• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 17
Гостей: 17
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » May » 21 » Alisher Fayz konsertida 4200 muxlisi bilan selfi tushdi
14:43
Alisher Fayz konsertida 4200 muxlisi bilan selfi tushdi

17 may kuni muhtasham "Istiqlol” san`at saroyida xushovoz xonanda, betakror qo`shiqlari bilan muxlislar qalbidan alohida o`rin egallagan Alisher Fayzning konsert dasturiga start berildi. O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Alisher FAYZ bu yil ijodining 12 yilligi va 10-yubiley konsertini o`tkazmoqda. Konsert bosh prodyuseri—Lutfulla Allaqulov. Xonandaning liboslar dizayneri — Shahnoza Qayumbekova.

Konsert boshlovchisi Muzaffarbek Mirzabekov. Dasturda so`z ustasi Avaz Oxun ham ishtirok etdi. Raqslarni "Parizod”, "Suvoriylar" raqs ansambllari va professional raqqosa Iroda Ismoilova ijro etdi.

Konsertda jami 22 ta qo`shiq ijro etildi. Konsert boshlovchisi Muzaffar Mirzabekov dasturni ochiq deb e`lon qilgach, sahnada O`zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov o`qigan prolog yangradi. So`ng parda ochilib, sahnaga Alisher Fayz "Kerakmas" qo`shig`ini kuylab chiqib keldi. Xonandaning ta`rifi bilan aytganda, bu yilgi 10-konsert va 12 yillik ijod - muchal to`yi muxlislarga eslatma bo`ldi. Va sahnani aylana tarzda qoplagan katta ekranda Alisher Fayzning 12 yillik ijodidan lavhalar ko`rsatilib, ketma-ketlik "Hayot" qo`shig`i bilan ta`sirchan tus oldi

Xonanda ustoz san`atkor Rustamqori Tursunovning "Eslagin” qo`shig`ini qayta kuyladi. Raqsida professional raqqosa Iroda Ismoilova bo`ldi. Xonanda bu yil muxlislariga kutilmagan sovg`a hozirlagan ekan. Aniqrog`i, har bir qatorda o`tiradigan tomoshabinni ta`riflab qo`shiq kuyladi. Alisher Fayz an`anaga ko`ra ustozining nabira shogirdi Jasur Abdulxairovni katta sahnaga olib chiqdi. "Tug`ilgan kuningda" qo`shig`i ham sahnalashtirilgan sahna ko`rinishi bilan namoyish etildi. Gohida xizmat safarlarida yurib, yorining tug`ilgan kunida yonida bo`lolmagan erkaklarimizning nomidan kuylangan qo`shiq bo`lsa ajabmas.

Alisher Fayz muxlislarini quvontirishda davom etib, "Fransuzcha” qo`shig`i kuylash mobaynida qo`l telefonida tomoshabinlarni videoga oldi va qo`shiq so`nggida ular bilan selfi tushdi.

Xonanda yoshligini xotirlab, ko`zda yosh bilan "Olib ket” qo`shig`ini kuyladi. Tomoshabinlar ham xonanda singari ko`zyoshlarini yashira olishmadi.

Fayz "Anjanchasiga” choylashdi. Ustozi Ozodbek Nazarbekovning shu nomli qo`shig`ini kuylab, barchani o`ynatdi. Muxlislar olib kelgan gullar konsertning har kuni rekord darajani o`rnatyapti, desak mubolag`a bo`lmaydi.Bu yil xonandaning sahnaga chiqadigan ijodiy jamoasida o`zgarishlar bo`ldi. 3-blok boshlanishidan avval sahnaga qiziqchi Avaz Oxun chiqdi. Gap shundaki, xonanda bu gal muxlislari sahnada kimni ko`rishni istashi haqida so`rovnoma o`tkazib, ularning fikrlaridan kelib chiqqan holda qiziqchi Avaz Oxunni konsertga taklif qilgan.

Konsertdagi eng ta`sirli qo`shiqlardan biri bu - "BUYuKLAR” qo`shig`i bo`ldi. Birinchi Prezidentimizga bag`ishlab kuylangan qo`shiq ijro etilganida tomoshabinlar tik turib qarsak chaldi.

Noodatiy mavzularni qo`shiq qilishni yaxshi ko`radigan xonanda bu gal ham an`anasidan chekinmadi. Er-xotinning orasiga tushadigan "ustoz"lar haqida "YoRIM YaXShI-Yu...” qo`shig`ini kuyladi.

Bir so`z bilan aytganda, Alisher Fayz doimgidek kutilgan konsertni kutilmagan sovg`alar bilan boyita olishning uddasidan chiqdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1970 | Добавил: Admin | Теги: Alisher Fayz konsertida 4200 muxlis | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:26
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031