• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1881
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Oktyabr » 27 » Surxondaryoda ham ichki ishlar xodimlari elektroshokerdan foydalanishni boshlaydi
01:10
Surxondaryoda ham ichki ishlar xodimlari elektroshokerdan foydalanishni boshlaydi

Surxondaryo viloyatida vazifasiga kirishgan ichki ishlar organi xodimlari yo‘riqnomada ko‘rsatilgan holatlarda elektroshok qurilmalarini qo‘llashni boshlaydi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, "Skorpion” rusumli elektroshok qurilmasi amaliyotda foydalaniladigan rezina tayoq, ya’ni "dubinka”ga o‘xshash shaklda ishlab chiqarilgan. Undan, zaruratga qarab, "dubinka” sifatida ham foydalanish mumkin.

Qayd etilishicha, elektroshok ta’sirida inson tanasi birinchi soniyada og‘riq zarbasini his qilsa, ikkinchi soniyada mushaklar muvozanati yo‘qoladi.

Elektroshokerni keksa yoshdagilar, nogironligi aniq ko‘rinib turgan shaxslar, yosh bolalar hamda homilador ayollarga nisbatan qo‘llash taqiqlanadi. Agar ular tomonidan qurolli yoki guruh bo‘lib hujum qilinsa, bu taqiqlarga amal qilinmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 24-sentabrdan boshlab ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan elektroshokerdan foydalanish boshlangani xabar qilingandi. Unda aytilishicha, IIO xodimlarining maxsus vositalar va o‘qotar qurollardan foydalanish tartibi "Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunga asoslangan bo‘lib, ichki ishlar vazirining bu boradagi tegishli buyrug‘i qabul qilingan.

Ma’lumotga ko‘ra, ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik, hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish oqibatida IIO xodimlari yoki fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga real xavf tug‘dirgan taqdirda ushbu qurilma xodimlar tomonidan foydalaniladi. Elektroshok qurilmalari Rossiyaning "Mart” zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan.

Bundan tashqari, Farg‘onada ichki ishlar organlari xodimlari 24-sentabrdan elektroshokerdan foydalanishni boshlashi ma’lum qilingan. Unga ko‘ra, IIO xodimlari xizmat jarayonida elektroshoker qurilmasidan foydalanishdan avval maxsus tayyorgarlik va davriy tekshiruvdan o‘tkaziladi. Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan xodimga tegishli sertifikat beriladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:467 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:01
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Oktyabr 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031