• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 17
Гостей: 17
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Iyun » 16 » Alisher Fayz bu gal Iroda Ismoilovani tanladi
15:14
Alisher Fayz bu gal Iroda Ismoilovani tanladi

Joriy yilning may oyida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Fayz o‘zining "Ko‘nglim senda” deb nomlangan yakkaxon konsert dasturini taqdim etgani haqida avval xabar bergandik. Ijodining 12 yilligi va 10-yubiley konserti ham odatdagiday noodatiy mavzularga boy bo‘ldi.

Ana shu konsert dasturiga uzviy ravishda xonanda bir yo‘la ikkita qo‘shig‘iga klip ham suratga oldi.

Yangi videolar haqida batafsil ma'lumot olish uchun xonandaning o‘zi bilan bog‘landik:

Alisher FAYZ, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist: — Konsertdan keyin klip suratga olish ishimizning ketma-ketligidagi bir bo‘lagi. Bu yil konsertda kuylangan O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo qalamiga mansub "Kammi?” qo‘shig‘i hayotiyligi bilan rosti ijodiy jamoamizga ham manzur kelgan. Qolaversa, qo‘shiqlarni muxlislarga taqdim qilishdagi ketma-ketlikda turfa xillikka ham e'tibor berish maqsadida sho‘x qo‘shiqlardan chekinib, sokin qo‘shiqqa klip olishga qaror qildik. Ochig‘i, bu qo‘shiq 3-4 yildan buyon repertuarga kirmayotgandi. Boisi gohida ba'zi qo‘shiqlarimni repertuardan qizg‘onaman. "Agar hozir ro‘yxatga qo‘shsam, konsert orasida boshqa qo‘shiqlar bilan birga o‘tib ketib qolsa-chi?” degan fikr bo‘ladi. Shu bois ayrim qo‘shiqlar vaqti kelibgina muxlislarga taqdim qilinadi. "Kammi?” qo‘shig‘ini klipi bilan taqdim qilishni istaganim uchun ham asrab yurgandim. Shuncha vaqt kutilganiga yarasha muxlislar tomonidan natija ham ijobiy bo‘lishini istayman. Fursatdan foydalanib, qo‘shiqning she'r muallifi Iqbol Mirzo, bastakor Fazliddin Raxmonov, klip rejissyori Mirmaqsud Oxunov, tasvirchi Muzaffar Yusupov, raqqosa Iroda Ismoilova, umuman suratga olishda mehnati singganlar va ijodiy jamoamga minnatdorchilik bildiraman! O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzoning ijodiga ilk bor murojaat qilishimiz emas. Bundan keyin ham bir qarashda sodda, lekin hayotiy, yurakning tub-tubiga yetib boradigan mavzulardagi she'rlarini qo‘shiq qilish istagim bor.

— Konsertda bu qo‘shiqqa raqqosa Parizoda raqs tushgandi. Klipga esa raqqossa Iroda Ismoilova taklif qilinibdi?

— Bu ham xilma-xillikka harakat. Masalan, "Xay-xay” qo‘shig‘imni ham ikki xil talqinda muxlislarga havola qilgandik. Ba'zi muxlislar birinchi, boshqalari ikkinchi talqini yoqtiradi. Klip esa ikkinchi talqiniga suratga olingan. Shu ma'noda, konsertda raqsini Parizoda, klipda Iroda Ismoilova ijro etdi. Shaxsan o‘zim Irodani ham inson, ham san'atkor sifatida juda hurmat qilaman. O‘tgan yilgi kotsertdan boshlab, dasturda Irodaga atab alohida chiqish ajratilgan. Va doim "Ustozlar o‘tgan shu sahnada xalqimiz uchun siz bilan birga ijod qilganimdan xursandman!” deya ta'kidlayman. Chindan ham Irodaning mahoratiga tan beraman!

— Bir necha yil avval kuylangan ona haqidagi "Iltijo” qo‘shig‘iga ham klip suratga olindi...

— Ko‘pchilik hamkasblarim fikrimga qo‘shilsa kerak, klipi bilan taqdim qiladigan aksariyat qo‘shiqlar konsert repetuarida qolib ketadi. Muxlislar "Yangi qo‘shiq yozyapsizmi?” deb so‘rashadi. Shaxsiy fikrim, qo‘shiqlar yangi-eskiga emas, yaxshi-yomonga bo‘linadi. Klip suratga olish uchun yangi qo‘shiq bo‘lish shart emas. E'tibor bersak, ona haqidagi birorta qo‘shig‘imga klip suratga olib, muxlislarga havola qilmagan ekanmiz. Bu holat o‘zimni ham xayron qoldirardi. Lekin konsert dasturida bu mavzudagi qo‘shiqlarga alohida urg‘u beriladi. Muxlislardan ham iliq fikrlar eshitamiz. Shu bois muxlislarimizga do‘stona eslatma sifatida Xushnud Darvesh so‘zi, Nodir Umarov musiqasi bilan kuylangan aynan ona haqidagi "Iltijo” qo‘shig‘iga klip suratga oldik.

Категория: Har-Hil | Просмотров:1629 | Добавил: Admin | Теги: Alisher Fayz bu gal Iroda Ismoilova | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:39
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyun 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930