• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Iyun » 24 » Afg‘onistonlik 53 nafar harbiy O‘zbekiston hududiga qochib o‘tdi
18:17
Afg‘onistonlik 53 nafar harbiy O‘zbekiston hududiga qochib o‘tdi


2021-yilning 23-iyun kuni 53 nafar afg‘on chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va mahalliy qurolli guruhlar O‘zbekiston hududiga o‘tgan. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi bayonotida xabar berildi.

O‘zbekiston Afg‘onistondagi, jumladan, chegaradosh shimoliy viloyatlardagi harbiy-siyosiy vaziyatning rivojlanishini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Qo‘shni mamlakatda zo‘ravonlikning ortishi chuqur xavotir uyg‘otmoqda. Koronavirus pandemiyasining yangi to‘lqini sharoitida keskinlikning kuchayishi afg‘on xalqi hayotini yanada murakkablashtirmoqda.

Ixtilofga aloqador barcha tomonlarni kuch ishlatishdan tiyilishga hamda tinch aholi orasida qurbonlar kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiramiz.

2021-yilning 23-iyun kuni 53 nafar afg‘on chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va mahalliy qurolli guruhlar Sho‘rtepa tumani hududidan O‘zbekistonga o‘tdi.

Zaruriy surishtiruv va tergov tadbirlari o‘tkazilganidan so‘ng, ushbu afg‘on fuqarolari vataniga qaytarildi.

O‘zbekiston hududiga noqonuniy kirishga qilingan har qanday urinishlar qat’iy bartaraf etiladi, davlat chegarasini buzganlarga esa eng keskin choralar ko‘riladi.

O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston bilan an’anaviy do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini asrash, betaraflikni saqlash hamda qo‘shni mamlakat ichki ishlariga aralashmaslik tarafdori ekanligini qat’iy ma’lum qiladi.

O‘zbekiston hukumati birodar afg‘on xalqini har tomonlama iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘rsatish, jumladan, mamlakatda mustahkam va keng qamrovli tinchlik o‘rnatilishiga xizmat qiladigan yirik energetika va transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirish orqali ko‘mak berishda davom etadi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonoti

So‘nggi kunlarda Afg‘oniston shimolida hukumat qo‘shinlari va "Tolibon” harakati o‘rtasida jangovar to‘qnashuvlar davom etmoqda. "Tolibon” jangarilari bir qator tumanlar va Tojikiston bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlarini egallab oldi. "Tolibon” harakatining Tojikiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi Qunduz viloyatida joylashgan "Sherxon-Bandar” nazorat o‘tkazish punktiga hujumidan so‘ng hukumat qo‘shinlarining 130 dan ortiq harbiy xizmatchisi Tojikiston hududiga o‘tgan edi.

23-iyun kuni  O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon telefon orqali suhbatlashib, bugungi kunda qo‘shni Afg‘onistonda, xususan, uning shimoliy va shimoli-sharqiy viloyatlarida, ikki mamlakatning Afg‘oniston bilan davlat chegarasi o‘tadigan hududlari bo‘ylab vujudga kelayotgan tahlikali vaziyatni ham muhokama qildi. Prezidentlar ushbu mamlakat bilan chegara chizig‘idagi vaziyatni juda keskin deb baholadi.

Eslatib o‘tamiz, 22-iyun kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi va qator manfaatdor tashkilotlar taklifiga ko‘ra, Respublika maxsus komissiyasi Afg‘onistonda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat keskinlashayotganini inobatga olib, o‘zbek-afg‘on davlat chegarasi orqali fuqarolarning harakatlanishini vaqtincha to‘xtatishga qaror qilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:526 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:24
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь