• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1908
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

Jamik1212
Bahodirnuriddinov
Husanbo77
eldor_quldoshev
sdy030873
32444
Azmiddin
JohaC2
03012005
Olaqanatlar
Главная » 2020 » Iyun » 30 » O‘zbekistonda prokurorlar o‘z tashabbusi bilan ayblovdan voz kechadigan tartib joriy etiladi
21:28
O‘zbekistonda prokurorlar o‘z tashabbusi bilan ayblovdan voz kechadigan tartib joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sudlarda prokurorlar o‘z tashabbusi bilan ayblovdan voz kechadigan tartibni joriy etish taklifini bildirdi. Davlat rahbari bu haqda bugun, 30 iyun kuni odil sudlovni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida gapirgan.

Prezidentning qayd etishicha,  2018-2019 yillarda birinchi instansiya sudlarida jami 192 ta jinoyat ishi bo‘yicha 307 nafar shaxs oqlangan bo‘lsa-da, lekin hech qaysi holatda prokuror ayblovdan voz kechmagan.

"Bundan buyon tergov jarayonidagi xatolar sud majlisida aniqlansa, prokuror sudning tugashini kutib o‘tirmasdan (2 oydan 6 oygacha), o‘z tashabbusi bilan ayblovdan voz kechadigan tartib joriy etilishi lozim”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Mirziyoyev 2019 yilning 7 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda huquqni muhofaza qiluvchi organlarni faqat va faqat xalq manfaati yo‘lida og‘ishmay xizmat qiladigan idoralarga aylantirish zarurligini ta’kidlagandi.

Sudlarning mustaqilligini mustahkamlash, tergov-surishtiruv jarayonida o‘zaro tiyib turish tamoyillarini ta’minlash, advokatura institutini takomillashtirishga oid dolzarb vazifalarni ko‘rsatib o‘tdi. O‘shanda davlat rahbari O‘zbekistonda 2020 yildan boshlab prokuror qarori ustidan sudga murojaat qilish tartibi joriy etilishi haqida gapirgandi. 

"Shu orqali surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida muvozanatni, ya’ni o‘zaro tiyib turish tamoyillarini ta’minlash imkoni yaratiladi. Bunday 
muhim o‘zgarish ham bizning tajribamizda birinchi marta joriy etilmoqda.

Sir emas, ilgari prokuratura idoralari nihoyatda yopiq, nazoratdan xoli bir organga, ta’bir joiz bo‘lsa, oxirgi instansiyaga aylanib qolgan edi. Buning oqibatida qancha-qancha odamlar nohaq jabr chekkani, adolatsizlikka duchor bo‘lgani ham ayni haqiqat. Qanchalik og‘ir va noxush bo‘lmasin, biz shu haqiqatni tan olib, bu sohada qonuniylik va adolatni qaror toptirishga kirishdik.

Ishonamanki, prokuror qarori ustidan sudga murojaat qilish bo‘yicha rivojlangan demokratik mamlakatlarda amal qiladigan bunday tajribani joriy etish hayotimizda adolat mezonini mustahkamlashda ulkan qadam bo‘ladi", degan edi Prezident. 
Категория: Har-Hil | Просмотров:630 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:26
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyun 2020  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930