• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Dekabr » 4 » 1 dekabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgardi
16:43
1 dekabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgardi

Qurilish, bojxona nazorati, tashqi reklama, mehnat migratsiyasi va boshqa sohalarda 2018 yilning 1 dekabridan boshlab amal qiluvchi asosiy huquqiy yangiliklar nimalardan iborat? "Norma” nashri bularga aniqlik kiritdi.
 
Bojxona nazorati uchun – yangi yo‘laklar
 
O‘zbekistonda xavflarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi joriy etilmoqda. 1 dekabrdan boshlab uning doirasida "sariq” va "qizil” yo‘laklar amal qila boshlaydi. Birinchisi orqali xavf darajasi o‘rta ko‘rsatkichga ega tovar va transport vositalariga nisbatan bojxona deklaratsiyasi, hujjatlar va ma'lumotlar tekshiriladi. Ikkinchisi esa xavf darajasi yuqori ko‘rsatkichga ega ob'yektlar uchun mo‘ljallangan.
 
Hozircha yo‘laklar mos ravishda 70% / 30% nisbatda tovar va transport vositalarining xavf profillari yoki tasodifiy tanlash asosida qo‘llaniladi. Biroq bungacha amal qilgan ikkita yo‘lakli tizimdan farqli ravishda, yangisida to‘rtta yo‘lak mavjud bo‘lishi nazarda tutilgan: 2019 yil mart oyida "yashil” va "ko‘k” yo‘laklar ham amalga kiritiladi. 
 
Qurilishdagi yangi tartib
 
Birinchidan, endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, sh.j. xorijiy investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan ob'yektlardan tashqari, barcha ob'yektlar qurilish loyihalarining smeta qismi majburiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
 
Ikkinchidan, qurilishi tugallangan ob'yektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi modernizatsiyalanmoqda. Endi u qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi, kadastr organlari, buyurtmachi va pudratchi (bosh pudratchi) vakillari ishtirokida amalga oshiriladi. Bu jarayonni tezlashtirish imkonini beradi, sababi ilgari u 2 bosqichda yanada keng tarkibdagi qabul komissiyalari tomonidan o‘tkazilgan. Yangi tartib davlat xaridlari sub'yektlari mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan ob'yektlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.
 
Uchinchidan, loyihalar "fast-track” usuli bilan foydalanishga tayyor holda (Engineering Procurement Construction) amalga oshirilishi mumkin. Bu bir vaqtning o‘zida loyihalashtirish, xarid qilish va qurilish ishlari bajarilishini anglatadi. Bu holda pudrat va loyiha tashkilotlari konsorsium tashkil etadilar. Konsorsium ishtirokchilari zimmasiga loyihani sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish uchun solidar javobgarlik yuklatiladi.
 
Chet ellik mutaxassislarga – "yashil chiroq”
 
YUqori malakali va malakali chet ellik mutaxassislarni (mezonlarga qarang) jalb qiladigan mahalliy ish beruvchilarning ular uchun ruxsatnoma (xorijiy ishchi kuchini jalb qilishga, tahr.) rasmiylashtirishlari kerak bo‘lmaydi.
 
Bundan tashqari, ushbu mutaxassislar O‘zbekistonda mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni rasmiylashtirish va uzaytirish uchun yig‘imni pasaytirilgan tariflarda – tegishincha, 1 EKIH va 2 EKIH miqdorida to‘laydilar (umumbelgilangan 10 EKIH o‘rniga).
 
8 500 EKIHdan kam bo‘lmagan (material e'lon qilingan sanada – 1 723,2 mln so‘mdan ortiq) miqdorda jamiyatlarning aksiyalari va ulushlarini sotib olish, shuningdek, xorijiy korxona tashkil etish shaklida respublikaga investitsiya kiritgan chet el fuqarolari hech qanday ruxsat beruvchi tartib-taomillarni o‘tmagan holda mazkur tashkilotning istalgan lavozimida ishlashlari mumkin.
 
Tibbiyot xodimlarining ish haqi "o‘sdi”
 
Davlat rahbarining joriy yil noyabrdagi qaroriga muvofiq, 1 dekabrdan davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining ish haqi 20%ga oshirildi. Biroq bu birinchi bosqich xolos, keyingi indeksatsiya kelasi yil 1 aprelda amalga oshiriladi va 15%ni tashkil etadi.
 
Tibbiyot xodimlari va farmatsevtlar mehnatiga haq to‘lash tizimini umuman qayta ko‘rib chiqmoqchilar.
 
IIV Axborot markazi endi yo‘q…
 
2019 yil yanvar oyining birinchi yarmida "Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimi pilot rejimida ishga tushiriladi. Unda jinoyat ishlari, tergovga qadar tekshiruv materiallari, sud muhokamasi hamda sud qarorlari ijrosining natijalari, shuningdek ayblanuvchi va jabrlanuvchi sifatida jalb etilgan shaxslar bo‘yicha ma'lumotlar jamlanadi. 
 
1 dekabrdan boshlab jinoyatlar, ularni sodir etgan shaxslar va jinoyat ishlari harakatlanishining yagona hisobini yuritish vazifasi prokuratura organlariga topshirildi. Shu munosabat bilan IIV tuzilmasidagi Axborot markazi tugatildi. Mazkur organ, masalan, sudlanganlik haqidagi ma'lumotnomalarni berar edi. Endi bu ham prokuraturaning funksiyasiga kiradigan ko‘rinadi. Eslatib o‘tamiz, ma'lumotnomani olish uchun arizani elektron ko‘rinishda taqdim etish mumkin.
 
Tashqi reklama qanday joylashtiriladi
 
Endi tashqi reklama ob'yektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini faqat elektron auksionlar natijalariga ko‘ra olish mumkin. Bunda quyidagilarni to‘lash kerak bo‘ladi:
 
ob'yektni yoki konstruksiyani joylashtirish huquqini olish uchun – haq savdolar yakunlariga ko‘ra aniqlanadi;
 
tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun – yig‘im, uning miqdorini hokimliklar belgilaydi.
 
 
Monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini Davlat xizmatlari markazida olish mumkin
 
Xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar qo‘shib yuborilganda, qo‘shib olinganda va ustav fondidagi aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar amalga oshirilganda bir qator hollarda monopoliyaga qarshi organning oldindan rozilik berishi talab etiladi ("Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 16–18-moddalariga qarang).
 
Uni olish uchun tegishli hujjatlar paketini taqdim etish zarur. Ilgari u bevosita monopoliyaga qarshi organga taqdim etilgan. 1 dekabrdan boshlab buni Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirish mumkin (9.01.2018 yildagi O‘RQ–459-son Qonunning 23-moddasi 7-bandi 4-xatboshisi, 27-moddasi 3-xatboshisi; 23.07.2018 yildagi O‘RQ–486-son Qonunning 29-moddasiga qarang).
Категория: Har-Hil | Просмотров:1318 | Добавил: Admin | Теги: 1 dekabrdan O‘zbekistonda nimalar o | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:23:52
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31