• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2023 » Avgust » 4 » Aleksey Navalniyga “stalincha” hukm o‘qildi. Muxolifatchi 19 yilga qamaldi
00:00
Aleksey Navalniyga “stalincha” hukm o‘qildi. Muxolifatchi 19 yilga qamaldi

Moskva shahar sudi Vladimirdagi qattiq tartibli koloniyada o‘tkazilgan yig‘ilishda siyosatchi Aleksey Navalniyni 19 yilga qamadi. U jazoni maxsus rejimli koloniyada o‘taydi. Bu haqda BBC xabar berdi.

"Ekstremizm” ishi bo‘yicha sud jarayoni maxfiy tarzda o‘tkazilgan. U 19-iyunda boshlanib, bir oy davom etgan, barcha uchrashuvlar yopiq eshiklar ortida bo‘lgan.

20-iyul kuni prokuror firibgarlik ishi bo‘yicha to‘qqiz yillik qamoq jazosini o‘tayotgan Navalniyga yana 20 yillik maxsus rejim so‘radi. Muddat avvalgi jazoga qisman qo‘shilgan holda so‘ralgan.

Maxsus rejimli koloniyalar ozodlikdan mahrum qilishning eng og‘ir sharoitlariga ega bo‘lgan muassasalardir. U yerga, Rossiya Jinoyat kodeksiga ko‘ra, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan yoki "jinoyatning o‘ta xavfli turi” bilan jazolangan erkaklar yuboriladi. Navalniy ishida ayblov shu ikkinchi punktga qaratilgan.

"Ekstremizm” ishi bo‘yicha Navalniyga Rossiya Jinoyat kodeksining yetti moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yilgan bo‘lib, ulardan eng og‘iri ekstremistik jamiyat yaratish bo‘lgan. Rossiya hukumati Korrupsiyaga qarshi kurash fondini "ekstremistik hamjamiyat” deb hisoblaydi.

Bundan tashqari, muxolifatchi ekstremizmga chaqirish, ekstremistik harakatlarda ishtirok etish, fuqarolar huquqlarini poymol qiluvchi nodavlat tashkilot tuzish, ekstremizmni moliyalashtirish, o‘smirlarni xavfli harakatlarga jalb etish va natsizmni oqlashda ayblangan.
Bu ish bo‘yicha yana bir ayblanuvchi, Navalniy LIVE YouTube kanalining sobiq texnik direktori Daniel Xolodniyga prokuror tomonidan 10 yil davomida jazoni koloniyada o‘tash so‘ralgan. Oxir-oqibat u qanday jazoga hukm qilingani aniq emas.

Navalniy unga "stalincha” hukm berilishini bilgandi
Avvalroq muxolifatchi Aleksey Navalniy unga uzoq muddatli qamoq jazosi tayinlanishi, bu Kreml rejimidan norozilarni qo‘rqitish uchun amalga oshirilayotganini aytgandi.

"Ozodlikdan mahrum qilish muddati uzoq — ‘stalincha’ bo‘ladi. Uni hisoblash formulasi oddiy: prokuror so‘ragan narsa, minus 10-15 foiz. Ular 20 yil so‘raydi, biroq 18 yoki shunga o‘xshash yil beriladi. Bu unchalik muhim emas, buning ketidan terrorizm ishi turibdi. Bu bo‘yicha yana 10 yil berilishi mumkin”, — degan u.
Shuningdek, muxolifatchi unga qamoq muddati berilgach, "Stalin davridagi kabi” nola qilmaslikni tavsiya qilgandi.

"Yaxshisi, o‘ylab ko‘ring, nega bunday katta muddat berilyapti? Buning asosiy maqsadi — qo‘rqitish. Meni emas, sizlarni”, — degan Navalniy sud hukmidan oldin.
Категория: Har-Hil | Просмотров:161 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:00:09
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Avgust 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031