• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1970
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 31
Гостей: 31
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Dekabr » 4 » Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi kapital ta’mirlash ishlari boshlangani sababli vaqtincha yopiladi
22:22
Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi kapital ta’mirlash ishlari boshlangani sababli vaqtincha yopiladi

Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi kapital ta’mirlash ishlari boshlangani sababli 3-dekabr kunidan boshlab vaqtincha yopiladi. 

Eslatib o‘tamiz, 29-sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi davomida Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasiga borib, bu yerdagi ahvolni ko‘zdan kechirgan va klinikani to‘liq rekonstruksiya qilib, uning negizida vodiy aholisi uchun kardiologiya, neyroxirurgiya, ko‘z kasalliklari va urologiya bo‘yicha murakkab operatsiyalar o‘tkazadigan tibbiyot markazi tashkil etishga ko‘rsatma bergan edi.

Qayd etilishicha, bu shifoxona 1975-yilda qurib bitkazilgan bo‘lib, 650 o‘rinli 11 ta davolovchi va 7 ta yordamchi binolardan iborat. Klinikada 20 ta davolovchi va 15 ta yordamchi bo‘limlarda 1000 dan ortiq oliy, o‘rta, kichik tibbiyot xodimlari bemorlarga ixtisoslashtirilgan zamonaviy yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatib kelmoqda.

Klinikaga yiliga o‘rtacha 90 mingdan ortiq murojaat bo‘lib, 30 mingdan ziyod bemor statsionar tarzda davolanadi. Shuningdek, Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari amaliy mashg‘ulotlarini aynan shu yerda o‘tkazadi.

3-dekabr kuni Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov tomonidan kapital ta’mirlash ishlariga start berilgan. Hokim qurilish oldidan tibbiyot xodimlari bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida klinika binosi eng so‘nggi, zamonaviy loyihalar asosida turkiyalik quruvchilar tomonidan kapital ta’mirdan chiqarilishini bildirgan.

"Turkiyadan kelgan quruvchilar qilib beradi. Loyiha bo‘yicha 1 so‘miga xiyonat qilmasdan, aytilgan narsani joy-joyiga qo‘yib, sifatli qilib, har qanday odam ko‘rsa, ‘otasiga rahmat deydigan’ bo‘lishi kerak”, — deydi Andijon viloyati hokimi.

U shu kabi ta’mirlashga ketadigan kerakli pul va tayyorgarlik bilan kelganini ma’lum qilgan. "Birortang biror so‘m pul yig‘adigan bo‘lsang, shu kuni lavozimingdan ham olaman, sharmandangni ham chiqarib tashlayman”, — deya qo‘shimcha qilgan Abdurahmonov.

Klinika bosh shifokori o‘rinbosari Xurshidbek Mamadiyevning aytishicha, 6-dekabrdan bemorlar viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, onkologiya va endikrinologiya dispanserlari, ko‘z kasalliklari, kardiologiya va narkologiya shifoxonalari, bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Andijon filiali, Andijon shahar hamda Oltinko‘l tuman tibbiyot birlashmalari markaziy shifoxonalarida qabul qilinadi.

Ta’kidlanishicha, kapital ta’mirlash ishlari 2022-yilning dekabr oyida yakunlanadi. Qurilish ishlari uchun jami 150 milliard so‘m mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:326 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:12
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031