• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1364
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 26 » Zidan Gvardiolaga qarshi. Barchasi “Real”—“Manchester Siti” to‘qnashuvi haqida
17:15
Zidan Gvardiolaga qarshi. Barchasi “Real”—“Manchester Siti” to‘qnashuvi haqida

2019-yil dekabrida bo‘lib o‘tgan qur’a Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalidayoq bir nechta super to‘qnashuvlarni taqdim etishi ma’lum bo‘lib ulgurgandi. PSJ—"Borussiya D”, "Chelsi”—"Bavariya”, "Atletiko”—"Liverpul”, "Napoli”—"Barselona” va albatta "Real”—"Manchester Siti” shular jumlasidan.

Muxlislar ushbu o‘yinlardan 4 tasining guvohi bo‘lib ulgurdi. Yuqorida tilgan olingan so‘nggi bellashuv esa 26-fevral, chorshanba oqshomida Madridda bo‘lib o‘tadi.

Unda Zinedin Zidan boshchiligidagi "Real” Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi "Manchester Siti”ni qabul qiladi. Keling uchrashuvga oid ma’lumotlar bilan birgalikda tanishib chiqamiz.

Musobaqa yo‘li

"Real”

"Real” guruh bosqichida PSJ, "Bryugge” va "Galatasaroy” klublari bilan pley-off yo‘llanmasi uchun kurash olib bordi. Madridliklar faqat uchinchi turga kelib, o‘zining musobaqa joriy mavsumidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. U ham bo‘lsa "Galatasaroy” ustidan minimal hisobda. Zidan shogirdari dastlabki ikki turda — avvaliga PSJga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi, keyin esa "Bryugge” bilan 2:2 hisobida durang qayd etdi. Keyin esa turklar ketma-ket 2 ta o‘yinda mag‘lub etildi. "Bryugge” safarda 3:1 hisobida taslim qilindi. So‘nggi turda PSJ bilan 2:2 hisobida durang qayd etildi. Shu tariqa Zidan shogirdlari guruh bosqichini PSJdan so‘ng 2-o‘rinda yakunlab, pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

"Manchester Siti” "Manchester Siti” musobaqaning "C” guruhida pley-off yo‘llanmasi uchun "Atalanta”, "Dinamo Z” va "Shaxtyor” bilan kurashga kirishdi. "Siti” guruh bosqichini mag‘lubiyatsiz yakunladi. Dastlabki uch turda "Shaxtyor”, "Dinamo” va "Atalanta” umumiy hisobda 10:1 hisobida mag‘lub etildi. Guruhdan chiqish masalasi ijobiy hal etilgach, Gvardiola shogirdlari 4 va 5-turda durang qayd etdi. So‘nggi turda esa "Dinamo” safarda 4:1 hisobida tor-mor etildi. Manchester klubi 14 ochko to‘plagan holda 1-o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Jamoalarning ayni damdagi holati

"Real”

Zidan shogirdlari so‘nggi o‘yinlarda oqsab qoldi. Jamoa ikkita o‘yinda mag‘lub bo‘ldi, kamiga autsayder klub bilan durang qayd etdi. Bu esa "Barselona”ga qo‘l kelib, "Real”dan La Liga peshqadamligini tortib oldi. "Real” so‘nggi 4 ta o‘yinda o‘z darvozasidan 8 ta gol olib chiqdi. Bungacha klub La Liganing 21 ta o‘yinida atigi 9 ta gol o‘tkazgandi. Farq yaqqol ko‘rinib turibdi. Biroq shuni ham unutmaslik kerak, "Real”ga so‘nggi o‘yinlarda gol urgan jamoalarning hujum chizig‘i "Manchester Siti”nikichalik qo‘rqinchli emasdi.

"Manchester Siti” Gvardiola jamoasi ham so‘nggi oylarni bir maromda o‘tkaza olayotgani yo‘q. Jumladan, "Tottenhem” hamda "Manchester Yunayted”dan qabul qilingan mag‘lubiyatlar "Siti”da ham yetarlicha muammolar borligini ko‘rsatib qo‘ydi. Biroq "shaharliklar” bu muammolarni so‘nggi 2 ta o‘yindagi "quruq” g‘alabalar orqali yopishga erishgandek bo‘ldi. Jumladan, APLda ikkinchi o‘rin uchun kurashayotgan to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatchisi "Lester” taslim etildi. Faqat "Siti”da "Real”ga qaraganda bitta katta muammo bor. UEFA "shaharliklar”ni Chempionlar Ligasining kelasi ikki mavsumidan chetlatdi. Buning barchasiga moliyaviy feyr-pleyga amal qilinmagani sabab qilib ko‘rsatilgan. "Siti” rahbariyati 26-fevral kuni ushbu qaror yuzasidan Xalqaro aribtraj sudiga shikoyat qilganini ma’lum qildi.

Qayd etish joiz, "Real” ham "Manchester Siti” ham ichki chempionatda ikkinchi o‘rindan joy olib turibdi. Farqi shuki, "Real” peshqadam "Barselona”dan 2 ochkoga, "Siti” esa "Liverpul”dan 22 ochkoga ortda qolmoqda.

 Jamoadagi yo‘qotishlar

 "Real” Madrid klubi "Siti”ga qarshi bahs oldidan sezilarli yo‘qotishga uchradi. Uzoq tanaffusdan so‘ng safga qaytgan Eden Azar "Levante”ga qarshi bahsda yana jarohat oldi. Eden eski jarohatini qaytalab olgani aytildi. Endi belgiyalik futbolchi nafaqat "Siti”ga qarshi bahsni, balki 1-mart kuni "Santyago Bernabeu”da o‘tadigan "Barselona”ga qarshi o‘yinni ham o‘tkazib yuboradi. Marko Asensio ham jarohat sabab "Real”ga yordam bera olmaydi. Shuningdek, murabbiy qaroriga ko‘ra, Xames Rodriges, Mariano Dias, Braim Dias, Nacho va Rodrigolar "Siti”ga qarshi "Real”ning o‘yin qaydnomasidan o‘rin olmagan.

"Manchester Siti” "Real”ga qarshi bahs oldidan Rahim Sterlingning jarohat olgani aytilgandi. Biroq futbolchi o‘yin qaydnomasidan o‘rin olgan. Faqatgina uzoq muddatga safdan chiqqan Leroy Sanening "Real”ga qarshi maydonga tushmasligi aniq. Gvardiolaning o‘yin sxemasida muhim o‘rin tutadigan Aymerik Lyaportning safga qaytgani esa "shaharlik” muxlislarni xursand qilgani bor gap. Umuman olganda, Gvardiola jamoasida tarkib borasida katta muammolar yo‘q.

O‘zaro o‘yinlar tarixi

Jamoalar hozirgacha 6 marta to‘qnash kelgan. Shulardan 4 ta bahs Chempionlar Ligasi musobaqasiga to‘g‘ri keladi. Ilk bor ular 2012/13-yilgi mavsum musobaqaning guruh bosqichida uchrashgan. Madridda o‘tgan bahsda "Real” "Siti” 3:2 hisobida yenggan bo‘lsa, Manchesterdagi o‘yin 1:1 hisobi bilan yakuniga yetgan. 2015-yil klublar Xalqaro Chempionlar Kubogi doirasida Avstraliyada o‘yin o‘tkazgan. Unda "Real” raqibini 4:1 hisobida mag‘lub etgan. Chempionlar Ligasining 2015/16-yilgi mavsumida esa tomonlar yarim finalda o‘zaro to‘qnash kelgan. "Etihad Stadium”dagi bahs 0:0 ko‘rinishda yakunlangan. "Santyago Bernabeu”da esa "Real” "Siti”dan 1:0 hisobida ustun kelgan. Ular o‘rtasidagi hozircha so‘nggisi bo‘lib turgan o‘yin Xalqaro Chempionlar Kubogi doirasida 2017-yil 26-iyulida AQShda bo‘lib o‘tgan. Unda "Siti” "Real”ni 4:1 hisobida tor-mor qilgan.

 O‘yinoldi fikrlar

"Futbolda eng asosiysi — natija. Jamoa so‘nggi haftalar deyarli o‘zgargani yo‘q. "Levante”ga qarshi bahsda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik, faqat gol ura olmadik. "Manchester Siti”ga qarshi bahs esa o‘zimizni ko‘rsatish uchun imkoniyat hisoblanadi. O‘zimizni ayashga vaqt yo‘q. Natijalar o‘zi keladi. Bu Zidan—Gvardiola to‘qnashuv emas, balki "Real”—"Manchester Siti” to‘qnashuvidir. Odamlar "Siti” va "Real” o‘rtasida tomoshabop o‘yin ko‘rishni xohlamoqda. Bu o‘zgacha hafta ekanligini bilamiz. Futbolchilar bunday o‘yinlarda ishtirok etishdan faxrlanadi”, — deydi Zidan.

"Bu jamoaning ushbu tarkibi uchun Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish uchun so‘nggi imkoniyat emas. Tarkibimizdagi ko‘plab o‘yinchilarimizda Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish uchun keyin ham imkoniyat bo‘ladi. Biz katta jamoaga qarshi o‘ynaymiz va oldinda bizni qanday sinov kutib turganini bilamiz. Bu aniq so‘nggi imkoniyat emas. Nima bo‘lishini oldindan aytib bo‘lmaydi. G‘alaba qozonish xoxishi bo‘lishi kerak, bo‘lmasa g‘alaba qozonib bo‘lmaydi. Biroq bu navbatdagi bir o‘yin xolos”, — deydi Gvardiola.

Taxminiy tarkiblar

"Real”: Kurtua, Karvaxal, Ferlan Mendi, Ramos, Varan, Kazemiro, Kroos, Valverde, Isko, Benzema, Beyl

"Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Fernandinyo, Lyaport, Benjamin Mendi, de Bryuyne, Rodri, David Silva, Bernardu Silva, Aguero, Sterling.
Категория: Har-Hil | Просмотров:567 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:36
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829