• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Oktyabr » 22 » AQSh gipertovushli qurolini sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazganini ma’lum qildi
12:00
AQSh gipertovushli qurolini sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazganini ma’lum qildi

AQSh harbiylari 20-oktabr kuni gipertovushli qurolining uchta muvaffaqiyatli sinov uchishini amalga oshirdi. Bu haqda mamlakat Harbiy-dengiz kuchlariga tayanib, "RBK” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, test davomida "ilg‘or gipertovushli texnologiyalar va real vaziyatdagi prototip-tizimlari namoyish etilgan”.

"Bu kabi qurollarni ixtiro qilishda raketalarni yuqori aniqlikda uchirish yerusti sinovlari va keng ko‘lamli parvoz sinovlari o‘rtasidagi muhim bo‘shliqlarni to‘ldiradi”, — deyiladi xabarda. Shuningdek, qayd etilishicha, ular hujum va mudofaa gipertovushli texnologiyalarining tez rivojlanishiga ko‘maklashadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, gipertovushli qurolni yaratishda Lockheed Martin va Ratheon Technologies kabi kompaniyalar, shuningdek, boshqa pudratchilar ishtirok etgan.

20-oktabr kungi uchirishlardan so‘ng, Pentagon 21-oktabr kuni ham gipertovushli qurollni uchirish testini o‘tkazgan. Biroq bu safar uchirish raketa-tashuvchi ishdan chiqqani sabab uzilish bilan amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning aprel oyida AQSh harbiy havo kuchlarining AGM-183A ARRW gipertovushli raketasi sinovlari muvaffaqiyatsiz tugagan edi.  Raketa Boeing B-52 Stratofortress bombardimonchi samolyotidan uchirilishi kerak bo‘lgan. Biroq raketa uchish tartibini yakunlay olmasdan samolyotda qolib ketgan. Samolyot raketa bilan Kaliforniyadagi Edvards aviabazasiga qaytib kelgan.

Sentabr oxirlarida esa AQSh Mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqot loyihalari boshqarmasi (DARPA) gipertovushli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgani haqida ma’lum qilgandi. O‘shanda parvoz paytida raketa tezligi tovush tezligidan besh baravar yuqori bo‘lgan. Shuningdek, sentabrda Shimoliy Koreya ham "Xvason-8” deb nomlangan yangi gipertovushli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini ma’lum qilgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:367 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:08
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Oktyabr 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031