• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Yanvar » 8 » Aktrisa Yulduz Rajabova og‘ir dardga chalinganini tan oldi
22:10
Aktrisa Yulduz Rajabova og‘ir dardga chalinganini tan oldi

Yulduz Rajabovani birinchi bor ko‘rganimda ko‘zlari e'tiborimni tortgan edi. Uning ko‘zlari "gapiradi”. Bugunning aksariyat aktyor-aktrisalarida buni uchratmaymiz

2015 yil Yulduz Rajabova uchun juda yaxshi yil bo‘ldi. O‘zbekiston belgisi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ko‘p o‘tmay "E'tirof-2015” taqdirlash marosimida "Yilning eng yaxshi kinoaktrisasi” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Marosimda Yulduzning ishtirok eta olmagani juda ko‘p shov-shuvlarga, aktrisa uchun kinoyali gaplarga sabab bo‘ldi. Uni  darrov "yulduzlik kasali”ga chalinibdi deganlar ham topildi. Aktrisa shu gap-so‘zlardan charchagani uchun ham bizga murojaat qilib, intervyu berish niyatida ekanini ma'lum qildi.

— Inson hayotida baxtli lahzalar juda kam bo‘ladi. "E'tirof-2015” mukofoti bilan taqdirlandingiz. Biroq, mukofotni muxlislaringiz qarshisida qabul qilib olish nasib etmadi. Nahot, shunday onlarni qo‘ldan boy berish mumkin bo‘lsa?
— Ochig‘ini aytsam, men bu mukofotni olaman, deb tasavvur ham qilmagandim. O‘sha kuni, erta sahardan xonanda Lola Yo‘ldoshevaning klipida suratga tushish uchun tog‘li hududlarga jo‘nab ketdim. Qor yog‘ib turgani, ustiga-ustak yo‘llar muzlagani uchun manzilimizga 4 soat deganda yetib bordik. Menga esa marosimda qatnashishim kerakligi haqida o‘sha kuni tongda xabar berishdi. Shunda ham mukofot olishimni aytishmagan edi. Men o‘z shaxsiy muammolarimni deb boshqalarning rejalarini buzgim kelmagani uchun ham marosimda ishtirok eta olmadim. Ming afsuski, buni ba'zi OAV vakillari va "muxlislarim” umuman boshqacha tushunib, meni xalqni, tashkilotchilarni, ustoz san'atkorlarni mensimaganlikda ayblashdi. Ijtimoiy tarmoqlarda Yulduz Rajabova taqdirlash marosimiga kelmay, yotoqda yotgan edi, degan xabarlarni ko‘rib rosa tushkunlikka tushdim. Avvaliga o‘zimning muammolarimga boshqalarni aralashtirmaslik uchun o‘sha kuni qayerda bo‘lganim, aynan qaysi syomkada qatnashganimni yashirdim. Gap-so‘zlar tinmagach o‘sha kuni xonanda Lola Yo‘ldoshevaning klipida suratga tushganimni aytishga majbur bo‘ldim. Jurnalistlar bir masalaga faqat tashqaridan nazar solib, uni o‘zlari xohlagan uslubda yoritishlari kerakmi yoki vaziyatga xolisona baho berishlari... O‘zimga qolsa, men ham boshqalar qatorida zalda o‘tirib, hayajonlarimni yashirmay sahnaga chiqib, mukofotni qabul qilib olmasmidim?
— Yulduz Rajabova mukofotga loyiqmidi?
— Yo‘q, hali "E'tirof”ni olishga loyiq emas edim. Teatr va kinoda iqtidorli, har qanday rolni ma'romiga yetkazib o‘ynaydigan aktrisalarimiz bor. Tashkilotchilar, ustozlar meni shu mukofotga loyiq deb ko‘rishibdimi, demak, kelajagimga ishonch bildira olishgan.
Agar kimdir meni bu mukofotga noloyiq, degan taqdirda ham bu fikrga qo‘shilmaslikning iloji yo‘q. Chunki hali hech narsa qilganim yo‘q. Nazarimda, bu mukofot "Sotqin”filmidagi rolim uchun berildi. Mukofotda ustozim, meni shu filmga taklif qilgan rejissyor Rustam Sa'diyevning hissasi katta.— Kinoda ko‘z – juda muhim omil. Yulduz Rajabovaning ko‘zlari "gapiradi”. Biroq, aktyorlik borasida savodi yo‘q, chiroyi evaziga bugun kinoning yuzi bo‘lib turgan aktrisalarimiz ham yo‘q emas. Yulduz esa bugungi zamonaviy kinoning yuzi bo‘la olmadi. Demak, kinoda professionallik muhim emas ekan-da?
— (O‘ylanib) Juda qiyin savol. Professionallik hamisha muhim bo‘lib kelgan. Aktyorning iqtidori esa u rol ijro etgan filmlarning soni bilan o‘lchanmaydi. Professionallik bor joyda sifat bo‘ladi. Men bugungi kinoning oldi aktrisa bo‘lish uchun professionallikni chetga kirib qo‘ya olmayman. Gavharni loyga otsangiz ham qiymatini yo‘qotmaydi.
— Har bir aktyor va aktrisa qachondir kinolarning asosiy qahramoni bo‘lishni istaydi. Kino haqida gap ketganda har bir kishining ko‘z o‘ngida bugungi kunning eng oldi aktyor-aktrisalari gavdalanadi. Dilnoza Kubayeva, Zarina Nizomiddinova, Asal Shodiyeva, Shahzoda Muhammedova, Adiz Rajabov, Umid Iskandarov... Bular orasida Yulduz Rajabovani ko‘rmaymiz.
— Menimcha, mening davrim hali kelganicha yo‘q. (kulib) Buning uchun juda katta mehnat qilish kerak.
— Yo bugungi kinolar sizni kino "yulduz”i qilish uchun mazmunan yetarli darajada emasmi?
— So‘nggi yillarda o‘zbek kino san'ati bir qadam oldinga qadam tashladi. Xususiy filmlarga qaraganda, davlat buyurtmasi asosida juda dolzarb mavzularda jiddiy filmlar suratga olinyapti. Xususiy filmlarimizda jiddiy, tomoshabinni mushohada qilishga undaydigan mavzular kamayib ketgan. Bu jarayon ham vaqtinchadir, balki.
— Davlat filmlaridagi rollaringiz keyingi filmlar uchun pillapoya vazifasini o‘tay oldimi? Chunki "Sotqin” filmida asosiy e'tibor erkaklarga berilgandek.
— Bu aktyorlarga emas, aksincha, rejissyorlar mendagi imkoniyatni qanday baholashiga bog‘liq.— Yulduz o‘zbek kinosining yuzi bo‘la olmasligining yana bir sababi borki, u ham bo‘lsa tipaj bilan bog‘liq. Qiyofangiz bugungi o‘zbek kinolaridagi asosiy mavzu bo‘lgan – qaynona-kelin munosabatlari yoritiladigan filmlarga to‘g‘ri kelmasligi bilan bog‘liq emasmi?
— Ha, buni juda ko‘pchilik aytgan. Hatto, ustozimiz rejissyor Shuhrat Abbosovning "Dilor, Dilor dil va or” nomli filmlariga proba topshirib, sinovlardan o‘ta olmaganman. Men bugungi sayoz xususiy filmlarning yuzi bo‘lgandan, davlat buyurtmasi asosida suratga olinadigan jiddiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega, tomoshabinlarga ma'naviy ozuqa beradigan filmlarda epizod rollarni o‘ynaganim ma'qul. Mana yaqinda "Oy qiz ertagi” nomli tarixiy filmda bosh rolni ijro etdim. Ochig‘i, shunday rolni sog‘ingan ekanman. IX asr voqyealari tasvirlangan bu filmni suratga olish uchun juda katta tayyorgarlik ko‘rildi, tinimsiz repetitsiyalar, Xorazmning jaziramasidagi syomkalar, jangovar sahnalardagi qiyinchiliklarning hech biri ijodiy jamoaning kayfiyatiga ta'sir ko‘rsata olmadi. Hamma aktyorlar shunday rolni, shunday filmlarni sog‘ingan ekan.— Qachondir kino "yulduz”i bo‘lishni orzu qilgan bo‘lsangiz kerak. O‘zingizga ma'lum davlat buyurtmasi asosida suratga olinadigan filmlarning tomoshabini ko‘p emas. "Zarb” filmidagi rolingiz ham juda esdaqolarli chiqqan. Biroq film ko‘p tomoshabinlarga yetib borgani yo‘q.
— To‘g‘ri aytasiz. Filmni uch marta premyera qilgan bo‘lsak, uch safar ham tomosha tugamasidan odamlar zalni tark eta boshladi.
— Professional, o‘z ishini yaxshi ko‘rgan, san'atga shunchaki havas deb qaramagan aktyorlar juda tez keksayadi. Yillar o‘tgach ko‘plari zalvorli mehnat, asabiylashishlar oqibatida dard ottirib oladi. Siz ularni taniysiz. Siz ham bir kun ularning holiga tushishdan qo‘rqmaysizmi?
— Qiyinchiliklar, og‘ir mehnat, doimiy asabiylashishlarning asorati o‘zimda ham yo‘q emas. (o‘ylanib)  Uch yil avval tinimsiz bosh og‘liqlarni deb shifokor qabuliga bordim. Keyin bilsam, tinimsiz asabiylashishlarning oqibatida jiddiy kasalni orttirib olibman. Davolandim, hozir ahvolim ancha yaxshi. Savolingizga kelsak, kasbimga, ustozlarimning o‘gitlari, ota-onamning halol mehnatiga hiyonat qilib, o‘zimga yarashmagan rollarni o‘ynab, "yulduz” bo‘lgandan ko‘ra, dard orttirsam ham aktyor degan nomga munosib bo‘lganim yaxshi.
— Dunyoga bir marta kelasiz. Balki, o‘z vaqtida san'atdan ketish kerakdir. Yosh, chiroylisiz. Bugungi san'at fidoiylikning qadriga yetmaydi.
— Bir kun vaqti keladi. Aktyorlarning ijodiy hayoti juda qisqa. Kamera chiroyli qiyofalarni, yosh aktyorlarni yaxshi ko‘radi. Yoshingiz o‘tgani sayin sizga talab ham kamayadi. O‘sha vaqtgacha ishlab turishga majburman.
— Erishayotgan narsalaringiz joningizni garovga qo‘yishga arziydimi?
— Arziydi. Kino men uchun ko‘ngilhushlik emas. Men o‘zimga bildirilgan ishonchni oqlamoqchiman, xolos.
— Bugungi filmlar sayoz bo‘lib ketyapti degan fikrni siz bilan ham chetlab o‘tolmaymiz. Bugungi tomoshabinni aldab bo‘lmaydi. Uning kinoga qo‘yadigan talablari ancha o‘sdi.
— Tomoshabinni ishontira olish kerak, san'atning kuchi ham shunda. Tan olaman, bugungi ko‘p filmlarimiz buning uddasidan chiqmayapti. Bu ham professionallarning kamayib ketayotganiga borib taqaladi. "Sotqin” filmini nima uchun tomoshabinlar yaxshi kutib oldi? Buning sababi oddiy. Unda tomoshabin o‘zini topdi, aytilmagan gaplarni eshitdi, ko‘rsatilmagan narsalarni ko‘rdi. Menimcha, kino ana shunday bo‘lishi kerak.
— Ikkinchi darajali aktyor bo‘lib qolib ketsangiz...
— Bu taqdir. Har kim peshonasiga bitilgan umrni yashaydi. Men birov, birov men bo‘lolmaydi.
— Yo‘q bo‘lib ketgandan ko‘ra, filmlarda tekinga bo‘lsa ham rol ijro etadigan aktrisalar bor. Sizchi?
— Yo‘q, men bundaylar sirasiga kirmayman. Inson o‘z qadrini bilishi kerak. Kam bo‘lsa ham gonorarimni olib rol ijro etishni afzal deb bilaman.— O‘tgan yil sizga juda omadli keldi. "O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni, "E'tirof-2015” mukofoti bilan taqdirlandingiz.
— "E'tirof”ni sahnada qabul qilib olish nasib etmagan bo‘lsa-da, "O‘zbekiston belgisi” mukofoti bilan taqdirlanganimda ko‘z yosh tinmadi. Hali hech narsa qilmagan edim-ku degan fikr xayolimda charx urardi. Ota-onam, ustozlarim, meni qo‘llab quvvatlagan yaqin hamkasblarimning menga bildirgan ishonchlari sabab hukumatimizning ana shunday mukofotlariga sazovor bo‘ldim. Buni esa albatta oqlayman!

Категория: Har-Hil | Просмотров:20924 | Добавил: Admin | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:37
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031