Ushbu voqea Texasda yashovchi Keyli Gilson boshqa xonadonga ko‘chib o‘tmoqchi bo‘lib, ulkan divanini sotishga qaror qilganidan boshlangan. U Facebook’dagi guruhlarning biridagi keraksiz buyumlar bo‘limiga e’lon joylashtirganidan so‘ng u yerdagi hajmi kichikroq mebelga ko‘zi tushdi. Ayol kelishuvga rozi bo‘lib, sotib olingan kichikroq mebelni kelasi hafta uyiga olib keldi.
Divanning sobiq egasi mebelning ichidagi bir fanerani olib tashlagani bilan ogohlantirdi. Ammo ayol bunga e’tibor bermadi, unga jihozning narxi va tashqi ko‘rinishi ham ma’qul kelgandi.
Oradan biroz vaqt o‘tib, divanda g‘alati narsalar yuz bera boshlagan. Sotib olingan kunning ertasigayoq Keylining o‘g‘li unda mushuk yashaydi, deb aytgan. Biroq ayol o‘g‘lining so‘zlariga ahamiyat bermagan. Chunki bolakay uyda ham Eder Drakon nomli uy hayvoni bilan o‘ynaydi. Ammo u mushukni ko‘rganini ta’kidlashda davom etavergan.
Keylining uch oylik kuchukchasi divan ustida baland ovoz chiqara boshlaganida, u sinchkovlik bilan divanni tekshirishga qaror qilgan. Mebel ostiga egilib qaraganida, u yerda ayolga ham ikki o‘z tikilib turganini ko‘rib, hayratga tushgan. Haqiqatan ham u yerda mushuk bor edi. Qizig‘i shundaki, barcha joylar yopiq bo‘lsa, mushuk qanday qilib divan ostiga kirib olgan bo‘lishi mumkin?
Har ehtimolga qarshi Keyli divanning sobiq egasiga qo‘ng‘iroq qilib, bu haqda xabar bergan. Uning egasi 20 daqiqa o‘tmasidanoq yetib kelgan. Ma’lum bo‘lishicha, u bir kun avval mushugini yo‘qotib qo‘ygan. Uni topish uchun uyining barcha burchaklarini tekshirib chiqqan, ammo natija bo‘lmagan. Ko‘rinishidan, hayvon o‘zining sevimli divanidan ajralishni istamagan va u bilan ketishni afzal bilgan. O‘sha kuni mushuk o‘z uyiga qaytib ketgan va Keyli yangi mebel ichidan yana nimadir chiqishi mumkin bo‘lsa ham, undan foydalanishni davom ettirishga qaror qilgan.