• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Dekabr » 1 » 2022-yilda O‘zbekiston tarvuz eksporti bo‘yicha rekordni yangiladi
20:37
2022-yilda O‘zbekiston tarvuz eksporti bo‘yicha rekordni yangiladi

2022-yilda O‘zbekiston rekord hajmda — o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan qariyb 2 baravar ko‘p tarvuz eksport qildi. Bu haqda EastFruit xabar bermoqda.

Ushbu mahsulotlar eksportining oshishi, asosan, yetkazib berish hajmining Qozog‘istonga deyarli ikki baravar hamda Tojikiston va Qirg‘izistonga bir necha barobar ortishi hisobiga mumkin bo‘ldi.

Bu yil O‘zbekistondan tarvuz eksporti mavsumi o‘tgan yilgi bilan bir vaqtda, 15—20-may kunlari boshlandi.

Statistik ma’lumotlardan ma’lum bo‘lishicha, 2022-yil noyabr oyining ikkinchi yarmida ushbu mahsulotlar tashqi bozorlarga jo‘natilmay qo‘ydi. Bu esa O‘zbekistonda tarvuz eksport qilish mavsumi yakunlanganini anglatadi.

2022-yilning may oyi boshidan noyabr oyi oxirigacha O‘zbekiston jami 18,1 million dollarlik 81,8 ming tonna tarvuz eksport qilgan.

Bu 2021-yilning shu davriga nisbatan 1,9 barobar va 2020-yilning shu davridagi rekord ko‘rsatkichdan 1,7 barobar ko‘pdir.

2022-yilda tarvuz eksporti geografiyasiga kelsak, ushbu mahsulotlarni tashqi bozorlarga jo‘natish hajmi quyidagicha taqsimlandi:

Qozog‘iston — 42,4 ming tonna (umumiy tarvuz eksportining 51,8 foizi);
Rossiya — 17,2 ming tonna (21 foiz);
Qirg‘iziston — 10,5 ming tonna (12,8 foiz);
Tojikiston — 9,6 ming tonna (11,7 foiz);
Belarus — 1,2 ming tonna (1,4 foiz);
Latviya — 674 tonna (0,8 foiz);
Mo‘g‘uliston — 154 tonna (0,2 foiz);
Estoniya — 86 tonna (0,1 foiz);
Ukraina — 43 tonna (0,1 foiz);
BAA — 4 tonna.
2022-yilda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan tarvuz eksportining bunday keskin o‘sishiga asosan qo‘shni davlatlarga jo‘natishning keskin ko‘payishi hisobiga erishildi:
Qozog‘iston — 2021-yildagi 23,9 ming tonnadan 2022-yilda 42,4 ming tonnagacha, ya’ni 1,8 baravarga;
Qirg‘iziston — 3,9 ming tonnadan 10,5 ming tonnagacha, ya’ni 2,7 baravarga;
Tojikiston — 60 tonnadan 9,6 ming tonnagacha, ya’ni 160 baravarga.
Shuningdek, Rossiya bozoriga eksport hajmining sezilarli o‘sishi qayd etildi — o‘tgan yilgi 14,4 ming tonnadan 2022-yilda 17,2 ming tonnagacha, ya’ni 19 foizga.
2022-yilgi mavsumda tarvuz eksportining bunday rekord hajmiga O‘zbekistonda yaxshi hosil va ushbu mahsulotlar narxining nisbatan arzonligi yordam berdi.

Iyun oyining birinchi o‘n kunligida — O‘zbekistondan tarvuzning ommaviy eksporti boshlanganda ushbu mahsulotlarning o‘rtacha ulgurji narxlari 2000—2500 so‘m/kg oralig‘ida bo‘lib, 2021-yilning shu davri darajasida edi.

Keyingi oyda O‘zbekistonda tarvuzning ulgurji narxlari qariyb ikki baravar arzonlashdi va 2022-yil iyul oyining birinchi o‘n kunligida o‘rtacha ulgurji narxlar 1000—1500 so‘m/kg oralig‘ida o‘zgardi. Eksport mavsumi yakuniga qadar O‘zbekistonda tarvuzning o‘rtacha ulgurji narxlari bir xil diapazonda saqlanib qoldi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:273 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:23:33
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031