• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 24 » Qashqadaryolik beva ayolning uyi buzib tashlandi. Oila ko‘chada qoldi
17:12
Qashqadaryolik beva ayolning uyi buzib tashlandi. Oila ko‘chada qoldi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi 3 nafar farzandning yolg‘iz onasi Sanobar Bobonovaning uyi buzib tashlandi. Oila esa ko‘chada qoldi.

Bu haqda shikoyat qilgan Sanobar Bobonova farzandlarini yolg‘iz o‘zi katta qilayotgan bo‘lishiga qaramay hali qishning sovug‘i ketib ulgurmagan, yomg‘irli kunlarda ko‘chada qolayotganini, yashashga uyi yo‘qligini aytmoqda.

"Joriy yil 5-fevral kuni uyimizni buzib tashlashgan, bu paytda men va o‘g‘lim tirikchilik ilinjida Toshkentda ishlab yurgandik, — deydi Sanobar Bobonova. — Uyimizni buzishayotganini eshitib, o‘sha kuni yo‘lga chiqdik. Ammo ulgurmadik, uyimizni buzib bo‘lishgan ekan”

Aytilishicha, Sanobar Bobonovaning onasi Ziyod momo Bobonova o‘sha kuni uyni buzish uchun kelganlarga qarshilik ko‘rsatib, uyni buzdirmaslikka harakat qilgan. Ammo uni sudrab tashlashgach, hushidan ketgan va tez yordam mashinasida olib ketilgan.

"Uyni buzmaysizlar, deb ichkariga kirib oldim, — deydi Ziyod momo Bobonova. — MIB xodimlari majburiy tarzda olib, chiqishdi. Qarshilik ko‘rsatishga uringandim, sudrab tashlashdi. Shundan so‘ng hushimni yo‘qotganman”

Ziyod momoning kelini Mohigul Suyunovaning aytishicha, uyni buzishga kelganlar ichkariga eshik qulfini buzib kirgan.


"Avval 4 kishi bo‘lib kelishdi. Hovliga kirishgach, uy ichiga kirib, eshikni yopdik. Eshik qulfini buzib, zo‘ravonlik bilan ichkariga kirishdi, — deydi Mohigul Suyunova. — Qaynonamni sudrab tashqariga olib chiqib tashlashdi va uyni buzishga kirishishdi”


Ma’lum bo‘lishicha, Sanobar Bobonova 2014-yil tumanning "Dam” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi yer uchastkasidan o‘zboshimchalik bilan 3 xonali uy qurib olgan. Chiroqchi tuman hokimligi esa "fuqaro yo‘lni to‘sib qo‘ydi” deb uni sudga beradi. 2017-yil 6-iyun kuni ishni ko‘rib chiqqan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudi Sanobar Bobonovaga tegishli uyni buzish to‘g‘risida qaror chiqaradi. Fuqaro sud qarorini bajarishni paysalga solgani bois ish MIB tuman bo‘limi zimmasiga o‘tadi. MIB fuqaroni 5-6 marta ogohlantiradi. Hatto 2018-yil may oyida uyni buzish uchun texnika bilan boradi.

O‘sha kungi buzish ishlariga guvoh bo‘lgan "Dam” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Ziyod momo Bobonovani sudrashganini tasdiqladi.

"Ziyod momoni uydan chiqarishga urinishdi, ammo o‘z xohishi bilan chiqmagach, tortib olib chiqishdi, — deydi mahalla raisi Yorqul Bekmurodov. — Men ham uyni buzmaslik haqida so‘radim. Ammo qarshilik ko‘rsatish foydasiz ekanligini, agar qarshilik qilsam, javobgarlikka tortilishimni aytishdi”

Hududdan saylangan deputat Bahrom Xudoyberdiyev esa voqeadan umuman bexabar bo‘lgan.


"Men muxbirlar keldi, deyishgach voqeadan xabar topdim, — deydi deputat Bahrom Xudoyberdiyev. — Endi oilaga yordam berishga harakat qilaman”

Mahalla raisining ta’kidlashicha, uy buzilgach voqea joyiga kelgan tuman hokimi Xurram Jo‘rayev raisni buzish ishlariga to‘sqinlik qilolmagani uchun koyigan.

"Kerak bo‘lsa, o‘zingni traktor tagiga tashlamaysanmi, nega uy buzilishiga qo‘yib berding, deb hokim meni urishdi”, — deydi mahalla raisi.
MIB xodimi Nurbek Xidirov esa uyni buzish ishlari kechikayotgani sudda da’vogar bo‘lgan tuman hokimligiga yoqmaganini, shu boisdan ham hokimning o‘zi MIB tuman bo‘limi boshlig‘iga uyni buzish haqida topshiriq berganini aytmoqda.

"Sud qarori ijrosi kechikkani uchun tuman hokimi bizning boshlig‘imizga buzish haqida topshiriq bergan, — deydi Nurbek Xidirov. — Biz esa boshliqning talabini bajardik”

Tuman hokimi o‘rinbosari O‘ktam Abdurahimov esa hokimlik MIB harakatini oldin ham to‘xtatishga uringanini ta’kidlamoqda.


"Vakolatimizga kirmasa-da, fuqaro haqida qayg‘urganimiz uchun ham 2018-yil may oyida MIB fuqaroning uyini majburiy tartibda buzish uchun borganida MIB rahbariyatiga iltimos  qilib, ijroni ma’lum muddatga to‘xtatdik, — deydi Chiroqchi tuman hokimi o‘rinbosari O‘ktam Abdurahimov. — Boisi fuqaro Bobonovaning uyi Prezidentimizning 2018-yil 20-apreldagi "Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmon talablariga to‘g‘ri kelib, fuqaro uyini hujjatlashtirar degan umid bor edi. Ammo Sanobar Bobonovaning uyi aksiya talablariga to‘g‘ri kelmadi. Afsuski, uy buzilishi joriy yilning fevral oyiga to‘g‘ri keldi.

Sanobar Bobonova aksiya davrida ham uyini hujjatlashtirolmaganini aytmoqda.

"Uyimizni buzish to‘g‘risida sud qarori chiqqach, buzmaganimiz rost, — deydi Sanobar Bobonova. — MIB 5-6 marta ogohlantirish ham berdi. Ammo yashash uyimiz yo‘qligi va shart-sharoitimiz og‘irligi bois buzolmadik. Prezidentimiz tomonidan bir martalik aksiya e’lon qilingach, uyimizni hujjatlashtirishga urindik. 5 yil davomida soliqlarni muntazam to‘lab kelganimizni tasdiqlovchi hujjatlarni olib bordik. Lekin hujjatlashtirib berishmadi”

"Fuqaro Bobonovaning uyi mojaroli bo‘lgani va 15 yil muddat yashamagani bois aksiya talablariga to‘g‘ri kelmadi”, — deydi hokim o‘rinbosari.

Qayd etilishicha, Sanobar Bobonovaning noqonuniy qurilgan uyi oldidan fuqaro Oydin Xurramova ham yer uchastka sotib olgan. Ammo hali qurilish qilmagan. Ularning o‘rtasidagi kelishmovchilik Sanobar Bobonovaning uyini hujjatlashtirish ishlariga to‘sqinlik qilgan.

"Aslida har ikkala fuqaroning ham yer uchastkasi noqonuniy, — deydi mahalla raisi Yorqul Bekmurodov. — Noqonuniy yerga egalik qilib, bir-biri bilan tortishib yuribdi”

Sanobar Bobonovaning tan olishicha, MIB xodimlari uni 5-6 marta ogohlantirgan. Hatto uyini buzishga ham urinishgan. Shunga qaramasdan u mazkur ishlarga beparvo bo‘lgan.

Qonun har doim o‘z so‘zini aytishi, noqonuniy turar joy buzilishi tayin, albatta. Ammo 2017-yildan beri sabr qilgan mas’ullar qishning sovuq kunlari o‘tib ulgurmagan, yomg‘irli kunlar oldinda turgan pallada mazkur oilaning yakka-yu yagona kulbasini buzib tashlashi qanchalik adolatli?

"To‘g‘ri, insoniylik nuqtai nazaridan olib qarasak biz xato qildik, — deydi tuman hokimi o‘rinbosari. — Fuqaroning uyi buzilayotgan paytda hokimimiz malaka oshirishda edi. Kelishi bilan fuqaro xonadoniga bordi. Oilaga yordam berishini, uyini boshqa joydan qayta tiklab olishi uchun ko‘maklashishini bildirdi”

Sanobar Bobonovaning ma’lumot berishicha, tuman hokimi kelib ketgach, tuman obodonlashtirish boshqarmasi ishchilari borib, buzib tashlangan uyning yaroqli g‘ishtlarini ajratib olib, yomg‘irdan pana joyga joylashtirib ketishgan. Undan keyin hech qanday harakat yo‘q. Fuqaro esa qayerdan boshpana topishini bilmay sarson bo‘lmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:549 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:34
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829