• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1970
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 44
Гостей: 44
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 29 » UzCard SMS-xabarnoma xizmatini masofadan o‘chirish xizmati haqida gapirib berdi
12:18
UzCard SMS-xabarnoma xizmatini masofadan o‘chirish xizmati haqida gapirib berdi

UzCard SMS-xabarnoma xizmatini masofadan o‘chirish bo‘yicha Stop1 xizmati haqida gapirib berdi.
"So‘nggi paytlarda kartalarimiz egalari ijtimoiy tarmoqlar orqali mobil dasturlarga ulangan telefon raqamini qanday uzish mumkinligi to‘g‘risida qiziqib, qator savollar bilan murojaat qilmoqda. Ushbu mavzuni kengroq yoritish maqsadida Yagona umumrespublika protsessing markazi xodimlari tomonidan yaratilgan ‘SMS-xabarnoma xizmatini masofadan o‘chirish — Stop1’ xizmatining imkoniyatlariga to‘xtalib o‘tmoqchimiz”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumki, agar biron bir mobil aloqa operatori mijozi 3 oy davomida telefon raqamidan foydalanmasa, u holda mobil aloqa operatori avtomatik ravishda uni bloklab, yangi raqam egasi ixtiyoriga topshirishi mumkin. Shu o‘rinda savol kelib chiqadi: agar telefon raqamining ilk egasi o‘z plastik kartasini  uning blokalanishidan avval  mobil telefon raqami orqali mobil dasturlarga ulagan bo‘lsa, u holda telefon raqamining yangi egasi ham mobil dasturlar orqali plastik kartadan foydalana olishi mumkinmi?

"Markazimiz mutaxassilari tomonidan shu kabi holatlarni bartaraf qilish uchun ‘SMS-xabarnoma xizmatini masofadan o‘chirish — Stop1’ xizmati joriy qilingan. 3 oy davomida ishlatilmagan mobil telefon raqami yangidan sotuvga chiqishidan avval, mobil aloqa kompaniyasi Yagona umumrespublika protsessing markaziga mobil raqam haqida ma’lumot yuboradi va unga biriktirilgan UzCard kartalarining sms-xabarnoma xizmati faolligini to‘xtatadi. O‘z navbatida, barcha to‘lov tizimlariga (mobil dasturlar va hokazo) foydalanuvchilar parollarini to‘liq qayta tiklash funksiyasidan foydalanganlarida, kabinetga biriktirilgan kartaga oid ma’lumotlarni tozalash va to‘lov tizimida xavfsiz foydalanish darajasini oshirish tavsiya qilingan”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, "SMS-xabarnoma xizmatini masofadan o‘chirish — Stop1” xizmatining joriy qilinishi mobil aloqa mijozlarining karta xavfsizligini ta’minlashda hamda raqam yangi mijoz ixtiyorida emasligiga ishonch hosil qilishda o‘z qulayligi bilan ajralib turadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1189 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:55
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь