• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 21 » Zokirjon Almatov: Ba’zilar Andijon voqealarida tinch aholiga o‘q uzilgan deydi. Yo‘q!
17:11
Zokirjon Almatov: Ba’zilar Andijon voqealarida tinch aholiga o‘q uzilgan deydi. Yo‘q!

2005 yilgi Andijon voqealari vaqtida bir joyda yuz bergan otishma oqibatida 100 kishi halok bo‘lgan — ular orasida huquq-tartibot xodimlari ham, jangarilar ham bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston IIVning sobiq rahbari, ayni vaqtda mamlakat ichki ishlar vaziri maslahatchisi Zokirjon Almatov intervyusida aytib o‘tdi.

Meni 2005-yilgi Andijon voqealarining sababchisi deb ko‘p tanqid qilib gapirishadi. Men buni ochiq-oydin gapiraman. Ha, men o‘sha yerda shtab boshlig‘i bo‘lganman, qarorni men qabul qilganman. Lekin kim Andijonga qurol ko‘tarib keldi? Kim chegaradan qurol bilan o‘tdi? Xo‘p, uning ichida Andijon xalqidan ham vakillar bo‘lgan. Kim IIVga qarashli post-patrul xizmati idorasini o‘qqa tutib, u yerni egalladi, qurol-yarog‘ga ega chiqdi? Kim harbiy qismga hujum qilib, u yerdagi qurol-yarog‘ni oldi? Kim tergov hibsxonasiga hujum qilib, 500 dan ortiq ashaddiy jinoyatchilarni chiqarib yubordi? Kim hokimlik binosini egallab, unga o‘t qo‘ydi? Kim 100 ga yaqin sud-huquq tizimidagi xodimlarni qo‘lga olib, tutqunda ushlab turdi, ko‘pini qatl etishdi? Maqsad nima edi? Xo‘sh, hukumat nima qiladi, qarab turishi kerakmi?

Biz ularga: "Chiqib ketinglar”, dedik. Adashmasam, 34 nafar militsiya xodimi halok bo‘ldi. Prokuratura xodimlari, tez yordam mashinasi xodimlari otib tashlangan. Odamlarni bo‘yniga sirtmoq solib, shahardan olib chiqib ketmoqchi bo‘lishgan. Biz shularga: "Chiqib ketinglar”, dedik. Ba’zilar: "Tinch aholiga o‘q uzilgan”, deydi. Yo‘q! 12 soat oldin ularning 600—700 ga oila-a’zolarini Andijondan chiqarib, Qirg‘izistonga o‘tkazib yuborganmiz.

Bular (terrorchilar) kelayotganda harbiy qism xodimlaridan bir kapitanni otib qo‘yishgan. Shunday holatdan keyin harbiylar, oddiy askarlar nima qiladi? Ikki tomon o‘rtasidagi otishma sabab bir joyda 100 kishi halok bo‘lgan. Ularning ichida bizning xodimlar ham, terrorchilar ham bo‘lgan. Jami 187 kishi halok bo‘lgan. Bu aniq raqamlar, Allohning oldida rost gapni gapiraman.

"O‘zbekistondagi voqeani yoritamiz”, deb o‘sha kuni 30 ga yaqin jurnalist O‘sh viloyati chegarasida turgan. Qirg‘izistonning chekka bir shaharchasida qayerdan paydo bo‘lib qoldi ular? To‘g‘rimi? Bu uyushtirilgan, O‘zbekistonda fuqarolar urushini keltirib chiqarishga qaratilgan voqea edi hammasi.

Zokirjon Almatov, O‘zbekiston sobiq ichki ishlar vaziri

Avvalroq O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari Svetlana Ortiqova intervyusida jurnalistning "Tinch aholiga nisbatan o‘q uzilgani haqidagi gaplar ham haqiqatga yaqin” degan gapini "Albatta”, deya tasdiqlab, "shuning uchun ham o‘sha odamlar jinoiy javobgarlikka tortilgani”ni ma’lum qilgan edi.

Ma’lumot uchun, Andijonda 2005-yil 13-may kuni yuz bergan voqealar oqibatida, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 187 kishi halok bo‘lgan — shundan 60 nafari tinch aholi vakillari (ularning ichida ikki nafar voyaga yetmaganlar va bir nafari ayol) edi. 287 nafar kishi, jumladan, 91 nafar tinch aholi vakillari, 49 nafar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va 59 nafar harbiy turli darajadagi tan jarohatlari olgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:522 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:22
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь