• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 294
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

Jamik1212
Bahodirnuriddinov
Husanbo77
eldor_quldoshev
sdy030873
32444
Azmiddin
JohaC2
03012005
Olaqanatlar
Главная » 2020 » Iyun » 30 » Xitoy Gonkongda milliy xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. AQSh bunga qarshi chiqqandi
16:26
Xitoy Gonkongda milliy xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. AQSh bunga qarshi chiqqandi

Qonun chiqaruvchi hokimiyat bo‘lgan Butunxitoy Xalq vakillari kengashining Doimiy qo‘mitasi Gonkongda milliy xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi, deb xabar bermoqda South China Morning Post (SCMP) o‘z manbalariga tayanib.

Shunday xabar RTHK teleradiokompaniyasida ham paydo bo‘lgan.

SCMP’ning qayd etishicha, qonun yig‘ilish boshlanganidan 15 daqiqa o‘tib  qo‘mita a’zolarining 162 nafari tomonidan bir ovozdan ma’qullangan. U 1-iyuldan kuchga kirishi kutilmoqda.

Qonun tafsilotlari keyinchalik Sinxua nashri tomonidan e’lon qilinadi. Nashrning yozishicha, qonun matni birinchi marta jamoatchilikka taqdim etiladi.

Yangi qonun davlat hokimiyatiga tahdidlarning oldini olish, jumladan, g‘alamislik, terrorizm, hokimiyatni susaytirish va tashqi kuchlarning Gonkong ishlariga aralashishining oldini olishga qaratilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qonunda belgilangan qoidalarni buzganlik uchun keskin jazolar, shu jumladan, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ham ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh ushbu qonun qabul qilinishiga qarshi chiqqandi. Donald Tramp Xitoyning Gonkong avtonomiyasini cheklash harakatlaridan norozi ekanligini va bu holatda "erkin shahar” xalqaro moliyaviy markaz maqomini saqlab qololmasligini bildirgan, Trampning iqtisodiy maslahatchisi Larri Kudlou "Xitoy katta xatoga yo‘l qo‘ymoqda”, deb aytgandi. AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo esa Xitoyning Gonkongdagi xatti-harakatlarini Ikkinchi Jahon urushi davridagi natsist Germaniyasiga taqqoslagan.

Qonun qabul qilingudek bo‘lsa, AQSh Xitoy va Gonkongga qarshi sanksiyalar joriy etish bilan tahdid qilgandi. Xitoy esa AQSh Gonkong ishlariga aralashishni davom etsa, bunga qarshi zaruriy choralarni ko‘rishga tayyorligini bildirgan.

Ma’lumot uchun, Gonkong Xitoy tarkibiga 1997-yilda qaytgan. Ungacha Buyuk Britaniya tomonidan boshqarilgan. Xitoy va Gonkongning qo‘shma deklaratsiyasiga binoan, shaharga 50 yil davomida keng avtonomiya va’da qilingan. Ushbu maqom tufayli Gonkong AQSh bilan erkin aloqalar o‘rnatgan. Buyuk Britaniya Xitoyni Gonkong avtonomiyasini hurmat qilishga chaqirdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:549 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:10
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyun 2020  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930