• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 19
Гостей: 19
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Yanvar » 8 » 14 Yanvar Uchun Sherlar
23:24
14 Yanvar Uchun Sherlar

Saflarda qad kerib turgan ey askar,
Bilgil, mardni ko‘rsa, chekinar xatar.
Yurakni, bilakni etgil safarbar,
Gulday diyoringni asra hamisha!
 
Duosi, so‘zlari yodingda tursin,
Nur ingan yuzlari yodingda tursin,
Mehrli ko‘zlari yodingda tursin,
Onaizoringni asra hamisha!
 
Singling bor – tegrangda parvona, halak,
Og‘a-ining esa – mag‘rur, dovyurak.
Chin do‘stlaring bo‘lar yurakka tirgak –
Qatorda noringni asra hamisha.
 
Bir kuni omading, baxting kuladi,
Uying ham, ko‘ngling ham fayzga to‘ladi.
Bolangga munosib ona bo‘ladi –
Intizor yoringni asra hamisha!
 
Vatan – or timsoli, Vatan – nomus, shon,
Nomus bilan aziz sanalgay inson.
Sen oringga qo‘rg‘on, or – senga qo‘rg‘on,
Oringni – boringni asra hamisha!

Ajoyib bayram Vatan Himoyachilari  kuni munosabati bilan barchangizni muborakbod etaman. Albatta har bitta erkak oz kasbi va xarakteriga qaramasdan, tabiatan vatan himoyachisidir. Insoniyatning barcha eng yuksak  va kuchli tomonlarini jamlagan holda, sizning yakdilligingizni , bir sozligingizni idrok va kuchingizni va ichonchli tirgak va suyanch ekanlingizni qadrlaymiz. Axir Siz Vatan Himoyasida Posbondirsizlar! Bayramingiz bilan! Sizga ishlaringizda zafarlar,baxt va omad, dunyodagi eng ezgu niyatlarni tilab qolaman Har doim bilaklaringizdan kuch-quvvat arimasin, yuragingiz esa vatan ishqida yonib yuraversin, ko`zlaringiz esa doim taqdirning ajoyib tuhfalaridan porlayversin.

Қай маконда қай томонда,
Тиними йўқ шом азонда,
Не бўлса хам иссиқ жонда, 
Йигит боши омон бўлсин.

Доим дейди уйим жойим,
Халол мехнат қилсин доим,
Ризқин улуғ қил худойим, 
Йигит боши омон бўлсин.

Боши ғамдан эгилмасин,
Ғурурсиз орсиз бўлмасин,
Йигит хеч қачон синмасин,
Йигит боши омон бўлсин.

Асра тақдир хатосидан,
Сақла шайтон иғвосидан,
Ота она дуосидан,
Йигит боши омон бўлсин.

Насиб эт бир вафоли ёр,
Хамрох бўлсин бахт-у иқбол,
Доим бўлсин тоълейи ёр,
Йигит боши омон бўлсин.

Эй яратган карами кенг,
Сен барчага баробар тенг,
Шу ўтинчим аввало энг,
Йигит боши омон бўлсин.

O’zbekiston Askari 
Qadamingdan o‘t chaqnar 
liboslaring yarashar, 
Ko‘rganlar xavas qilar- 
O’zbekiston Askari! 

Sen o‘z o‘rning sardori 
Ximoyangda yosh-kari 
Sergak turgin, charchama, 
O’zbekiston Askari! 

Tomirda qaynoq qoning, 
Qadrlidir xar oning, 
Oshgay shuxrat va shoning- 
O’zbekiston Askari! 

Ardoqlagin Vatanni 
Bag‘ishlab jonu tanni 
Yo‘latmagin dushmanni 
O’zbekiston Askari! 

Ozod yurtim bor, deb ayt 
Yuzing yorug‘ bo‘lib qayt, 
Faxr aylab bitgum bayt- 
O’zbekiston Askari! 

Bir kecha qo‘qqisdan uyg‘onib ketdim, 
Soatga qarasam, ikkimi yo uch. 
(Ehtimol sovuqdan) junjukdi etim, 
Tashqariga tortdi allaqanday kuch. 

Qandaydir sharpani ilg‘ab o‘zicha, 
Go‘yo ogoh etib bizlarni xavfdan, 
"Havf, havf”, deya bor ovozicha 
Kuchuk hurar edi qo‘shni tarafda. 

Ko‘ngil-da, atrofni ko‘zdan kechirdim, 
Shukrki, hammayoq tinch va osuda. 
Tunchiroq nurida ko‘rib, entikdim, 
Farzandlarim yotar qator uyquda. 

Hovlida o‘ynoqlab, kuylaydi shamol, 
Bir-birin raqsga tortar xazonlar. 
Daraxtlar jimgina surmoqda xayol, 
Boshini tebratar gulu rayhonlar. 

Tinchlik, hotirjamlik – ezgu tushuncha, 
Shaksiz, yaratganning inoyati – bu. 
Va ayni paytda qanchadan qancha, 
Bedor nigohlarning sharofati – bu. 

Kunni kun, tunni tun, demay, sarhadda, 
Bedor, sergak turgan, ey askar ukam, 
Sizlar bor, yashaymiz tinch, farog‘atda, 
Yaxshiyam sizlar bor – bizlarga ne g‘am. 

Tinchlik qadrin bildim ota bo‘lgach men, 
Shular bor, ko‘naman hayot g‘amiga. 
Bola kulgusiga, aytgil, nima teng, 
Dunyoni alishmam tabassumiga. 

Senga ko‘ngildagi borini aytay, 
Sabru sabot tilay ayni choqda man. 
Yaxshi niyat bilan sizlarga atay, 
Uchta o‘rinbosar o‘stirmoqdaman. 

Mudomki turibsiz ko‘krakni kerib, 
Yo‘l yo‘q havotirga, yo‘l yo‘q qayg‘uga. 
Endi dilbandlarim yoniga kirib, 
Uyquga ketaman, shirin uyquga

#14 yanvar tabrik 14 yanvar sherlar 14 yanvar tabriklari 14 yanvar tabrik so zi 14 yanvar mp3 skachat 14 yanvar tadbir ssenariysi mtm 14 yanvarga sovga 14 yanvar rasm
Категория: Har-Hil | Просмотров:1726 | Добавил: Admin | Теги: 14 yanvar ssenariy, 14 yanvar tadbir ssenariysi mtm, 14 yanvar video, sher, 14 yanvar vatan himoyachilari kunig, 14 yanvarga slayd, 14 yanvar mp3 skachat, 14 yanvarga sovga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:03
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031