchiligida Markaziy razvedka boshqarmasi AQSH milliy xavfsizligiga oid asosiy muammolarni hal qilish uchun aniq va uzoq muddatli yondashuvni taklif qiladi. Muammolar orasida Prezident Bayden Ukrainadagi urush va Xitoy bilan raqobatni alohida urg‘ulab ko‘rsatgan.

Bayden kabinetining hozirgi tarkibiga vitse-prezident, 15 vazir, shuningdek, bosh prokuror va davlat kotibi kiradi.

"The Washington Post” nashrining yozishicha, Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan ancha oldin Berns Oq uyning Moskva bilan asosiy aloqachisi bo‘lgan, bundan tashqari, Bayden ma’muriyatining boshqa a’zolaridan farqli o‘laroq, u Prezident Vladimir Putin bilan bevosita aloqa qilgan. Berns endilikda Davlat kotibi va Mudofaa vaziri bilan birga kabinet yig‘ilishlarida qatnashishi mumkin.

Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimi Devid Prissning aytishicha, AQSHning boshqa prezidentlari Markaziy razvedka boshqarmasi direktorlarini kabinet a’zosi etib tayinlamagan, chunki ular razvedkaning roli siyosiy emas deb bilgan. Hozirgi prezidentlar esa kabinetdan jiddiy muhokamalar va eng muhim siyosiy dasturlarni shakllantirish uchun foydalanmagan.

Ma’lumot uchun, Uilyam Berns 2005 yildan 2008 yilgacha AQSHning Rossiyadagi elchisi, keyin esa AQSH Davlat kotibi vazifasini bajaruvchi, 2011-2014 yillarda Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2021 yilda Bayden Bernsni Markaziy razvedka boshqarmasi direktori lavozimiga tayinlagan, keyinroq uning nomzodi Senat tomonidan ham ma’qullangan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:127 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:05:13
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31