• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1364
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 22
Гостей: 22
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 10 » Qarshi, G‘uzor va Kitob dehqon bozorlarida shakar asossiz ravishda qimmat sotilayotgani aniqlandi
13:28
Qarshi, G‘uzor va Kitob dehqon bozorlarida shakar asossiz ravishda qimmat sotilayotgani aniqlandi

Davlat raqobat qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi reklama faoliyatini nazorat qilish va iste’molchilar huquqlarini himoya etish bo‘limi joriy yilning birinchi choragida "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun talablarini nazorat qilish, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va aholining iste’mol madaniyatini oshirish bo‘yicha bir qator tadbirlarni amalga oshirdi. Avvalo, mazkur yo‘nalishda targ‘ibot ishlarini olib borib, viloyatdagi matbuot nashrlari va mahalliy televideniye hamda radiokanallarda muntazam ravishda maqola, ko‘rsatuv va eshittirishlar berib borish yo‘lga qo‘yildi, deb xabar beradi Biznes-Daily.

Qashqadaryo viloyatida shakar mahsuloti savdosi bo‘yicha yuzaga kelgan qoidabuzarliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish va nazoratga olish, mahsulotning belgilangan narxlarda sotilishini ta’minlash bo‘yicha viloyat va tuman (shahar) ishchi guruhlari tashkil etilgan. Ularning zimmasiga ulgurji va chakana savdo korxonalari tomonidan shakarning 1 kilogrammi uchun ulgurji sotish narxi 4750 so‘m, chakana sotish narxi esa 5200 so‘m etib belgilangan. Joylardagi davlat soliq inspeksiyalari bilan hamkorlikda nazorat tadbirlari uyushtirilib, shakar narxining sun’iy ravishda oshib ketmasligi yuzasidan o‘rganishlar olib borilgan.

Shunga qaramay belgilangan tartibga amal qilmaslik holatlari ham qayd etilmoqda. Xususan, "Qarshi shahri dehqon (oziq-ovqat) bozori” aksiyadorlik jamiyati hududidagi tadbirkorlik subyektlari savdo shoxobchalari kuzatuv tarzida o‘rganilganda, yakka tartibdagi tadbirkorlarga qarashli savdo do‘konlarida shakar 5200—5700 so‘mgacha sotilayotganligi ma’lum bo‘lgan. Bunday holatlar G‘uzor va Kitob tumanlaridagi o‘rganishlar davomida ham kuzatilgan. Ularga shakar narxining asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik majburiyati va uni belgilangan narxda sotish yuzasidan tushuntirishlar o‘tkazilgan.

Shuningdek, o‘tgan yilning 10-dekabridan joriy yilning 10-yanvariga qadar Qarshi shahridagi 10 ta joyda, jumladan, "Yerqo‘rg‘on” dehqon (oziq-ovqat) bozori, shahar dehqon (oziq-ovqat) bozori va "Kunchiqar” dehqon (oziq-ovqat) bozori aksiyadorlik jamiyatlari hududlarida tashkil etilgan maxsus pavilyonlar va savdo rastalari hamda bayram yarmarkalaridagi mahsulotlar narxlari ham nazorat qilib borilgan. Boshqa tumanlarda ham uyushtirilgan shunday yarmarkalarda asosiy turdagi mahsulotlar savdosi yo‘lga qo‘yilib, narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli idoralarga taqdim etib borilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1031 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:03:16
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь