• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 27 » AOKA rahbari OAV xodimlarini tabrikladi
13:05
AOKA rahbari OAV xodimlarini tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Dilshod Saidjonov 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillarini tabrikladi. 

Dilshod Saidjonov o‘z tabrigida OAV xodimlari kuni tarixiga nazar tashlab, o‘zbek tilidagi ilk gazeta "Taraqqiyot"ni eslab o‘tdi.
"Aziz do‘stlar!

Bugun biz kasb bayramimiz — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunini nishonlayapmiz. Hammamiz uchun muhim bo‘lgan bu kunda biz ushbu fidoyi, murakkab, mas’uliyatli va olijanob kasb vakillarini sharaflaymiz.

Bir asrdan ziyod vaqt avval, 1906 yilning 27 iyunida o‘zbek tilidagi ilk gazeta bo‘lmish "Taraqqiy"ning birinchi soni olam yuzini ko‘rdi. Aynan shu tarixiy sana mustaqil O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlana boshlandi", deya ta’kidlaydi Saidjonov.

AOKA rahbari so‘nggi yillarda axborot erkinligi ta’minlanayotganiga e’tibor qaratgan. U jamiyatda jurnalist va blogerlarning ta’siri tobora ortib borayotganiga alohida urg‘u bergan.

Bu kasb bayrami so‘nggi yillarda yangicha mazmun kasb etdi. Prezident Sh.Mirziyoyevning siyosiy irodasi, uning xalq bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish, so‘z va axborot erkinligini ta’minlash g‘oyasi natijasida davlat organlarining ochiqligi va shaffofligi ta’minlanib, bu O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasining ustuvor yo‘nalishiga aylandi.

Shu munosabat bilan, o‘tgan davrni tahlil qilar ekanmiz, ishonch bilan aytish mumkinki, jurnalistlar va blogerlar mamlakat hayotining ajralmas qismiga aylandi, aholi orasida ularning nufuzi oshdi, taniqli ismlar va tahalluslar paydo bo‘ldi. Bu esa ularning haqiqiy jurnalistika kuchini borgan sari ko‘proq his qilayotgan ko‘p millionli auditoriyaning hurmati va ehtiromiga sazovor bo‘layotganidan darak beradi. Bu kuch hech kimga xotirjamlikka berilishga yo‘l qo‘ymayapti, doim voqea-hodisalardan xabardor va davlat organlariga jamiyat oldidagi vazifalarini muntazam eslatib turibdi. Bu, shubhasiz, katta yutuq va shu bilan birga Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosidir!

Davlat rahbarining belgilab bergan yo‘nalishi mamlakatda shakllanayotgan fuqarolik jamiyatining muhim qismiga aylangan nodavlat internet-jurnalistika va blogerlikning jadal rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Bugun uyqudan uyg‘onishimiz bilan ijtimoiy tarmoq va messenjerlarga kirishga oshiqamiz, hayotimizni real vaqt rejimidagi yangiliklar va postlarsiz, matbuot va elektron nashrlardagi dolzarb maqolalar, ijtimoiy tarmoqlardagi qiziqarli, tanqidiy va fikrlashga undovchi materiallarsiz tasavvur eta olmaymiz", deydi Saidjonov.

O‘z navbatida davlat idoralarining axborot tarqatuvchilari ham OAVdan qolishmaslikka harakat qilayotgani aytib o‘tilgan. Jumladan, shunday deydi:

Alohida ta’kidlashni istardimki, ommaviy axborot vositalarining asosiy e’tibori inson, uning kundalik hayoti, o‘y-xayollari, qiziqishlari, orzu va maqsadlariga qaratilgan. Bu mamlakatimizda yetuk, fuqarolik va progressiv fikrlovchi jurnalistikaning shakllanishi nuqtai nazaridan juda muhimdir.

Nafaqat rasmiy axborotning birlamchi manbasi, balki fuqarolar o‘zini qiziqtirgan ma’lumotni olishi mumkin bo‘lgan resurs bo‘lishga intilayotgan davlat organlari axborot xizmatlari ham OAV va blogerlardan qolishmayapti".

So‘nggi vaqtlarda vazirlik va idoralar matbuot xizmatlari jamoatchilik orasidagi turli bahsli holatlarga munosabat bildirib kelayotgani aytib o‘tilgan.

Shu nuqtada 2019 yilning 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunida Prezident tomonidan matbuot kotiblarining huquqiy maqomi, roli va ahamiyatini belgilab bergan qaror imzolanganiga e’tiboringizni qaratmoqchiman.

O‘zbekistonda hamisha kuchli iqtidorga ega matbuot kotiblari bo‘lgan, ammo shu damdan jamiyatga ularning yangi qirralari ochildi — endi ushbu kasb egalari faqat jurnalistlar bilan hamkorlikni tashkil etuvchi tashkilot vakillarigina emas. Bundan buyon axborot xizmatlari rahbarlari (400 ga yaqin mutaxassis) vazirlar, raislar, direktorlar va hokimlarning axborot siyosati bo‘yicha maslahatchilaridir. Ular shov-shuvli voqealarni sharhlay oladigan, rahbar nomidan jurnalistlarning murakkab savollariga javob beradigan, axborot makonida davlat organining rasmiy nuqtai nazarini ifoda etadigan va himoya qiladigan mutaxassislardir. Misol uchun, 2019 yilda OAVdagi tanqidiy maqolalarga javob qaytarish ko‘rsatkichi 10-15 foizga teng bo‘lgan bo‘lsa, bugunga kelib, 87 foizga yetdi.

Bu yo‘lda ularni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi — faoliyatining ilk kunidan davlat organlari va OAV o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini amalga oshirib kelayotgan tashkilot har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda. 

Agentlik konstruktiv muloqot uchun o‘ziga xos maydon bo‘lib xizmat qilishga harakat qilmoqda hamda jurnalistlar va blogerlar hamisha kerakli axborotga ega bo‘lishlari uchun sharoit yaratmoqda", deya qayd etgan Dilshod Saidjonov.

Yutuqlar bilan bir vaqtda AOKA rahbari kamchiliklarga ham to‘xtalib o‘tgan. Xususan, jurnalistlarning fikrlarini ba’zida tinglatishga to‘g‘ri kelayotgani ta’kidlandi. 

Hurmatli hamkasblar!

Albatta, so‘z erkinligini mustahkamlash va OAVni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiradigan ishlarimiz hali ko‘p, bu borada muammolar yetarli. Afsuski, ba’zan jurnalist va blogerlar o‘zlarining so‘zlash va fikrlash erkinliklarini, "tinglanish huquqi"ni himoya qilishlariga to‘g‘ri kelmoqda. Bunday holatlar, albatta, jurnalistlar hamjamiyati va butun jamiyatning nazaridan chetda qolishi mumkin emas.

Aynan shuning uchun bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi OAV sohasini yanada liberallashtirish va davlat boshqaruv organlarining yanada ochiqligini ta’minlash doirasida qo‘shimcha huquqiy choralarni qabul qilish ustida ishlamoqda. OAVni ro‘yxatga olishning xabardor qilish tartibi, davlat organlari tomonidan jurnalistik so‘rovlarni ko‘rib chiqish muddatlarining qisqartirilishi, jurnalistik faoliyatga aralashuv va qarshilik qilish uchun javobgarlikni oshirish, blogerlarga jurnalistlarniki kabi huquqlar berish, tuhmat uchun ozodlikdan mahrum qilishni bekor qilish, yangi tahrirdagi "Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida"gi qonunni qabul qilish kabilar shular jumlasidandir", deydi AOKA rahbari.

So‘zida davom etib, Saidjonov jurnalistlar qonunchilik me’yorlari va kasbiy etikaga amal qilish muhimligini ta’kidlagan. Shuningdek, jurnalistlar o‘z ustida ishlab, OAVni "to‘rtinchi hokimiyat" darajasiga olib chiqishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.
Yana shuni ham ta’kidlashni istardimki, jurnalistlar hamjamiyati o‘zini-o‘zi boshqarishi, OAV xodimlari va blogerlarning axborot ishonchliligi ta’minlanishiga asoslangan milliy qonunchilik me’yorlari va kasbiy etikaga amal qilishi ham dolzarb masalalardan.

Jurnalistlar hamda matbuot kotiblarining malakasini oshirish, bu sohada xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish va qo‘llash masalalari ham o‘ta muhim. Faqatgina o‘z ustimizda tinimsiz ishlash, milliy jurnalistikaning professionallik darajasini takomillashtirish orqali OAVni xalq va inson manfaatlariga xizmat qiluvchi haqiqiy "to‘rtinchi hokimiyat"ga aylantirishimiz mumkin.

So‘zi yakunida Dilshod Saidjonov jurnalist va blogerlarga samimiy tilaklarini bildirib, muvaffaqiyatlar tilagan.

Aziz do‘stlar!

Ushbu bayramona kunda kasb ayyomingiz munosabati bilan eng iliq tabriklarimizni qabul qilgaysiz. Biz fidoyiligingiz, iste’dodingiz, yuksak g‘oyalarga sodiqligingiz, mehnatingiz, har bir insonning yurak-yuragiga kirib boruvchi va hayotimizni yanada yaxshilashga xizmat qiluvchi so
‘zingiz uchun sizdan chin dildan minnatdormiz.

Sizga ijodiy yuksalishlar, mushkul, ammo olijanob ishingizda muvaffaqiyatlar, tanlagan yo‘lingizda doim sobit va axborot makonida yetakchi bo‘lishingizni tilab qolamiz.

Bayramingiz bilan!”
Категория: Har-Hil | Просмотров:469 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:51
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь