Mening kalligim yoki "o‘lganim” va yana boshqa mish-mishlar sizlarni "ruhlantirar” balki... Lekin aytib qo‘yay, men bularni bir tiyinga ham olmayman.
Anchadan buyon kinolar va TVlarda kamnamo bo‘lib qolgan aktyor Alisher Uzoqov Instagram’dan sahifa ochdiyu yana muhokama maydonining asosiy mavzusiga aylangan. Bugun aktyor tarmoqqa joylayotgan har bir surat va izoh ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Kuni kecha Uzoqov ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan suratiga "Do‘stlar, men tirikman va soppa-sog‘man. Qolaversa men kalman!”, – deb yozgan edi.
Butun dunyo erkaklarni qiynayotgan soch to‘kilishi muammosi aktyor Alisher Uzoqovni ham chetlab o‘tmaganini suratlardan ham ko‘rish mumkin. Biroq aktyor bunga u qadar jiddiy e'tibor berib, tushkunlikka tushib qolmayotgani ham tayin. Buni uning izohlaridan ham bilish mumkin.
Bugun tongga yaqin aktyorning Instagram’ga joylashtirgan suratidan farqli o‘laroq unga yozib qoldirgan izohi e'tiborimizni tortdi. Aktyor shunday deb yozadi:
"Men haqimda har xil gaplar tarqaldi. O‘chirilgan Instagram’ni yana ochishimga to‘g‘ri keldi. Menga mashhurlik kerak emas. Mening hayotimda muhimroq narsalar bor. Insonni kamsitish oson, uni qaytarish qiyin, "atak” iloji yo‘q. Samimiy bo‘linglar. Mening kalligim yoki "o‘lganim” va yana boshqa mish-mishlar sizlarni "ruhlantirar” balki... Lekin aytib qo‘yay, men bularni bir tiyinga ham olmayman. Ovvora bo‘lmang! Meni to‘g‘ri tushunganlar uchun esa zo‘r, yaxshi va sizlarni ruhingizni ko‘taradigan kinolar qilib berishga va'da beraman!”
Uzoqovning yuqoridagi gaplarni nimalarni o‘ylab yozganiyu qaysi voqyea uni bu qadar ta'sirlantirgani bizga qorong‘u. Ammo uning yozganlaridan shunisi ma'lumki, anchadan buyon tomoshabinlar va TVdan uzilib qolgan aktyor bu davrni osonlikcha bosib o‘tmagani va ma'lum tushkunliklardan so‘ng, o‘zini hamin qadar tutib olgan.