• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1877
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 26 » Baxtiyor Ashurmatov: “Shogirdlarim bilan faxrlanaman”
07:43
Baxtiyor Ashurmatov: “Shogirdlarim bilan faxrlanaman”

O‘zbekiston Superligasi 6-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-192” va "Surxon” jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan (3:0) so‘ng har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Dastlab, mehmonlar ustozi Bahrom Haydarov o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Maydonda bugun ikki teng kuchga ega bo‘lgan jamoalar harakat qildi, deb o‘ylayman birinchi bo‘limda. Bugun kim birinchi bo‘lib gol ursa, o‘sha jamoa g‘alaba qozonishi ko‘rinib turgandi. Bu narsaga qo‘qonliklar erishishdi va maydon egalari g‘alaba qozondi.

Birinchi gol rejalarimizni o‘zgartirib yubordi. Superligada har bir bahsda g‘alaba qozonishimiz mumkin. Bizda ikkita teng kuchli tarkib bor. Hamma o‘z maydonida g‘alaba qozonishni o‘ylaydi. "Paxtakor” bilan o‘yinda ham yaxshi natijaga erishishni istaymiz. Mag‘lubiyatga uchrayotganimizga qandaydir sabablar bordir. Lekin jamoamiz kerakli ochkolarni olishiga ishonaman”, — deydi Haydarov.

So‘ngra "Qo‘qon-1912” bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Surxon” bilan bo‘ladigan o‘yinni murabbiy sifatida hayajon bilan kutayotgandim. Negaki, termizliklar safida Shavkat Salomov, Aleksandr Kasyan, Husniddin G‘ofurov, Bubanya kabi ko‘plab tajribali o‘yinchilar bor edi. Bunday futbolchilar har qanday jamoani kuchaytirishga qodir deb o‘ylayman.

Lekin bugun shogirdlarim o‘zlarini nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatdi. Buning uchun ularga o‘z minnatdorchiligimni izhor etaman. Bunday yigitlar bilan har qancha faxrlansak arziydi. Chunki, havo issiq bo‘lishiga qaramay, g‘alaba uchun borlarini berib o‘ynadi. Futbolchilar jismoniy holatlari yaxshi ekanligini namoyish etdi. Keyingi o‘yinlar ham shunday tempni saqlab qolishga harakat qilamiz”, — deydi Ashurmatov.

Mazkur g‘alabadan keyin "Qo‘qon-1912” ochkolari sonini 12 taga yetkazib, musobaqa jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan bo‘lsa, "Surxon”ning ochkolari (4) o‘zgarishsiz qoldi. Jamoa 11-pog‘onadan joy olgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:420 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:22
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь