Sulton Ahmad – Sulton Sulaymonning o‘g‘li Sulton Salimning evarasi. Usmoniylarning o‘n to‘rtinchi sultoni. O‘n to‘rt yoshida taxtga o‘tirgan. Qoidalarga ko‘ra o‘z ukasi shahzoda Mustafoni qatl qildirishi kerak bo‘lgan, lekin ukasini ko‘zi qiymagan va o‘limga mahkum etmagan. Rahmdil bo‘lishiga qaramay, saltanatiga zarar yetkazmoqchi bo‘lganlarga nisbatan beshafqat bo‘lgan.
Kosem – grek savdogarining qizi, Kefaloniya orolida istiqomat qilgan, yaxshi ta'lim olgan bo‘lib, bir necha tillarni bilgan. Sulton Ahmadning buvisi Safiya Sulton xohishi bilan o‘g‘irlab kelingan va Ahmadga sovg‘a kilingan. Oilasi bag‘rida erkin hayot kechirgan Anastasiya, sulton oilasiga o‘z xohishiga qarshi keltirilgan bo‘lib, saroyga o‘rganishi qiyin kechgan. Lekin Ahmadga ko‘ngil qo‘ygan va shundan so‘ng saroy qonun-qoidalarini o‘rganishga kirishgan. Unga Ahmadning buvisi Safiya Sulton yordam bergan.
Safiya Sulton – Sulton Ahmadning buvisi, Salim va Nurbonuning o‘g‘li Sulton Murod III ning zavjasi. Ahmadning otasi , o‘g‘li Mahmud III davrida volida sulton bo‘lgan. Ko‘p narsani boshidan kechirgan Safiya Sulton katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan. Saroyda har qanday fitnalarni uyushtirishga ustasi farang bo‘lib, lekin o‘zini aldashlariga aslo yo‘l qo‘ymagan.
Xandon Sulton – Sulton Mahmud III ning zavjasi, Sulton Ahmadning onasi. Sulton Ahmad boshqaruvi davrida Volida sulton bo‘lgan.
Shahzoda Mustafo – Sulton Mahmud III va Xalima Sultonning o‘g‘li. Saroy qoidalariga ko‘ra akasi Sulton Ahmad taxtga o‘tirgach qatl qilinishi kerak bo‘lgan, lekin akasining rahmdilligi sabab o‘limdan qutulib qolgan.
Xalima Sulton – Sulton Mahmud III Manisada sanjakbeklik qilayotgan davrda Xalima Sulton ko‘ngil qo‘yadi. Xalima Sulton Mahmud IIIdan o‘g‘il farzand ko‘radi. O‘g‘li hukmdorlik qilgan davrda Volida Sulton unvoniga sazovor bo‘ladi. |