| Har-Hil [10401] |
| Turfa olam [22] |
| Odnoklassniki Sirlari [39] |
| Dunyo Habarlari [26] |
| Telefon Kodlari [18] |
| Telefonlar Haqida [8] |
| Sherlar [108] |
| Futbol Yangiliklari [30] |
| Maslahatlar [37] |
| Latifalar [81] |
| Yangi Yil Tabriklari [2] |
| Senga Oshiqman [3] |
| Bilimlar [6] |
| Yulduzlar Biografiyasi | Юлдузлар Хаёти [126] |
| Tush Ta'birlari [486] |
| Muchal va Burjlar [8] |
| Xamid Toshpo'latov Biografiyasi |
| Anvar Kartayev Biografiyasi |
| Ma'suda Otajonova Biografiyasi |
| Lola Eltoyeva Biografiyasi |
| Husan Sharipov Biografiyasi |
| Gulnora Qosimova Biografiyasi |
| Yodgora Ziyomuhammedova Biografiyasi |
| Shaytanat Xongrey Biografiyasi |
| Barno Qodirova Biografiyasi |
| Farziddin Fayozov Biografiyasi |
| Hoshim Arslonov Biografiyasi |
| Gulchehra Ibrohimbekova Biografiyasi |
| Erkin Komilov Biografiyasi |
| Dildora Rustamova Biografiyasi |
| Alisher Hamroyev Biografiyasi |
| Afzal Rafiqov Biografiyasi |
| Ra'no Shodiyeva Biografiyasi |
| To'lqin Tojiyev Biografiyasi |
| Zuhra Ashurova Biografiyasi |
| Behzod Muhammadkarimov Biografiyasi |
| Tush tabiri - Tushda Yel chiqarish ko'rish |
| Tush tabiri - Tushda Kaklik ko'rish |
| Tush tabiri - Tushda Ho'kiz ko'rish |
| Tush tabiri - Tushda Hulkar yulduz ko'rish |
| Tush tabiri - Tushda Homiladorlik ko'rish |
| Tush tabiri - Tushda Hojatga chiqish ko'rish |
| Tush tabiri - Tushda Hojatga borish ko'rish |
| Tush tabiri - Tushda Hovuz ko'rish |
| Tush tabiri - Tushda Hassa ko'rish |
| Tush tabiri - Tushda Hammom ko'rish |

22:22 Aktyor San'at Devonov olamdan O'tdi | |
![]() Bugun, bir necha daqiqa avval, kino va teatr aktyori, O'zbekiston xalq artisti San'at Devonov 84 yoshida Xorazmda olamdan o'tdi. Bu haqda Xorazmdagi "Biz buyuk yurt farzandlarimiz" yoshlar festivalida ishtirok etayotgan san'atkorlar saytimizga xabar qilishdi. O'zbek teatr va kino san'atida o'chmas iz qoldirgan aktyor San'at Devonov 1932 yilning 9 may sanasida Xorazmda tavallud topgan edi. U ijodiy faoliyatini Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama teatridan boshlagan. Keyinchalik aktyor Toshkentga keladi va hozirgi O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida o'qiydi. So'ng O'zbek davlat drama teatrida, Abdulla Qahhor nomidagi satira teatrida ishlaydi. San'at Devonovga teatr sahnasida yirik qahramonlar obrazini gavdalantirish nasib etadi. U "Gamlet"da Gamletni, "Navoiy"da Alisher Navoiyni, "Tohir va Zuhra"da Tohir rolini ijro etdi. San'at Devonov kino olamida ham salmoqli ijod qildi. "Ulug'bek yulduzi", "Olovli yo'llar", "Alpomish" kabi filmlardagi rollar San'at Devonovga mislsiz shuhrat olib kelgan. Bular orasida, ayniqsa, "Maftuningman" filmining o'rni bo'lakcha. Bu film o'zbek kinematografiyasining durdona asarlaridan biri sifatida e'tirof etiladi. Aktyor San'at Devonovning mehnatlari e'tiborga olinib, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist hamda O'zbekiston xalq artisti unvonlari bilan taqdirlangan. O'zbek teatr va kino san'atining yorqin ijodkori San'at Devonovning xotirasi san'atsevar muxlislar qalbida mudom qolajak. Darvoqe, aktyor Xorazmga dafn etiladi. Biz saytimiz nomidan aktyorning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. | |
|
| |
| Всего комментариев: 0 | |