• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Oktyabr » 15 » 1 noyabrdan maosh, pensiyalar, stipendiyalar oshiriladi
11:10
1 noyabrdan maosh, pensiyalar, stipendiyalar oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. 

Farmonga ko‘ra, aholi daromadlari va turmush darajasini oshirish, aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish, shuningdek, mehnatiga kam haq to‘lanadigan xodimlar ish haqi miqdorini jadal ravishda oshirishni ta'minlash maqsadida 2018 yilning 1 noyabridan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshirildi. 
2018 yilning 1 noyabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam:

ish haqi — oyiga 202 730 so‘m;

yoshga doir pensiyalar — oyiga 396 500 so‘m;

bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 396 500 so‘m;

zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 243 300 so‘m miqdorida belgilandi. 

Qolaversa, ish haqi hamda pensiyalarga qo‘shilgan ustama va qo‘shimcha haqlarning barcha turlari, eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa to‘lovlar 2018 yilning 1 noyabridan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi belgilandi. 
Farmonda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:

mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining quyi razryadlari tarif koeffitsiyentlarini o‘rtacha 10 foizga, shu jumladan, 1-razryad bo‘yicha 15 foizga, 2-razryad bo‘yicha 10 foizga va 3-razryad bo‘yicha 5 foizga oshirish orqali mehnatiga kam haq to‘lanadigan xodimlarning ish haqi miqdorining jadal ravishda oshirilishini ko‘zda tutgan holda 2019 yil 1 yanvardan Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasini qayta ko‘rib chiqish;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan saqlanadigan tashkilotlarda band bo‘lgan universal kasblar xodimlari mehnatiga haq to‘lashga doir razryadlarni tanqidiy ko‘rib chiqish va 2019 yil 1 yanvaridan ularning yangilanganlarini joriy etish;

xalqaro moliyaviy institutlar bilan birgalikda mehnatga haq to‘lash miqdorining uning natijalari, bajarilayotgan mehnat funksiyalarining murakkabligi va mas'uliyati bilan yanada uzviy bog‘liqligini ta'minlashni nazarda tutadigan Byudjet tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasining ishlab chiqilishini va 2019 yil 1 sentyabrga qadar muddatda kiritilishini ta'minlash topshirilgan. 

Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarning oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 

Xo‘jalik hisobidagi korxona va tashkilotlarga ish haqining qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan holda to‘lashni ta'minlab, ish haqi miqdorlarini eng kam ish haqiga muvofiq oshirish tavsiya etilmoqda. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar Xalq deputatlari kengashlariga mazkur Farmonning qabul qilinishidan so‘ng qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun tegishli byudjetlar parametrlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida takliflar kiritadi. 

Endilikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 iyuldagi "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi PF-5469-son Farmoni uning 6-bandi istisno qilingan holda 2018 yilning 1 noyabridan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1261 | Добавил: Admin | Теги: stipendiyalar oshiriladi, pensiyalar, 1 noyabrdan maosh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:49
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Oktyabr 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031