• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 2 » Yulduz Usmonova uyi oldida Sardobadagi toshqindan jabrlanganlar uchun insonparvarlik yordami to‘plamoqda
18:25
Yulduz Usmonova uyi oldida Sardobadagi toshqindan jabrlanganlar uchun insonparvarlik yordami to‘plamoqda

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning xonadoni oldida 1-may kuni Sirdaryo viloyatining Sardoba suv omborida ro‘y bergan avariyadan jabrlanganlar uchun insonparvarlik yordami to‘planmoqda.

Yulduz Usmonovaning Instagram sahifasida insonparvarlik yordamini to‘plash jarayoni jonli efirda namoyish etilmoqda.

Toshkent shahrining turli burchaklaridan kelgan odamlar pul, ro‘zg‘or buyumlari va kiyim-kechaklar tashlab ketmoqda. Jonli efirdagi kadrlardan Yulduz Usmonova xonadonining tashqari hovlisi kiyim-kechak va turli buyumlarga to‘lib ketganini ko‘rish mumkin.

Xonandaning o‘zi pul mablag‘larini sanab olib, xayrli ishga qo‘l urganlarning har birining ismini yozib olmoqda.

Xonandaning muxlislari uning qilayotgan ishini olqishlagan. Insonparvarlik yordamini yuborishga qaror qilganlarning aksariyati xonandaning jonli efirini ko‘rganidan so‘ng uning xonadoniga oshiqqanini aytgan.

Shuningdek, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov barcha san’atkorlarni sardobaliklarga yordam berishga chaqirgan. Ozodbek Nazarbekov 5-may kuni vazirlik tashabbusi bilan Sardoba tumani tomon insonparvarlik karvoni yo‘lga chiqishini ma’lum qilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:530 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:40
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь