• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 31 » O‘zbekistonlik ziyoratchilar umraga jo‘nab ketdi
13:50
O‘zbekistonlik ziyoratchilar umraga jo‘nab ketdi

Bugun 31 may kuni o‘zbekistonlik ziyoratchilarning 209 nafardan iborat dastlabki (4 nafar ishchi guruhi, 1 nafar shifokor) guruhi "O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining zamonaviy avialaynerida Saudiya Arabistoni Podshohligiga umra amallarini bajarish uchun uchib ketdilar. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlar bo‘yicha qo‘mita Matbuot xizmati "Qalampir.uz”ga xabar berdi.
 
Joriy yilning 31 maydan 17 iyunga qadar o‘zbekistonlik fuqarolarni umra ziyoratiga kuzatish va kutib olish rejalashtirilgan bo‘lib, jami 1500 nafar fuqarolarning Toshkent-Jidda-Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha 7 ta charter aviareysida safarlari tashkil etiladi.
 
Ramazon mavsumida ziyorat 10 kunni tashkil etadi. Ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun, Makkada esa 7 kun bo‘ladilar. Ziyoratchilarga mavsum davomida o‘zbekistonlik 4 nafar ishchi guruhi, 30 nafar guruh rahbari (ellikboshi), 8 nafar shifokor va 4 nafar oshpaz xizmat ko‘rsatadi.
 
Ziyoratchilarga safar oldidan davlat ramzlari tushirilgan maxsus kiyim (kamzul) va sumkalar, "Umra” qo‘llanmasi va videotasmalar taqdim etildi hamda ular markazlashgan tibbiy punktlarda meningit va grippga qarshi zardob bilan emlandilar. Saudiya Arabistonida havo haroratining yuqori darajada bo‘lishi kuzatilayotganligini inobatga olib, shifokorlar guruhi tomonidan ziyoratchilarning salomatligini saqlash maqsadida eslatma-tavsiyalar ishlab chiqilib, tegishli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
 
O‘zbekistonlik ziyoratchilar istiqomat qilishlari uchun Madina shahrida "Masjidi Nabaviy”dan 100-150 metr masofada joylashgan "Maasa al-Buston”, Makka shahrida esa "Xaram masjidi”dan 600-650 metr uzoqlikdagi "Abroj al-Kisva” mehmonxonalari tayyorlab qo‘yilgan. Mehmonxonalarning har bir xonasi muzlatgich, konditsioner hamda televizor bilan jihozlangan.
 
Madina va Makka shaharlaridagi mehmonxonalarda iftorlik va saharlik vaqtlarida ziyoratchilar uchun ikki xildagi o‘zbek milliy taomlari (suyuq va quyuq), sarhil mevalar va turli ichimliklar hozirlangan.
 
O‘zbekistonlik ziyoratchilar Madina shahrida 3 kecha - 4 kunduz bo‘lib, bu yerdagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qilgandan so‘ng Makka shahriga yo‘l oladilar. 
Категория: Har-Hil | Просмотров:1136 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:03:46
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь