• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Oktyabr » 23 » 13 marta sudlangan retsedivist kampir yana jazoga tortildi
20:01
13 marta sudlangan retsedivist kampir yana jazoga tortildi

Malika Nishonova (maqoladagi ism – shariflar o‘zgartirildi) uchun sudning qora kursisi begona emas. U naq 13 marta jinoyat sodir etib, javobgarlikka tortilgan. 1955 yil, 8 iyunda Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida tug‘ilgan, ma'lumoti o‘rta, oilali, 5 nafar farzandning onasi. Afsuski, M. Nishonova yana sud kursisidan joy oldi.

Navbatdagi firibgarlik

Muqaddam ko‘p marotaba sudlangan M. Nishonova 2018 yil 16 mayda takroran firibgarlik jinoyatiga qo‘l urdi. U jarqo‘rg‘onlik fuqaro – Bahrom Safarovga Toshkentdan olib kelgan tovarlari uchun Jarqo‘rg‘on tumani Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari 2 000 000 so‘m jarima solishganini, ammo to‘lov uchun unda yetarli mablag‘ yo‘qligini aytadi. Ustasifarang firibgar B. Safarovning ishonchiga kirib, undan 2 000 000 so‘m undiradi. «Ustama haqi bilan qaytaraman», deya va'da bergan ayol bozor narxi 120 000 so‘mlik «Nokia 1200» rusumli uyali telefon apparatini ham so‘rab olib, yarim soatda qaytarishga shartlashadi. Shu bilan M. Nishonova qorasini ko‘rsatmaydi. U B. Safarovni 2 000 000 so‘mga chuv tushiradi.

Avvaldan rejalashtirilgan

Malika Nishonova sudda yolg‘on ko‘rsatma berish qanday oqibatlarga olib kelishini yaxshi bilgan. Shu bois, u galdagi ayblovni umuman inkor qilmadi va qilgan ishi avvaldan rejalashtirilgani haqida so‘zlab berdi:

M. Nishonova:

– Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on, Sherobod va SHo‘rchi tumani bozorlarida oziq – ovqat mahsulotlarini sotaman. 2018 yil 16 may kuni Toshkentdan jami 400 kilogramm olma, pomidor va bodring keltirdim. Tovarni sotib, uydagi elektr energiyasidan qarzni to‘lamoqchi edim. Savdo bo‘ladimi-yo‘qmi, deb xayol qilib, kimdandir pul olib turishni reja qildim. Rosti, bu ishni aldov yo‘li bilan bajarmoqchi edim.

M. Nishonova undan bir necha marotaba olma sotib olgan «Adham» ismli tanishiga yuzlanadi. «2 000 000 so‘m qarzga berib tur, tez fursatda pulingni 4 million qilib qaytaraman» deya tanishini ishontirgan ayol «Adham»ning uyiga yo‘l oladi. Malika Nishonova o‘tirgan «Damas» rusumli taksi avtomashinasida B. Safarov ham bor edi.

M. Nishonova:

– O‘zini «Baxtiyor Safarov» deb tanishtirgan erkakka nima sababdan Jarqo‘rg‘on tumaniga ketayotganimni aytib berdim. Unga ismimni «Ra'no» dedim. Qo‘qondan, Jarqo‘rg‘onga erkak va ayollar kiyim-kechagi, pleyer, tyuner va boshqa shu kabi tovarlarni sotish uchun olib kelganimni, soliq idorasi xodimlari jarimaga solgani uchun bir tanishimdan pul olib turish uchun ketayotganimni gapirib berdim. Soliq idorasiga 2 000 000 to‘lasam, turmush o‘rtog‘im va tovarlarni olib chiqib ketishim mumkinligini aytdim. «Damas»dagilar suhbatimizni eshitishdi. B. Safarov menga yordam berishini aytib, ustama haq evaziga 2 million so‘m berib turadigan bo‘ldi.

B. Safarov pulni olib chiqqach, M. Nishonova garov tariqasida oddiy sariq metaldan yasalgan bo‘yin taqinchog‘i, bir dona bilakuzuk va bir juft zirakni berib, ular tilladan ishlanganiga ishontiradi. So‘ng taksiga o‘tirib, SHo‘rchi tumanidagi bozorga boradi. U yerda o‘ziga ayollar ro‘molini sotib olib, poytaxtga yo‘l oladi.

Malika Nishonova B. Safarovdan olgan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Sudda qilgan ishidan qattiq pushaymonligini aytib, undirilgan zararni to‘liq qoplashga va'da bergan.

B. Safarov garovda qoldirilgan taqinchoqlarni zargarlik do‘koniga olib borib tekshirtiradi. Taqinchoqlar oddiy metaldan ishlanganini bilgach, chuv tushganini bilib, ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilgan.

Hukm o‘qildi

Sudlanuvchi Malika Nishonova JKning 168-moddasi, 3-qismi, «b» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi va 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi JKning 60-61-moddalariga asosan, jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2018 yil 5 apreldagi hukmi bilan tayinlangan jazolar mazkur hukm bilan tayinlangan jazoga qisman qo‘shilib, sudlanuvchi Malika Nishonovaga eng kam oylik ish haqining 160 baravari – 18 million 944 000 so‘m jarima va 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazositayinlandi.

Sudlanuvchi M. Nishonovadan da'vogar B. Safarov foydasiga 2 075 000 so‘m undirilishi belgilandi.


O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziriq tuman sudi raisi Baxtiyor Mamadaminov bilan hamkorlikda tayyorlandi
Категория: Har-Hil | Просмотров:1302 | Добавил: Admin | Теги: 13 marta sudlangan retsedivist kamp | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:46
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Oktyabr 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031