• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » May » 28 » Alisher Uzoqov: Pichoqqa ilinadigan rollarim yo‘q
08:48
Alisher Uzoqov: Pichoqqa ilinadigan rollarim yo‘q

Aktyor, xonanda, rejissor Alisher Uzoqov  hozirgi paytda asosiy maqsadi – o‘zidan keyin tarixda qoladigan san’at asari, ya’ni ma’naviy ozuqa olsa bo‘ladigan ijod mahsullari qoldirish ekanligini ta’kidladi. Bu haqda xonanda "Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.— "Pichoqqa ilinadigan” rollaringiz bormi?
— Yo‘q.

— Buni ochiq tan olasizmi?
— Albatta! Aktyor bu – ijrochi. Rejissorning chizgan chizig‘idan chiqmay, ssenariyga ko‘ra ishlaydigan ijodkor. Shu bois aktyor sifatida o‘zidan xalqqa ma’naviy ozuqa beradigan rollar qoldirish qiyin. Lekin rejissorlik ishim — "Kuzda gullagan daraxt” filmida tomoshabinga aytmoqchi bo‘lgan gaplarimni katta ekranga olib chiqa olganman, nazarimda.

— Mashhur to‘rtlik Ulug‘bek Qodirov, Adiz Rajabov, Farrux Soipov, Alisher Uzoqov yaqin tarixda qolgandek. Bu davr shu qadar tez o‘tib ketishi haqida o‘ylaganmisiz?
— Tez o‘tadi, deb o‘ylamagandim. Vaqt oqar suv ekan, o‘sha davrdan foydalana olmadim. Chunki bu faqat menga bog‘liq bo‘lmay qolgandi. O‘sha davrga saviyasi past filmlar to‘g‘ri kelib qoldi. Biroq tanqid qilingan, men ishtirok etgan "Janob hech kim”, "Telba”, "Tundan tonggacha” va siz ta’kidlagan aktyorlar rol o‘ynagan kinokartinalar darajasidagidek filmlar ham yo‘q-ku hozir! Ochiq aytaman, bugungi o‘zbek kinosidagi holat meni qoniqtirmaydi. Sababini tushuntiraman, xususiy filmlarning boshlanishi omadli bo‘ldi. 5—6 yil zo‘r filmlar ishlandi va ularning aksariyati chet elda mukofotga ham loyiq topildi. Bu san’atga aloqasi bo‘lmagan "ijodkor”larni ruhlantirib yubordi. Hamma yoppasiga film suratga olishga o‘tdi hamda yuqori darajaga chiqa boshlagan o‘zbek kinosi saviyasini pasaytirib qo‘ydi. Savolingizga qaytsak, nokamtarlikka yo‘ymang-u, shunday davr bo‘ldiki, el nazariga tushgan aktyor-aktrisalar yetishdi. Tan olish kerak, hozir o‘sha davrdagidek yosh aktyor-aktrisalar yo‘q. Rejissorlik ishim uchun aktyor izlaganimda ham topolmadim.

— Oyning o‘n beshi qorong‘u, o‘n beshi yorug‘, ekaniga ishonadiganlar toifasidanmisiz yo taqdirga tan beradiganlar?
— Hayotga real qarayman. Qora "yo‘lak”chalar doim yaxshilikka xizmat qiladi.

— "Muxlislar bevafo”, degan fikrni ko‘p takrorlardingiz. Katta ekranlarda ko‘rinmay qo‘yganingizda bu fikringiz qanchalik o‘z isbotini topdi?
— Davlat tadbirlari bilan viloyatlarda gastrollarda yuribmiz. Muxlislar haliyam yaxshi ko‘rishar ekan (samimiy kuladi).

— Ijoddagi omadsiz "yurish”laringiz qaysi hamkasblaringizga imkon bo‘ldi?
— (kuladi) Hech kimga. "Zo‘rdan zo‘ri chiqadi”, lekin hali undayini ko‘rmadim.

— "Ikkita kemani boshini tutgan g‘arq bo‘ladi”, degan naql bor. Sizning "qayiq”laringiz esa bir nechta. Kelajakda sizni qay biri qutqarib qolarkan?
— "Yigit kishiga qirq hunar oz”, degan naql ham bor (kuladi). Savolingizga aniq javob bersam, rejissura. Bu yo‘nalishda anchagina rejalarim bor. Lekin oradan yillar o‘tib, kutilmaganda Gollivudda rol o‘ynab qolishim ham mumkin. Bu rejalarimdan biri…

— Savolimga aktyorlik, deya javob bermaganingiz tashqi ko‘rinishingiz bilan bog‘liq emasmi?
— Yo‘q. Aktyor sifatida endi shakllanayotganim o‘zimga sezilyapti. Kuni kecha rejissor Jahongir Ahmedov bilan bir klipni suratga olish jarayonida kadrga qarab turib, "Kamerani oldida qiyofang boshqacha ko‘rinyapti. Hali o‘zing istagandek yaxshi rollar oldin-da!” deb qoldi. Albatta, bu e’tirofdan ruhlandim. Lekin rejissor Yolqin To‘ychiyevning "Hayotda” nomli filmidagi rolimdan maza qildim. Yana shunday rollar o‘ynashni istardim.

— Ijtimoiy tarmoqlarda bo‘y ko‘rsatishingiz shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Rasmlaringizga "Ha, men kalman, ko‘zim qisiq”, degan izoh qoldiradigan bo‘ldingiz?!
— "Biz buyuk yurt farzandlarimiz” tadbiri bilan viloyatlarda yurganimizda do‘stim Sardor Rahimxon birga tushgan rasmimizni Instagram tarmog‘idagi shaxsiy sahifasiga joyladi. Birozdan so‘ng "Alisher, mana bu izohlarni qara, bari senga atalgan”, deb qoldi. O‘qisam "Alisher Uzoqov tirikmi?”, "Kal bo‘lib qolibdimi?” kabi savollar. Shu sabab bo‘lib men ham Instagram’da shaxsiy sahifamni ochdim. Va "Ha, men tirikman, sog‘man!” degan izoh qoldirdim. Shundan so‘ng bunday savollar kamaydi. Har bir rasmimga "Ya luchshiy lisiy”, deb heshteg qo‘yadigan bo‘ldim. Shunda "Nega unday yozasiz?” deyishga tushishdi. Agar shunday heshteg yozmasam, "Sochingiz qani?” degan savolning oxiri ko‘rinmayapti. Qiziq, odamzod na sovuqqa ko‘nadi va na issiqqa. Mayli, gapiraverishsin, sog‘ bo‘lishsin!

— O‘zingiz ta’kidlagandek siz haqingizdagi turli mish-mishlar chiqishiga nima sabab bo‘ldi?
— "Do‘st”larim ko‘p-da (kuladi). Baxtimga omon bo‘lishsin! Balki meni sog‘inishganidan shunday gap-so‘zlarni o‘ylab topishgandir. Ochig‘i, o‘rganib ham qoldim.

— Gastrollarda xalq orasida yurib, eng ko‘p eshitgan savolingiz nima bo‘ldi?
— "Nega ko‘rinmay qoldingiz?”

— Xo‘sh?
— Boshqa hamkasblarimga imkon bergandim. Endi boshqa imkoniyat bermayman (miriqib kuladi).

— Este Lauderning "Omad aslida yo‘q narsa, faqat mehnatlarim bilan erishganlarim boshqalar ko‘z o‘ngida omad bo‘lib baholanadi”, degan fikri yodimga tushdi. Alisher Uzoqovni omad tark etganmi yo mehnat qilmayaptimi?
— Mening hayotimda omad katta rol o‘ynamaydi. Atrofdagilarga ko‘rinmayotgan ayni damdagi mehnatimni to‘fon oldidagi sokinlikka o‘xshatsa bo‘ladi.

— O‘zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqovning Yagosidan ilhomlanib, shu rolni ijro etishni orzu qilardingiz. Istagingiz sizni teatrda ishlash sari yetaklay, demayaptimi?
— Xudo xohlasa, yaqin kunlarda teatrga qaytyapman. Qaysi teatrligini hozircha aytmayman. Aktyor sportchidek gap, shu sabab u yerda "Bir aktyor teatri” spektaklini qo‘ymoqchiman. Yago rolini ijro etishimga esa yana o‘n yilcha vaqt bor.

— Anchayin sokin, falsafiy fikrlaydigan bo‘lib qolibsiz?
— (Samimiy jilmayib) Ha. "Ijodiy tanaffus Alisher Uzoqovni ruhan cho‘ktiradi”, deb o‘ylaganlar topiladi. Biroq bu jarayon menga ijobiy ta’sir qildi. Avvalo ko‘zim ochildi, yon-atrofim o‘z-o‘zidan "tozalandi”, yonimda barmoq bilan sanarli odamlargina qoldi. Eslasam, bir vaqtlar do‘stlarimning sanab, sanog‘iga yetolmasdim…

— Bir paytlar "Xalq e’tiboridan qolib ketishdan qo‘rqaman”, derdingiz.
— Ha, haligacha qo‘rqaman. Nolish emas-ku, lekin mashhurlik meni qiziqtirmay qo‘ygan. Chunki kasbimdan maqsadim ancha jiddiy. Bilasizmi, san’atkor boy bo‘lishi shartmas. U xalqning mehri, olqishi bilan tirik va buni pulga sotib ololmaysiz. Hozir mashhur bo‘lish juda oson. Stilistlarning mehnati singgan odam televideniyeda bir kunda besh marta klipini aylantirsa bas, u "yulduz”.

— Avvallari aforizm yozardingiz, kitob qilish niyatingiz bor edi?
— Anchadan buyon aforizm yozmay qo‘yganman. Hozir she’r yozyapman, bunga aksariyat "ijodkor”larning ijodi sabab bo‘ldi. Ikki yuztacha kishi o‘tirgan davrada she’r so‘rashdi, o‘qidim. Hamma jim bo‘lib, ma’nosini chaqishga kirishib ketdi. Ba’zi "ijodkor”lar vaqt ajratib, aqlini ishlatmay qo‘ygan. She’r yozishdan maqsadim shundaylarni o‘yga toldirib, fikrlashga undash.

— Bilaman, shaxsiy hayot shaxsiyligicha qolishi tarafdorisiz. Lekin suhbatni shaxsiy "front”ga burmasam, muxlislaringiz meni kechirmasligi aniq.
— (kuladi) O‘g‘lim Firdavs to‘rt yosh, qizim Soliha ikki yoshga to‘ladi. Qizim tashqi ko‘rinish jihatdan quyib qo‘ygandek menga o‘xshaydi.

— O‘g‘lingiz ayni sersavol yoshda ekan. Antiqa savollar berib tursa kerak?
— Yaqinda onasi "Ko‘zingga qarab yurmaysanmi?” deb tanbeh bergan ekan. Yarim soatdan keyin onasini oldiga borib, "Oyi, ko‘zimga qarolmayapman, qanday qaray?” debdi. O‘g‘lim ko‘ziga qarashga rosa harakat qilganda (miriqib kuladi). Shunday kulgili vaziyatlar ham bo‘lib turadi.

— Farzandlaringizni izdoshingiz bo‘lishiga qarshilik qilsangiz kerag-a?
— Albatta. Lekin Xudo bergan bo‘lsa, qanchalik to‘sqinlik qilmay, baribir orzusini amalga oshiradi. Ammo o‘g‘limni futbolchi qilish niyatim bor.

— O‘zingizning futbolchilik faoliyatingiz boshlanmay tugadimi?
— Yoshlikdan maqsadim futbolchi bo‘lish edi, amalga oshdi. Birinchi ligada gol ham urdim. O‘tgan yili Oliy liga va birinchi liganing boshqa jamoalaridan takliflar bo‘lgandi. Lekin ssenariy yozayotganim bois u takliflarni rad etdim. "Istiqlol” jamoasining vakiliman, biroq hozir ikkinchi ligaga tushib qoldim. Biroq hali xayrlashuv uchrashuvini qilganimcha yo‘q.

— Xonandalikda ayni cho‘qqiga chiqqan vaqtingiz bariga qo‘l siltab ketishga ko‘zingiz qiydi.
— Menga reyting kerakmasdi-da. Shu bois bu borada o‘yga tolmaganman. Yaqinda eng oldi bastakorlarimiz bilan tasodifan uchrashib qolganimizda, "Sizga bir qo‘shiq yozib beray”, degan taklifni bildirishdi. Bu meni juda xursand qildi. Hatto studiyaga bordim, lekin xonandalikka bo‘lgan xohish kuchli bo‘lmadi. Nazarimda, hozircha xonandalikka bilan shug‘ullanishimning vaqti kelmagan.




Категория: Har-Hil | Просмотров:1986 | Добавил: Admin | Теги: Alisher Uzoqov: Pichoqqa ilinadigan | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:24
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031