O‘zbekiston Moliya vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 17-avgust kuni respublika oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosidagi ta’limning yangi yillik narxini tasdiqladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi. 1-sentabrdan kuchga kiradigan yangi narxlar avvalgidan taxminan 15 foizga balandroq.2016-yil 1-sentabrdan quyidagicha kontrakt narxlari belgilandi:
Gumanitar soha
pedagogika, shu jumladan, kasbiy ta’lim — 6 650 000 so‘m; san’at — 7 900 000 so‘m (maxsus sirtqi — 3 110 000 so‘m); gumanitar fanlar — 6 650 000 so‘m; shu jumladan:
sharq filologiyasi, turkiy tillar filologiyasi, roman-german filologiyasi, tarjima nazariyasi va amaliyoti, o‘zbek-ingliz terjima nazariyasi va amaliyoti — 7 250 000 so‘m; jahon siyosati — 9 850 000 so‘m; matematika, amaliy matematika va informatika, tabiiy fanlar — 6 650 000 so‘m. Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq:
sotsiologiya va psixologiya — 6 650 000 so‘m; jurnalistika va axborot — 7 250 000 so‘m; iqtisod — 8 800 000 so‘m; shu jumladan: jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar — 9 850 000 so‘m; huquq — 9 850 000 so‘m. Ishlab chiqarish va texnik soha
muhandislik ishi, ishlab chiqarish texnologiyalari — 6 650 000 so‘m (maxsus sirtqi — 2 220 000 so‘m); kompyuter texnologiyalari va informatika, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari — 7 250 000 so‘m (maxsus sirtqi — 2 650 000 so‘m); shu jumladan: axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment — 8 800 000 so‘m; arxitektura va qurilish — 7 250 000 so‘m; shu jumladan: arxitektura, qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish — 7 900 000 so‘m. Qishloq va suv xo‘jaligi
qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligida menejment, qishloq xo‘jalik texnikasi, veterinariya, irrigatsiya va melioratsiya — 6 650 000 so‘m. Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot
sog‘liqni saqlash — 8 800 000 so‘m; ijtimoiy ta’minot — 6 650 000 so‘m. Xizmatlar sohasi
xizmat ko‘rsatish sohasi — 7 250 000 so‘m; shu jumladan: sport faoliyati — 6 650 000 so‘m; transport — 7 250 000 so‘m; atrof-muhit muhofazasi, hayotiy faoliyat xavfsizligi — 6 650 000 so‘m.
|