• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1970
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 15 » Ispaniya va Italiyada koronavirusga chalinish va undan vafot etish holatlari kamayishni boshladi
18:00
Ispaniya va Italiyada koronavirusga chalinish va undan vafot etish holatlari kamayishni boshladi
Yevropada koronavirus tarqalishining asosiy markazlari bo‘lgan Ispaniya va Italiyada ikki haftadan buyon koronavirusga chalinish va undan vafot etish holatlarining soni kamaymoqda. Bu haqda "RBK” xabar berdi.

Ispaniyada 13-aprel kuni koronavirusdan 517 kishi vafot etgan, 12-aprel kuni esa bu ko‘rsatkich 510 kishini tashkil qilgan. Bu 25-martdan buyon qayd etilgan eng past ko‘rsatkichlar bo‘lgan. Italiyada 13-aprel kuni 567 kishi, 12-aprel kuni 431 kishi koronavirus sababli vafot etgan hamda 21-martdan keyingi eng past ko‘rsatkich qayd etilgan. Epidemiya cho‘qqisiga chiqqan vaqtda har bir mamlakatda qurbonlar soni kuniga deyarli ming nafarga yetgan. Italiyada 28-mart kuni 971 kishi kasallikdan vafot etgan, Ispaniyada esa 3 va 4-aprel kunlari mos ravishda 950 va 932 ta o‘lim qayd etilgan. Ispaniyada jami 18 ming kishi, Italiyada esa 20 mingdan ortiq kishi koronavirusdan vafot etgan.

Mazkur mamlakatlarning sog‘liqni saqlash tizimlarida yuklama hanuzgacha og‘ir bo‘lib qolmoqda. Ispaniyada koronavirusga chalinganlarning 15 foizini tibbiyot xodimlari tashkil qiladi. Italiyada koronavirusdan vafot etgan shifokorlar soni 100 nafardan oshgan. Italiyada 4-aprelda epidemiya boshlanganidan buyon birinchi marta intensiv terapiya palatalaridagi bemorlar soni kamaygan. Shunga o‘xshash holat Ispaniyada ham aprel oyining boshidan buyon kuzatilmoqda, og‘ir ahvoldagi bemorlar soni ko‘paymayapti. Odatda, og‘ir ahvoldagi bemorlar tuzalishi uchun 2-3 hafta davomida sun’iy nafas oldirish apparatiga ulanishi kerak. Uzoq muddatli reabilitatsiya koronavirusdan tuzalishning o‘ziga xos tomonlaridan biri hisoblanadi.

Kunlik aniqlangan yangi holatlar soni so‘nggi 2-3 haftada ikki martadan ko‘proqqa kamaydi. Ispaniyada eng ko‘p holat 1-aprel kuni qayd etilgan — 9222 kishida koronavirus aniqlangan. 13-aprel kuni 3477 ta yangi holat qayd etilgan. Italiyada esa eng yuqori ko‘rsatkich 22-martga to‘g‘ri kelgan, shu kuni mamlakatda 6557 ta yangi holat aniqlangan. Italiyada 13-aprel kuni 3153 ta yangi holat ro‘yxatga olingan. Shu kuni Ispaniya va Italiyada mos ravishda 2336 nafar va 1224 nafar bemor tuzalgan.

Dunyoda kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda ketmoqda. Undan keyingi o‘rinlardan esa Ispaniya, Italiya, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya bormoqda.

Germaniyada kasallanganlarning soni 125 ming kishiga yetgan, 2969 ta o‘lim qayd etilgan. Mazkur mamlakatda yangi holatlar soni 10-apreldan buyon kamaymoqda, o‘sha kuni koronavirus 5323 kishida aniqlangan. So‘nggi uch kunda yangi kasallanganlar soni bir necha yuz kishiga kamaygan, 14-aprelda 2082 kishini tashkil qilgan.

Fransiyada 14-aprel kuni kasallanganlarning umumiy soni 103 ming kishiga yetgan. O‘lim holatlari soni 15 mingtadan oshgan. Yangi holatlar soni 11-apreldan buyon sezilarli kamaygan. O‘sha kuni 4342 ta yangi holat qayd etilgan bo‘lsa, 13-aprelda bu ko‘rsatkich 1613 nafarni tashkil qilgan, biroq 14-aprel 5497 ta yangi holat haqida xabar berilgan.

Buyuk Britaniyadagi vaziyat ham barqaror emas. Eng ko‘p qayd etilgan yangi holatlar hozircha 12-aprelga to‘g‘ri kelgan. O‘sha kuni 8719 ta yangi holat aniqlangan bo‘lsa, keyingi ikki kunda ularning soni kamayib, 14-aprel kuni 4342 tani tashkil qilgan. Mamlakatda koronavirusni yuqtirganlarning umumiy soni 88 600 kishidan, qayd etilgan o‘limlar soni esa 1300 tadan oshgan.

Avvalroq Italiyada o‘tgan sutka davomida kasallanganlar soni bo‘yicha eng past ko‘rsatkich qayd etilgani hamda Ispaniya va Italiyada bir qator kompaniyalar uchun karantin choralari yengillashtirilgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Avstriya koronavirus sabab joriy etilgan cheklov choralarini bekor qilishni boshlagan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:599 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:22:17
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь