• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1877
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 1 » 4-5 may kunlari Toshkent yirik xalqaro tadbirga mezbonlik qiladi
18:01
4-5 may kunlari Toshkent yirik xalqaro tadbirga mezbonlik qiladi

4-5 may kunlari Toshkentda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi ABU (Asia Pacific Broadcasting Union) Ma'muriy Kengashining 105-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
 
Tadbirda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga mintaqa axborot makonidagi yetakchi telekompaniyalar va media korporatsiyalari rahbarlari, jami 50 ga yaqin oliy martabali mehmonlar tashrif buyurishadi. O‘tgan yillar davomida bu kabi forumlar Abu Dabi, Istanbul, Dehli, Bali va dunyoning boshqa shaharlarida bo‘lib o‘tgan. Endi navbat – Toshkent shahriga.
 
ABU yig‘ilishi 4 may kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi. Shu kunning o‘zida yuqori martabali mehmonlar sharafiga O‘zbekiston hukumati tomonidan tantanali qabul marosimi ham rejalashtirilgan. Shuningdek, dasturda Samarqandga tashrif buyurish, Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarining diqqatga savozor joylariga xorijiy operatorlar guruhlari uchun media-turlar o‘tkazish o‘rin olgan. Xususan, "TRT” (Turkiya), Doordashan (Hindiston), CCTV (Xitoy), Qozog'iston RTRK telekanallari O‘zbekiston va uning sayyohlik salohiyati haqida maxsus loyihalar tayyorlashni rejalashtirishmoqda. 
 
ABU’ning uchrashuvini Toshkentda tashkil etishdan asosiy maqsad – televideniye va radioeshittirish sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish, O‘zbekistonning jahon media maydonidagi rolini kuchaytirish va mamlakatning sayyohlik salohiyatini rivojlantirishdan iborat. Bunday ko‘lamdagi tadbir mintaqadagi yetakchi tele- va radioeshittirish tashkilotlari tomonidan mamlakatimizga qiziqishini oshirish va shu orqali O‘zbekistondagi, jumladan, televideniye sohasidagi o‘zgarishlarni Osiyo-Tinch okeani mintaqasining ko‘p millionli auditoriyasiga yetkazish uchun zamin yaratishi kutilmoqda.
 
Toshkentdagi yig‘ilish qatnashchilari orasida ABU’ning bosh kotibi Javad Mottagi, Yaponiya radioeshittirish korporatsiyasi – NHK’ning prezidenti, ABU vitse-prezidenti Ueda Ryoichi, NHK World’ning bosh direktori Imamura Keichi, DDI Doordarshan Direktori, ABU Ijrochi prezidenti Saha Supriya, TRT bosh direktori Eren Ibrohim, Xitoyning CCTV vitse-prezidenti Sun Yusheng, Indoneziya RRI vitse-prezidenti Modammad Rohanuddin, Shri Lanka MTV kanali rahbari Virasinghe Nedra, IRIB Prezidenti maslahatchisi, Eron xalqaro munosabatlar markazi direktori Abbos Nasir Taheriy, shuningdek, Koreya (KBS), Malayziya (RTM), Makao, Pokiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Turkmanistonning teleradiokompaniyalarining rahbarlari ishtirok etadi. Ta'kidlash joizki, bugun ABU’ning o‘zi dunyoning 69 mamlakatidagi 281 tashkilotni o‘z ichiga oladi, bu esa sayyoramiz umumiy aholisining 3,5 milliard nafarlik auditoriyasini qamrab oladi.
 
Osiyo-Tinch okeani mintaqasi radioeshittirishlar uyushmasi (ABU) 1964 yil 1 iyulda tashkil etilgan televideniye va radioeshittirish tashkilotlari uyushmasi bo‘lib, siyosiy va tijorat maqsadlarini ko‘zlamaydi. Bugungi kunda butun dunyodagi teleradioettiruvchilarni birlashtiruvchi eng yirik tashkilot – ABU’ning asosiy maqsadi televideniye yangiliklarini almashish, qo‘shma televizion loyihalarni amalga oshirish, tajriba almashish orqali teleradioeshittirish tashkilotlarining rivojiga hissa qo‘shish va xalqaro forumlar, sport tadbirlarini yoritish, mintaqaviy musobaqalar va tadbirlarni yoritish etish uchun huquqni qo‘lga kiritishda ko‘maklashish hisoblanadi.
 
O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi 2004 yildan buyon ABU tarkibiga kiradi. 2015 yildan boshlab MTRK KBS (Koreya), NHK - (Yaponiya), CCTV (Xitoy), RTM (Malayziya) kabi yetakchi telekompaniyalar qatorida Ma'muriy Kengashning maslahatchisi hisoblanadi. 2015 va 2017 yillarda MTRK Toshkentda ikki media forum tashkil etdi va butun dunyodan 100 dan ziyod xorijiy mehmonlarni qabul qildi.
 
ABU Ma'muriy Kengashi ABU Bosh Assambleyasining yig‘ilishida ABU’ning barcha teng huquqli a'zolari orasidan 3 yil muddatga saylangan 17 nafar a'zodan iborat. Kengash yig‘ilishlari yiliga 2 marta bo‘lib o‘tadi, unda ABU’ning siyosiy va moliyaviy masalalari hamda boshqa dolzarb vazifalar muhokama etiladi.
 
ABU har yili oktyabr oyi oxirida Kengashning kelajakdagi ish strategiyalarini rejalashtirish va umumlashtirish uchun Bosh Assambleya tashkil etadi. O‘zbekiston MTRK 2014-2016 yillarda ABU 51, 52 va 53 - Bosh Assambleyalarida ishtirok etgan
Категория: Har-Hil | Просмотров:1137 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:53
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь